Yaltiratish
moy bilan aralashtirilgan
mayda
donali abraziv kukuni surilgan yumshoq
doira yordamida sirtga toza ishlov berish jarayonidir.
YAltiratish doirasi uchun material sifatida kigiz, yupqa namat va teri xizmat qiladi.
Abraziv asbobning yangi ko‘rimmshi sifatida
grafit
to‘ldirgichli yaltiratish doirasi xizmag
qiladi.
Bunday doiralarning qo‘llanmlishi qo‘yidagilarga imkon yaratadi:
a) detallarda g‘adir-budirligi bo‘picha
yuqori
sifatli silliq sirtlarni olishga;
b) kam samara
beruvchi,
unumdorligi past bo‘lgan yaltiratishning dastaki usullarini
va asboblarini yo‘qotishga;
v) ish unumdorligini 6-8 marta oshirishga. Yaltiratish doiralari tarkibiga asosan tabiiy
korund, bakelitli bog‘lagich va to‘ldirgich sifatida qalam grafiti kiradi.
Yaltiratish usulining rivojlanishi natijasida yaltiratish doirasi o‘rniga abraziv tasmali
yaltiratgichdar qo’llanila boshladi. Bu tasmalar yupqa qavatli abraziv mayda donalardan
tayyorlanadi yoki ularni abraziv pastalar
bilan qoplanadi. Zoldirli podshipnik halqalarining
povlarini yaltiratishda tasmalarni ba’zida abraziv pasta
qoplangan to‘qimachilik ipi bilan
almashtriladi.
YAltiratish orqali geometrik shakl xatoliklarini hamda oldingi operatsiyada olingan
yoki oldingy operatsiyadan qolgan mahalliy nuqsonlarni (cho‘kmalar, bo‘shliq-lar va boshq.)
to‘g‘rilab bo‘lmaydi, yaltiratish orqali Rz0,1 — Rz0,05 sirt g‘adir-budurligiga erishish mumkin,
biroq yuqori aniqlikni taxminlab bo‘lmaydi. YAltiratish jarayoni yaltiratish doirasining yoki
abraziv tasmaning yuqori tezligida (40 m/sek gacha) amalga oshiriladi. Om-maviy va yirik
seriyali ishlab chiqarishda yaltiratish uchun ko‘p shpindelli avtomatlar qo‘llaniladi.
Sinov savollari
1. Aylanma jism shakliga ega bo‘lgan detallarning qanday sinflari mavjud?
2.Operatsiyalarni
konseitratsiyalash
tamoyili
qanday
operatsiyaga
oshi-
riladi?
3.Valga
bir
keskichli
va
ko‘p
keskichli
tokarlik
dastgohlarida
ishlov berishning mohiyati nimadan iborat?
4.Pog‘onali
vallarga
ishlov
berish
unumdorligini
oshirishning
qanday yo‘llarini bilasiz?
5.Nusxalash moslamasiga ega bo‘lgan dastgohlarda ishlov bsrishning qanday yo‘llarini
bilasiz?
6.Pardozlashning qanday turlari mavjud?
7.Yupqa pardozlash qachon qo‘llaniladi?
8.Yupqa pardozlashda kesish rejimi qanday tanlanadi?
9.Tashqi
aylanma
silindrik
sirtlarga
jilvirlash
qachon
qo‘llash
maqsadga muvofiq bo’ladi?
10.Superfinishning mohiyati nimadan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |