3.5. Mashina detallari yuzalari sifatining ahamiyati.
Detal yuzasining sifati uni ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib
detalning yemirilishga chidamliligi uning yuzasini sifatiga bog’liq. Sifat o’z navbatida
makrogeometriya, to’lqinsimonlik va g’adir-budirlik bilan xarakterlanadi.
Agarda detal yuzasi makronotekis va to’lqinsimon bo’lsa yemirilish ham notekis bo’ladi.
Bunday hollarda avval ko’tarilib chiqqan yuzachalar yemiriladi. Agarda yuza g’adir-budirligi
katta bo’lsa yuqoridagi jarayon yanada intensivlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |