Sabirov B. A. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanidan


Yig’ish ishlarining tashkil qilish shakllari va yig’ish tamoyillari



Download 2,27 Mb.
bet38/76
Sana21.03.2022
Hajmi2,27 Mb.
#505385
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
Bog'liq
ichki yonuv dvigatellari

Yig’ish ishlarining tashkil qilish shakllari va yig’ish tamoyillari.


Yig’ish jarayonida birikmalarni tayyorlashni quyidagi tamoyillari mavjud:



      • detallarni alohida moslash yo’li bilan birikma hosil qilish tamoyili;

      • to’la o’rin almashtirish tamoyili;

      • to’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyili;

      • guruhlarga ajratib olish tamoyili; (selektiv yig’ish).

Donali va mayda seriyali ishlab-chiqarish sharoitida detallarini bir-biriga alohida moslab birikma hosil qilinadi. Bu holda talab etilgan birikmani hosil qiluvchi ikkita detalning biri ikkinchisiga qo’lda ishlov berish usullari yordamida (egovlash, shaberlash, pritirlash, jilvirlash, razvertkalash va h.k.) moslanadi. Chizmalarda bunday birikmalar uchun «o’rni bo’yicha moslansin» degan yozuv ko’rsatiladi.


Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham standart birikmalarni (podshipniklarni) hosil qilish to’la o’rin almashish tamoyili asosida olib boriladi. Bu holda mexanik ishlov berish sexlarida detallar qo’yim maydoni chegarasida tayyorlanadi va o’z navbatida birikma juftligini tashkil etuvchi ixtiyoriy detalning ikkinchisiga moslash yoki tanlab olishsiz, biriktirish imkoniyatini beradi, ya’ni to’la o’rin almashtirish imkoniyatini beradi. To’la o’rin almashtirish tamoyili qulay bo’lishiga qaramay, detallarni qo’yim maydonida tayyorlanish borasidagi talab qo’shimcha sarf-xarajatlarni yuzaga keltiradi.
To’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyilini qo’llagan holda detallarni mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan dopusklar maydoni bir oz kattalashadi. Bu o’z navbatida mexanik ishlov berish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Ma’lumki detallarni tayyorlashdagi ishlab chiqarish xatoliklari normal tarqalish qonuniga bo’ysunadi. Shunga ko’ra, detallarni qo’yim maydoni chegarasini orttirish, chegaraviy o’lchamlarni mos kelmasligi natijasida bir-biri bilan yig’ilmaydigan detallar soniga proporsional bo’lmaydi. Aksincha bir-biri bilan yig’ilmaydigan detallar soni ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarishda yig’ma birikma hosil qilmagan detallar yashiklarga solib qo’yiladi va bir-biriga alohida moslash yo’li bilan yig’iladi. To’la bo’lmagan o’rin almashtirish usuli seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi.
To’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyili asosida yig’ish jarayonini amalga oshirishda moslagichlar (kompensatorlar) keng qo’llaniladi. Ular qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’lishi mumkin. Bu holda yig’ma birikmaning biror bir chetida oraliq qoldiriladi. Oraliqning (zazor) kattaligi yig’ish jarayonida hosil bo’lgan xatoliklarning qiymatidan katta bo’ladi. Yig’ish jarayonining nihoyasida hosil bo’lgan oraliqning kattaligi aniqlanib, bu oraliq xalqa – moslagichlar yoki qo’zg’aluvchan qopqoq yordamida to’ldiriladi.
Guruhlarga ajratish tamoyili ko’p miqdorda birikmalar hosil qilishda dopusklar chegarasiga juda aniq talabalar qo’yilgan holda qo’llaniladi. Masalan, dizelli dvigatellarning yonilg’i nasosining plunjer juftligida oraliq (zazor) 1, 5-2 mkm chegarasida bo’lishi kerak. To’la o’rin almashtirish tamoyilini qo’llash uchun detallarni mexanik ishlov berishda bunday yuqori aniqlikka erishish murakkab. Shuning uchun detallarni mexanik ishlov berishdagi dopusklar maydonining chegarasi bir muncha kattalashtiriladi. Ishlov berilgan detallarning o’lchamlari nazorat qilinib guruhlarga ajratiladi va guruhlardan mos o’lchamlar tanlab olinib birikma
juftliklari hosil qilinadi. Natijada, birikmaning talab etilgan dopusklar chegarasi ta’minlanadi. Bu tartibda yig’ish selektiv yig’ish deb ham yuritiladi.
Yig’ish ishlarini tashkil qilish shakllari asosan ikki ko’rinishda bo’ladi: statsionar (qo’zg’almas) va qo’zg’aluvchan yig’ish. Statsionar yig’ishda mahsulot bir ish o’rniga bir yoki bir necha ishchi tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot tarkibiga kiruvchi barcha detallar shu ish o’rniga keltiriladi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish