Oqimli yig’ish sharoitida bajariladigan operatsiyalar ishlab chiqarish taktiga mos ravishda (teng yoki bo’linadigan) operatsiyalarga bo’linadi. Yig’ish operatsiyalari uchun sarflangan vaqtni ishlab chiqarish taktiga moslash uchun quyidagi texnologik va tashkiliy ishlarni bajarish mumkin:
operatsiyalarni bajarish uchun ishchilar sonini orttirish;
maxsus moslamalar va asboblardan foydalanish;
yig’ilayotgan detallarni avvaldan yig’ma birikmalarga yigib olish:
texnologik jarayon operatsiyalarini birlashtirish yoki bir yoki bir necha operatsiyaga bo’lib yuborish;
yig’ish oqimida ishni parallel ravishda boshqarish ishchi o’rinlari yoki tizimlarida olib borish.
Yig’ish konveyerining asosiy ko’rsatkichlari harakat turiga bog’liq ravishda hisoblanadi. Agar mahsulot uzluksiz harakatlanuvchi konveyerda yig’ilsa, uning takti tk ishlab chiqarish taktiga i.ch teng bo’ladi
i.ch= tk, (min) (7.4)
Yig’ish ishlari davriy harakatlanuvchi konveyerda bajarilsa u holda ishlab chiqarish takti
i.ch konveyer takti tk bilan mahsulotni tashish uchun sarflangan vaqtning tk yig’indisiga teng bo’ladi:
i.ch.=tk=tt, (min) (7.5) Uzluksiz harakatlanuvchi konveyerning tezligi:
V= l /i.ch = l /tk, (m/min), (7.6) bu yerda l - ikki ish o’rni orasidagi masofa, m.
Davriy ravishda harakatlanuvchi konveyerning tezligi bir ish o’rnidan ikkinchi ish o’rniga mahsulotni tashish vaqti tk ni hisobga olgan holda
V= l /tk, (m/min), (7.7)
Davriy harakatlanuvchi konveyerda ikki ish o’rni orasidagi masofa L mahsulotni o’lchamlariga bog’liq holda teng bo’linuvchi qilib qabul qilinadi. Uzluksiz harakatlanuvchi konveyerda L operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqtni inobatga olib aniqlanadi va operatsiyalarda bir-biridan farqli bo’ladi.
Oqimli yig’ish jarayonida konveyerni uzunligi t ishchi o’rinlar soni i va ular orasidagi masofa L ni ko’paytmasidan iborat.
L=i t, (m). (7.8)
Uzluksiz harakatlanuvchi konveyerda yig’ish uchun sarflangan umumiy vaqt
Ty=ii.ch=itk, min. (7.9)
Davriy ravishda harakatlanuvchi konveyerda yig’ish uchun sarflangan vaqt operatsiyalar uchun sarflangan vaqt bilan mahsulotni konveyerda harakatlanishi uchun sarflangan vaqtlar yig’indisiga teng bo’ladi:
Ty=itk+tt(i-1), min (7.10)
O’tkazilgan hisoblar shuni ko’rsatadiki konveyerni asosiy ko’rsatkichlarini hisoblashda ishlab chiqarish takti alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, konveyerni uzunligi ishlab chiqarish binosining kattaligi bilan cheklanish va ishchi o’rinlar sonini operatsiyalar soniga teng bo’lishi kabi omillarni hisobga olish kerak.
Bevosita yig’ish uchun sarflangan vaqtni tavsiflash koeffitsiyenti Ky aniqlanadi:
Кй =
Тй. оп
Тй. оп
+ Тп
,
+ Т у
(7.11)
bu yerda: Ty.op – yig’ish operatsiyalaridagi bevosita yig’ish uchun sarflangan vaqt, min; Tt – birikmalarni yig’ish uchun sarflangan vaqtni umumiy yig’ish takti bilan yetarli mos kelmasligi sababli texnologik jarayonning bajarishdagi to’xtashlar uchun sarflangan vaqtning Tt.t – boshqa sexlar ish unumdorligini umumiy yig’ish taktiga yetarli mos kelmasligi tufayli to’xtashlar uchun sarflangan vaqt, min.
Oqimli yig’ish jarayonlarini loyihalashda texnologik jarayonning to’xtashga olib keluvchi barcha omillarini yo’q qilishga erishishi zarur. Bu holda uzluksiz harakatlanuvchi konveyer uchun K y=1. Konveyer davriy ravishda harakatlansa K y0,95 bo’lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |