Sistemali va tasodifiy xatoliklar. Ko’rib chiqilgan xatoliklardan ba’zilari sistemali
xatoliklarni tashkil etadi. Sistemali xatoliklar qandaydir bir qonuniyatga bo’ysunadi va doimiy yoki o’zgaruvchan xarakterda bo’ladi. Masalan: teshikka ishlov beruvchi parmaning diametri
noto’g’ri tayyorlangan bo’lsa, bu xatolik barcha detallarga ko’chib o’tadi. Yana bir misol kesuvchi asbobning yeyilishi natijasida ishlov berilayotgan detalning o’lchami o’zgarib boradi. Bu ham sistemali ravishda bo’lsada o’zgaruvchan xarakterga ega.
Agarda hosil bo’luvchi xatolik ishlov berilayotgan bitta partiya detallar doirasida ham turli ko’rinishga ega bo’lib doimiy yoki qandaydir bir ketma-ketlikda bo’lmasa u tasodifiy xatolik deb yuritiladi. Masalan, detalning qattiqligini uni uzunligi bo’yicha o’zgarib borishi yoki bo’lmasa olib tashlanishi kerak bo’lgan metall qatlami - qo’yimni o’zgarib borishi va shu kabilar.
Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi.
Ishlov berishda talab etilgan aniqlik turli dastgohlarda turli usullar yordamida olinadi. Teshiklarga ishlov berishda IT 7 kvalitet aniqlik toza razvyortkalash, sidirish, jilvirlash,
pritirkalash, abraziv toshlar yordamida yyetkazib ishlov berish, xoninglash, superfinishlash usullari orqali ta’minlanadi. Ayrim hollarda diqqat bilan ishlov berilsa shu usullar IT 5, IT 6 aniqlik kvalitetlarini ta’minlaydi.
Teshikarga ishlov berishda IT 9, IT 10 kvalitet aniqliklari toza razvyortkalash, toza yo’nib kengaytirish, bir marta jilvirlash orqali ta’minlanadi.
Teshiklarda IT 11 kvalitet aniqlik tokarlik yoki tokarlik-revolver dastgohlarida va parmalash dastgohlarida konduktorlar yordamida parmalash usullari bilan ta’minlanadi.
Teshiklarda IT 12 - IT 14 aniqlik parmalash yoki yo’nib kengaytirish usullari yordamida olinishi mumkin.
Vallarga IT 5 – IT6 aniqlik kvalitetida ishlov berish tokarlik dastgohlarida ishlov berib bo’lgandan so’ng jilvirlash dastgohlarida ikki marta jilvirlab ta’minlanadi.
Vallarga IT 7 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik ishlov berishdan so’ng jilvirlash dastgohlarida jilvirlanadi.
Vallarga IT 9 - IT 10 kvalitet aniqligida toza ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida toza ishlov beruvchi keskichlardan foydalanish kifoya.
Vallarga IT 11 kvalitet aniqligida ishlov berish uchun tokarlik va tokarlik-revolver dastgohlarida keskichlardan qora va toza ishlov berishda foydalanilsa bo’ladi.
Vallarga IT 12 – IT 14 kvalitet aniqlikda ishlov berish uchun tokarlik dastgohlarida normal keskichlar yordamida yo’nish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |