Qora rangning aks xususiyati – yoshlik, go‘zallik, orom. Qora rang
ayniqsa Sharq musulmonchiligida qadrlanadi. “Ming bir kecha ertagidagi qora
asira o‘zining rangini quyidagicha ulug‘laydi: “Qur’ondagi buyuk Allohning
keltirilgan so‘zlarini bilmaysanmi?... Tun bilan qasam ichaman tun tushganda nima
deyish kerak agar tun qadrliroq bo‘lmaganda edi, Alloh tun bilan qasam ichmagan
bo‘lardi va tunni kundan ustun qo‘ymagan bo‘lardi. Zulmat yoshlikning bezagidir.
Sochlaringga oq aralashganda umring royoniga yetayotganligini nahotki
bilmasang?...”
Mashhur amaliy maqiyaning asoschisi Papyus o‘zining “Amaliy magiya”
kitobida quyidagilar yetti sayyoraning biri homiyligi, ramzi ostida ekanligi va
ularga tenglashtirilganligini yozgan. Ular magiya (sehr) ishlarida foydalanilgan:
Sayyoralar
Zuhal
(Saturn)
Mushtariy
(yupiter)
Mirrik
(mars)
Yashiq
(quyosh)
Zuhra
(venera)
Morud
(merkuriy)
Yalchiq
(oy)
Hafta kunlari shanba
payshanba
seshanba
yakshanba juma
chorshanba dushanba
Inson
a’zolari
Qora
jigar,
taloq
jigar
oshqozon
yurak
buyrak
o‘pka
miya
Raqamlar
3
4
5
6
7
8
9
Tomonlar
janub
sharq
g‘arb
g‘arb
sharq
shimol
janub
Ranglar
Qora
ko‘k
qizil
sariq
yashil
turli rang
oq
Metallar
qo‘rg‘oshin
qalay
temir
oltin
mis
simob
kumush
Toshlar
Yoqut
(granat)
topar
Yoqut
(rubin)
Qizil
yoqut
zumrad
billur
Ko‘k
yoqut
(sapjir)
Hayvonlar
yumronqoziq kiyik
bo‘ri
sher
echki
maymun
mushuk
Qushlar
Sassiq
popushak
burgut
qirg‘iy
oqqush
kaptar
laylak
boyqush
14
Ibrohim Haqqulning “yana qora rang talqini haqida” maqolasida biz qora
rangning tasvirini ko‘rishimiz mumkin
1
:
Ayrim maqola va fikr-mulohazalar hisobga olinmaganda, she’riyatida rang
ramzlari va ma’nolari muammosi hali maxsus tadqiq qilingani
YO
‘
Q
;.
Ranglar va
ularning ramziy ma’no-mohiyatidan bahs yuritish oson emas, albatta. Chunki
ranglar u yoki bu xalqning uni qurshab olgan olam, ijtimoiy-madaniy hayot, urf-
odat, marosim, adabiyot va san’atga doir qadimiy qarashlari bilangina emas, balki
kosmogonik, mifologik, diniy-ilohiy tushuncha va tasavvurlari bilan ham bog‘lanib
ketgan. Shuningdek, odamlarning dunyoqarashi, yashash sharoitlari, diniy hayot
yo‘llarining o‘zgarishi bilan ranglarga munosabat, rangdan ko‘zlangan maqsadlari
ham o‘zgarib, ba’zai butunlay yangilanib borgan. Masalan, qora rang va
qorong‘ulik «Avesto»da oq; - yorug‘likning ziddi o‘laroq ta’rif va tavsif etilgani
yaxshi ma’lum. Unda qorong‘uliktning yomonlig‘u yovuzlik sifatida boshlang‘ich
kuvvati – ilk manbai Ahrimandir. Lekin olis o‘tmishda oq rangga nisbatan ham
shunga yaqin munosabatlar hokimlik qilgan. Ba’zi halklarda jumladai, turkiy
qavmlarda ham oq rang motam, musibat, hatto qurg‘oqchilik alomati hisoblangan.
Ozarbayjon olimi M. Saidovning yozishicha: «Oltoyliklarda oq rang motam
ramzidir, Manbalar. yashagan turk tilli solorlar uchun oq raigning boshqa ma’nolar
bir qatorda, motam timsoli bo‘lganligidai ham xabar beradilar... Faqat turkiylarda
emas, boshqa ayrim halqlarda ham oq motam, qayg‘u ramzi sanalgan»
2
.
Albatta,
vakt o‘tishi bilan ahvol
o‘zgargan. Buni qora rangga
munosabatlarning o‘zgarishidan ham anglash qiyin emas. Chunki qadimda
turkiylarning dunyoqarashi va fikr olamida oq rangga qaraganda qora rang
e’tiborliroq mavqega ega edi. Shu bois ularning diniy ishonchlarida «qora» so‘zi
ko‘proq o‘rin egallagan.
Rus tilshunos olimi A. N. Kononov «qora» so‘zining ma’nolarini tadqiq etib,
ushbu so‘z bilan «katta», «yirik», «muxtasham», «ulug‘», «kuchli», «pokiza»,
«musaffo», «quruqlik», «er», «zulmat ko‘ki», «shimol» kabi mazmunlar
1
“Ўзбек тили ва адабиёти” журнали. 3-сон, 2001. 17-24-бетлар.
2
Саидов М. Кўк, оқ, қора рангларнинг эски ишончлар ила алоқаси// Озарбайжон ФА Хабарлари. 1978. 2-сон.
15
ifodalanganligini ko‘plab misollar vositasida izohlab bergan
1
. Unnng keltirishicha,
A. Ja’far o‘g‘li «Kitobi Dadai Qo‘rqut»dagi qahramonlarniig nomndagi qora
sifatlashini jasorat va kuslilik sinonimi, deb ta’kidlagan.
Xokoniya izohlari «kara» deb atalishini (Bug‘ro Qara Xoqon deyilgan kabi)
Mahmud Qoshg‘ariy sharhlab qoldirgan. Keyingi paytlarda, hatto, «Qoshg‘ar»
etnonimining yuzaga kelishi ham qora kalimasiga borib taqalishini
anglatadigan izohlar bayon etildi. Qoraqalpoq olimi D. Aytmurotov yozadi:
«Qoshg‘ar» toponimini E. M. Murzaev quyidagicha izohlaadi: «Qoshg‘ar — nefrit
toshi, nefrit tog‘i;
«kash» — nefrit, «g‘ar» - tosh».
Bizningcha, «Qoshg‘ar» toponimining ikkinchi qismi - «g‘ar», «qar» aslida
oxirgi «a» tovushi tushib qolgan «qora» so‘zi bo‘lib, qora ma’nosini bildiradi»
2
.
Ushbu fakt va dalillar «qora» so‘ziga (rangiga ham) alohida bir diqqat bilan
qarashni taqozo etadi.
Bundan un yillar muqaddam Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonndagi
ilk hikoyat oxirrog‘idan o‘rin olgan:
Qaro rang elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur, muborakdur
3
,-
baytidagi fikrga tayanib, qora rangning muqaddas va muboraklik
xususiyatlarini (albatta, salbiy ma’nolarini nazardan soqit qilmagan holda — I.H)
muxtasar shaklda yoritishga uringai zdik
4
. Bu ishda tarixiy, mifologik, diniy va
adabiy dalillarga suyanilishi tabiiy, albatta. Ayniqsa, Nizomiy Ganjaviyniig «Xaft
paykar» dostoiidagi «Bemusibat siyoh po‘shi kardan» - «Musibatsiz qora
kiyinmoq» misrasi bizni masalaga chuqurroq qarash va ayrim olimlarga o‘xshab
Navoiy baytini: «Qora rang - yoshlik ramzi. Kimning boshi qora bo‘lsa - unga bu
1
Кононов А.Н. Семантика цветообозначений в тюрских язқках//Тюркологический сборник. М., 1978. с. 161-
170.
2
А й т м у р а т о в Д. Тюркские этнонимы. Нукус, 1986. С. 112.
3
Алишер Навоий. Мукаммал асарлзр тўплами. Йигирма жилдлик. 10-жилд. Тошкент, 1992. 176-бет.
4
Қара
нг: Ҳаққулов И. Қора ранг - муборак ранг//Шу муаллиф: Занжирбанд шер қошида. Тошкент, 1989. 36-
45-бетлар.
16
muboraklikdir, negaki yoshlik - elning «toji torak»i demak», -deb emas, boshqacha
mazmunda talqin qilishga undagan eli.
Oradan ikki-uch yil o‘tgach, bizning bu talqinu tahlil, fikru mulohazalarimizni
go‘yo yo‘qqa chiqaruvchi maqola e’lon qilindi. Pedagogika fanlari doktori S.
Ochilning bu maqolasi «Tahlil, ilm za adolat yohud talqinlarda teranlik bo‘lsa» deb
nomlangam
1
.
Maqolada ma’qullangan, ya’ni tasdiq ma’nosidagi biror bir jumla ham
topilmaydi - hammasi inkor. Ba’zi misollarda g‘alat tushib qolgan so‘zlar ham
katta bir ayb darajasida baholangan. Mayli, bularga izoh berib o‘tirmaylik-da,
muallifga nihoyatda muxim va hal qiluvchp ahamiyatga ega bo‘lib tuyulgan
masalalarga to‘xtalaylik.
Biz, turkiylarda bir zamonlar qora rangln bayroqlar bo‘lganligi, Ergash
Jumanbulbul kuylagan «Dalli» dostonidagi bir baytda shunga ishorat borligi
haqida so‘zlab, «Qorabosh tug‘» (qora rangli bayroq) - boshini o‘limga tikkan
mard, jasur jangchilar bayrog‘ini bildirib, ayni o‘rinda eroniylarning bayrog‘iga
qarshi tiklangan turkiy turdir»
2
, -degan xulosani aytganmiz. Tarixda nima kechgan
bo‘lsa - kechgan, uni o‘zgartirib ham, aynan takrorlab ham bo‘lmaydi. Ammo
bilib-bilmasdan tarix voqea-hodisalari ustidan butunlay qora tortish aqldan
emasliginp ham unutmaslik zarur. Ko‘pidagi jumlllarni buning yorqin isboti,
deyish mumkin: «Dalli» dostonidagi: G‘ug‘urlining zarbiga, siyosatiga
siyahpo‘shlar, qizilboshlarning titrashiga kelsak, bu yerda «Qizilbosh» ham,
«siyahpo‘sh» ham bnr xalq, ya’ni bosqinchi eronliklarga aloqador. Turklarda esa
qorabosh tug‘ hech qachon bo‘lmagan. Shunga qaramay, uni I. Haqqulov boshiii
o‘limga tikkan jasur jangchilarga zo‘rma-zo‘raki olib borib talaydi. Aslida oq, qora
bosh tug‘ - eron lashkarlariga dahldor bo‘lib, tug‘larnnng har xil rangda ekani
lashkarlarning ham ko‘pligini, shunday bo‘lsa-da Go‘ro‘g‘li ulardan qo‘rqmay,
jangga kirganini anglatadi
3
.
1
Очил С. Орзулар кўкидаги шафақлар. Тошкент, 1993. 331 - 342-бстлар.
2
Ҳ а қ қ у л о в И. Занжирбанд шер қошида. 43-бет.
3
Очил С. Орзулар кўкидаги шафақлар. 341-бет.
17
Bu gaplar ertak desa - ertakka, haqiqat desa haqiqatga o‘xshamaydi. Eron
olimi Abduljamil Qazviniy 1161-1165 yillar orasida yozgan «Kitobu’n naqz»
nomli asarida eronlar qora bayroq sohibidurlar degan fikrlarga javob tariqasida,
«Shia hukmdorlari yashil, oq va boshqa rangli bayroq sohibidurlar. Ammo
Abbosning shiori va xususiy rangi bo‘lmish qorani ishlatmaslar», -deb ta’kidlagan
ekan
1
. Chunki Hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning oq, yashil,
qora rangdagi uch bayroqlari bo‘lib, ularning yashili - Usmon bin Affonga, oq -
Sa’d ibn Abbodai Ansoriyga, Makka fathidan keyin - Hazrati Aliga, qorasi esa -
Abbosga berilgan. Hijriy 200 yilda Ma’mun Imom Ali Roziyni o‘ziga xalifa etib
tayinlagach, Abbos o‘g‘illari qabul qilgan qora rangni butunlay ta’qiqlab,
alaviylarning, ya’ni Ali avlodining rangi sifatida yashil rangni qabul aylagan.
Qora rang abbosiylar orasida yuksak nufuz topganligi faqat Sharqda emas,
G‘arbda ham yaxshi ma’lumdir. Rangshunos olima L. N. Mironovaning:
«Abbosiylar sulolasiga mansub halifalar qora rangli kiyim kiyishni xush
ko‘rganlar. Ularning bayrog‘i ham qora rangli bo‘lgan»
2
,— degan so‘zlari buning
bir dalili bo‘lishi mumkin.
Abbosiy halifalardan «Mashrulik» (Shariatga borliqlik) farmonini olgan Turk
sulolalarida ham hokimiyat (hukmronlik) bayrog‘i qora edi
3
. Shuningdek,
«Raznaviylarda, saljuqiylarning izdoshi hisoblanmish Onaduli saljuqiylari va
Xorazm shohlarida ham hukmdor bayroqlarining qora rangda bo‘lishi, umuman
olganda, saljuqiy xukmdorlarning abbosiylar bilan ma’naviy munosabatlarini aks
ettirgan»
4
. qolaversa, jahongir Iskandarning bayroqlaridan birining qora rangda
ekanligi Sharq musavvirlari tomonidan tasvirlab qoldirilganki, bu ham «qorabosh
tug‘»ning mardlik, jasurlik bayrog‘i, deyilishini quvvatlaydi.
Bas, shunday ekan, qanday qilib turklarda «qorabosh tug‘» hech qachon
bo‘lmagan», - deyish mumkin?
1
Қаранг: Инон А. Туғ - Байроқ (Санжоқ)//Турк култури. Ашқара 19б6, 46-сон. 71-бет
2
Миронова Л. Н. Цветоведеине. Минск, 1984. С, 71 — 72.
3
Ганж Р. Турк инончлари ва миллий урф-одатларида ранглар. Анқара, 1977. 42-бет
4
К ў п р у л у М. Ф. Байроқ //Ислом қомуси. Иккипчи жилд. 407-408-бетлар
18
S. Ochil «ilm», «adolat», «teranlik» degan so‘zlarii sarlavhaga chiqaradi-yu,
lekin ming afsuski, o‘zi ilm va teranlikka yaqin ham bora olmaydi. Aks holda,
mana bu gaplar bilan qog‘oz
qoralashga ehtiyoj bo‘lmasdi: «Endi forsiy
manbalarning ba’zilarini ko‘rib chiqaylik. Eron olimi Muhammad Muin «Haft
paykar» haqidagi kitobida ranglardan birinchisi sifatida qora rangni ko‘rsatadi
(aslida bu ta’kid bizniki - I. X.), Chunki Sharq hamsanavisligida Bahromning
birinchi kun kiradigan qasri qora rangda bo‘lib, o‘sha kun shanbaga to‘g‘ri keladi.
Shanba qadimgi mifologiyaga ko‘ra, olam tugal yaratilgan kun bo‘lib, u Zuhal
sayyorasiga nisbat beriladi (?).
Demak, qora bu o‘rinda ham muqaddas va muboraklik ma’nosini bildirmaydi.
qolaversa, Muhammad Muinning birinchi bo‘lib qora rangni ko‘rsatishini va Zuhal
sayyorasiga qora toshlardan haykal tiklanishini o‘quvchiga ilmiy yangilik .sifatida
ko‘
;
rsatishning o‘zi kulgili»
1
Albatta, o‘quvchidan o‘quvchining farqi bor. Xolis kitobxon “Damashqiy
«Nahubatul dahr»da ranglarni «sayyoralarning haykali deb ta’riflagan zkan.
Uningcha, «Qora rangli toshlardan Zuhalga haykal tiklangan bo‘lib, u rangi qora,
sochi oqish hinduga o‘xsharkan», degan so‘zlarni «ilmiy yangilik» emas, bir
ma’lumot sifatida qabul qiladi. Va kulgiga aslo hojat sezmaydi. Kulgi
qo‘zg‘aydigan jihat esa boshqa. Ochig‘ini aytganda, S.Ochilning Eron olimi asarini
ko‘rganligiga, ko‘rganda ham o‘zi uni o‘qiy olganligiga shubhamiz bor. Chunki
unda mifologik tasavvur bilan tasavvufiy qarashlar bir-biridan juda aniq ajratib
ifodalangan. Axir, Damashqiyning Zuhalga doir fikri ramziy mazmunga ega-ku!
Bizga shu ramz maqbul kelgan. Shu ramzni masalaning mohiyatiga e’tiborni
tortadigan «ko‘rsatkich» deb bilganmiz. Zuhal xususida batafsil izoh berilgan
kitoblar ham bor. Mana, Abdulkarim Jiliy mashhur asarida nima deb yozgan:
«Ettinchi hat ko‘k Zuhalning samosidir. Uning javhari shaffof bo‘lsa-da, layli
muzlim (simsiyoh tun) kabi qoradir.
Janobi Haq Zuhalni aqli avvalning nuridan yaratgan. Va uning manzilini
manzili afdol etgan. Siyohlikda rang paydo etmish siyodat (ulug‘lik) va
1
Очил С. Орзулар кўкидаги шафақллр. 337-бет
19
yuksakligiga ishorat erur. Shuning uchun aqli avvalni olimi akmaldan boshqasi
bilmaydi... Zuhal samovotning hosiyatlisi va makonlarning a’losidir»
1
.
Endi qutblarni ranglar bilan belgilash masalasiga kelsak. Qora rang —
shimolning, qizil — janubning, yashil — sharqning, qora — g‘arbning ramzi
degan ma’lumot — o‘ttizinchi, qirkinchi yillardayok fanda xrestomatik bir
ma’lumotga aylangan.
Masalaga venger olimi prof. A. Alfuldi, olmon turkiyotchisi I. L. Girtautas
ham diqqatni jalb etishgan. Buni bilmaganligi uchunmi yoki boshqa sabab
tufaylimi, S. Ochil rus etnografi L. P. Potapovning 1977 yilda chiqqan va biz
qo‘lga ham olib ko‘rmaganimiz kitobini qalqon qilib: «I. Haqqulov L. Potapovning
ana shu ma’lumotini (qutb ramzlariga doir deyilmoqchi - I. H.) to‘la o‘zlashtirib
olgan. Aniqroq qilib aytganda, ko‘chirmakashlnk qilgan», - deydi. Lekin bu hukm
ham uni qanoatlantirmaydi va yana yozadi: «Shu ko‘chirma orqali I. Haqqulov
turkiy xalqlarning qadimgi tarixn, etnografiyasi va folklori haqida hali ko‘p narsa
bilmaydigan o‘quvchilar oldida o‘zini bilimdon va zukko olim qilib ko‘rsatishni
maqsad qilib olgan, shekilli. Aslida, u shu o‘rinda o‘zgalar fikrini ko‘chirib
yuruvchi va o‘ziniki sifatida taqdim etuvchi» «adabiyotshunosdir»
2
. Avvalo,
«o‘zgalar fikrini ko‘chirib yuruvchi va o‘ziniki sifatida taqdim etuvchi» kishi
«Qadimiy turklarning dunyoqarashida to‘rt ufq va to‘rt jihat ranglar vositasida
tayin etilgani ma’lum, albatta», -deb yozmasdi
3
.
Ikkinchidan, ushbu haqiqat «turkiy xalqlarning qadimgi tarixi, ztnografiyasi
va folklori» haqida ko‘p narsa biladigan tadqiqotchilar tomonidan yanada keng va
chuqurroq yoritib berilgan. Modomiki, gap «Qutb» hasida ekan, musulmon
olamida qayta-qayta murojaat etilgan «diyori zulmat» yohud «obi hayot»
tushunchasini nazardan o‘tkazaylik.
«Diyori zulmat» — qorong‘ulik o‘lkasi demak. Naql va rivoyatlarga ko‘ra,
ana shu o‘lkada «obi zindag‘oni», «obi jovidoni», «aynul-hayot», “nahrul-hayot»,
1
Абдулкарим Жилий. Инсони комил. Истанбул, 1998. 391 -бет.
2
Очил С. Орзулар кўкидаги шафақлар. 337-338-бетлар.
3
Ҳ а қ қ у л о в И. Занжирбанд шер қошида. 39-бет.
20
«Xizr suvi», «Iskandar suvi» ta’birlari bilan tilga olingan obi hayot, ya’ni tiriklik
suvi mavjud bo‘lib, undan ichgan kishi abadiy hayot saodatiga erishadi. «Diyori
zulmat» shimolda tasavvur etilganligi, shimol esa bevosita qora rang bilan
aloqadorligi bois turkiylar bunda ham o‘z nuqtai nazarlariga sodiq qolganlar.
Shunga ko‘ra ular «shimol bilan vobasta nima bo‘llsa, "Qora kalimasi bilan ifoda
etganlar. Masalan, O‘g‘uz dostonida, shimolda o‘tirgan" Itbaroq nomli qavmning
terilari ham qora edi. Shimoldan esgan shamol ham qora shamol» edi»
1
.
Turklarning eski diniy, inonchlari bo‘yicha kamlar (din yo‘lboshchilari) tangri
bilan bevosita aloqa o‘rnatish darajasida ruhoniyati kuchli kishilar bo‘lishgan. Ilk
kam va ulug‘ yaratuvchining timsoli hisoblangan juft boshli Burgut esa Qora qush
deyilgan. Kamlarning ruhlari tashigan va ular bilan samoviy sayr qiluvchi qushga
qora-buloq nomi berilgan
2
.
Bizning nazarimizda tasavvuf tarixida «Qora» laqabi bilan shuhrat topgan
valiylar, darveshlar ma’lum bir ma’noda kamlarga vorisdirlar. Chunki «Abu Siyoh,
Qora Vali, Zangi ota, Qoracha Ahmad kabi qora va Zanji avliyo tipi nihoyatda
e’tiborlidir... Avliyo ilohiyotchilar orasida ham qoralar bor edi, Sufiylnk qora
xotinlar o‘rtasida ham tarqalgandir»
3
.
Demak, S. Ochilning «komil inonch bilan aytamiz-ki, turkiy xalqlarda
qadimda ham, keyin ham qora rang muqaddas va muborak bo‘lgan emas»
4
, —
degan qat’iy xulosasi mutlaqo asossiz va inonchsiz deyishga xaqlimiz.
Xullas, turkiy qavmlar islomgacha va islomdan keyin ham qora rangdan
salbiy ma’no, holat va hodisalarni xarakterlashda nechog‘lik keng foydalanishgan
bo‘lmasin, haq ahli, ma’no va ishq sohiblaridan hech bir kishi mohiyati ilohiyatda
qora rangning muqaddasligiga sira shubha qilmagan. U hatto, Sharq, she’riyatida
takror-takror ishlatilgan «qora ko‘z» (chashmi siyoh), «qora zulf» (zulfi siyoh),
«qora hol», «qora balo» singari o‘nlab istioraviy ibora va tashbehlar irfoniy
haqiqatlar ifodasi uchun ham xizmat ettirilgan. Bunga birqadar ishonch hosil qilish
1
Ўгал Б. Турк маданняти тарихига кириш. 6-жнлд. Анқара, 1984. 431 -бет.
2
Қофасўғли И. Эски турк дини. Анқара, 1980. 20-21-бетлар
3
Улутоғ С. Сўфий нигоҳида аёл. Истанбул, 1994. 91-93-бетлар.
4
О ч и л С. Орзулар кўкидаги шафақлар. 336-бет.
21
uchun yirik mutasavvif olim Ibrohim Haqqiy Bursaviyning mana bu fikrlari bilan
tanishmoq kifoya deb o‘ylaymiz: «Siyoh (qora) zilli haqiqatga ishoratdurki, ul nur
ul-anvor olamidur... Agarchi nuri siyoh (qora nur) derlarki, muntahiyul anvor erur.
Shu bois Rasululloh fathi Makka kuni qora dulband ila hozir bo‘ldilar. Chunki
Ka’ba zoti ahadiyatga ishoratdur. Zot esa siyohdur. Zero, kunhi idrok bo‘linmas va
ul maqomga vosil bo‘lgan yana alvoni sifatdan tajarrud etish bilan vosil bo‘lur,
Shu sababdan soliqlarning ko‘pchiligi qora abo (jundan tug‘ilgan qora tun —
janda, xirqa - I. D.) kiyurlar»,
1
. Qora abo (xirqa) kiyganlar siyahpush ham
deyilganki, ular tariqatga yangi kirgan soliqlar bo‘lishgan. Bu yo‘lda ma’lum bir
darajada ilgarilaganlarning xirqasi moviy (ko‘k) va sayri sulukni nihoyasiga
yetkazganlarniki oq rangda bo‘lgan. Tasavvuf jarayoni keng taraniy topgan
o‘lkalarda qora xirqali toliblar, ya’nn siyahpushlarning soni ancha ko‘pchilikni
tashkil qilgan. Buni Alisher Navoiyning quyidagi qit’asidan ham anglash mumkin:
Ne deb Jurjonga bordi ul siyahbaxt,
Qora tun birla solib ko‘ngliga jo‘sh.
Ki bor ul pesha ahlidin aningdek,
Qayonkim ko‘z solurlar, yuz siyahpo‘sh
2
.
Bu qit’aga «Siyahpo‘sh azizning Jurjonga borg‘anng‘a taajjub qilurkim, anda
siyahpo‘sh ko‘ptur», deb sarlavha qo‘yilgan.
«Siyahpo‘sh aziz» iborasiga qaralganda, Jurjonga borgan kishi biz aylaydigan
ma’noda siyahbaxt - baxti qora emas. Chunki tasavvuf ahli «siyahkor», «siyahro‘»
deganda sayri sulukda yo‘lda qolgan va yo‘ldan chalg‘iganlarni nazarda tutishgan.
Jurjonga ravona bo‘lgan «siyahbaxt»ga qaytsak, u tariqatga kirishdan qandaydir
zohiriy mamnuniyat sezgan va o‘ziga bino qo‘yganligini yashira olmagan,
Jurjonga borgach, yuzlab Ha oshiqlarini ko‘rib, o‘z ahvolidan hijolat chekkan
kishidir. Ajabmaski, Navbiy «Sab’ai sayyor» dostonidagi birinchi musofir
1
И б р о ҳ и м Ҳ а қ қ и й Б у р с а в и й. Китоб ул-анвор. Истамбул, 1999. 117-бет.
2
А л и ш е р Н а в о и й. Мукаммал асарлар тўпламн, б-жилд. Тошкент, 519-бет
22
tomonidan naql etilgan hikoyat qahramonlari Farruh va Ahiyni ham ana shunday
kimsalarga ibrat qilib ko‘rsatgan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |