II BOB.
Alisher Navoiy asarlarida qahramon ruhiyati va
ranglar tasviridagi ifodaviylik
Alisher Navoiy «Xamsa»sining to'rtinchi dostoni «Sab'ayi sayyor» deb
atalib, 1484-yili yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bo'lib,
tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 - 438-yillarda
podsholik qilgan) bilan bog'liq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga
nihoyatda o'ch bo'lganligi uchun xalq orasida Bahrom Go'r (qulon) laqabi bilan
shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib,
jang-u jadallar homiysi sifatida keladi.
Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»
sida tasvirlangan. «Shohnoma»da Bahrom Go'r haqidagi voqea dostonning faqat
bir faslini tashkil etib, unda Bahromning tug'ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni
idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o'z kanizagi Ozoda bilan to'qnashuviga doir
voqealar tasvirlangan.
«Shohnoma»dagi Bahrom Go'r va uning kanizagi orasidagi bu to'qnashuv
lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib, mashhur «Haft paykar» dostoni
1
Қиссаси Рабғузий 1–китоб, 12–бет.
24
vujudga keladi. Nizomiy Bahromning ka-nizak bilan bog'liq hikoyasini qoliplovchi
hikoya qilib olib, unga 7 hikoyat kiritadi.
Nizomiy asaridan 200 yil o'tgach Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida
«Hasht behisht» dostonini yaratib, 7 hikoyatni hind eposidan oladi.
Turkiy tilda birinchi bo'lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalam-ga oladi va o'z
dostonini «Sab'ayi sayyor» deb ataydi. «Sab'ayi sayyor» dostoni 38 bob, 5009
baytdan iborat, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an'anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni
olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dos-tonning mazmuni taqozosi
bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e'tibor qaratib, iltizom (bir so'zni
biror parchaning barcha misra yoki baytlarida qo'llab shu so'zning muhimligini
ta'kidlash) badiiy san'ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gum-bazdan
tashkil topgani, yeryuzi yetti iqlimga bo'lingani, yetti ko'k, yetti yulduz kabilar
haqida fikr yuritadi.
Dostonning 2-bobi munojot bo'lib, bunda buyuk shoirning Yaratuvchiga murojaati,
najot umidi, tavba va iltijolari o'z ifodasini topgan:
Qodiro, ul zaif-u osiymen
Ki, boshimdin ayoq maosiymen.
3-bob Muhammad (s.a.v.) madhiga, 4-bob me'roj tuni ta'rifiga bag'ishlanadi.
5-bob so'z ta'rifida. Navoiy bu bobda so'zga yuk-sak baho berarekan, shunday
yozadi:
So'z kelib avval-u, jahon so'ngra,
Nejahon, kavn Ha makon so'ngra...
1
6-bob ulug' salaflar- Nizomiy va Dehlaviy madhiga bag'ishlan-gan. Shoir
dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, ya'ni nazm va nasr ta'rifiga to'xtalib,
1
Yusupova Dilnavoz. Adabiyot. Universal qo`llanma. –T.: 2014. 209-bet.
25
ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she'riy
asarlarda chiroyli, ta'sirli ibora va badiiy san'atlarni ko'plab qo'llash va injuni ipga
tergan-dek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib yuborilgan javohir-
dekgo'zallikdan mahrum deb yozadi. Shuningdek, nazm shakllari orasida
masnaviyga alohida to'xtalib, uni «vase' maydon» (keng maydon) deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
So'zda keldi vase' maydoni.
1
Navoiy bu ikki xamsanavisni shatranj o'yinidagi oq ot-u (Nizomiy) qora
filga (Dehlaviy), o'zini oddiy piyodaga nisbat beradi.
Dostonning 7-bobi «hazrat shayxulislom mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy»
madhiga bag'ishlangan bo'lib, Jomiyning bu sohalarda yaratgan asarlari devonlari
va dostonlarining nomlarini keltiradi.
8-bob salaflarning nuqsonlari haqida bo'lib, shoir bob sar-lavhasida ustozlar
asarlariga mulohaza bildirayotgani uchun uzr so'raydi. Navoiy bu bobda doston
yaratishdan oldin tush ko'rganini, tushida 7 gumbaz, 7 gumbaz ichida 7 xil
rangdagi mutasaddiyni ko'rganini, shu yerda 7 kun yurib 7 afsona tingla-ganini, bir
rno'ysafid unga avvalgi dostonlardagi qusurlarni tuza-tishni so'raganini, uyqudan
uyg'ongach muabbir (tush ta'birchisi) aytgan dalillardan so'ng doston yozishga
kirishganini aytadi. Shundan so'ng o'zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni
sinchiklab o'qib chiqqanini ta'kidlab, ustozlarning hurmatini o'z o'rniga qo'ygan
holda ularga uchta e'tiroz bildiradi:
Biri bukim yo'q anda moyayi dard,
Qildilar ishq so'zidin ani fard.
2
1
Yusupova Dilnavoz. Adabiyot. Universal qo`llanma. –T.: 2014. 210-bet.
2
Yusupova Dilnavoz. Adabiyot. Universal qo`llanma. –T.: 2014. 211-bet.
26
Shoir fikricha, oldingi xamsanavislarning birinchi aybi dard-u g'amga
yetarlicha ahamiyat bermasdan, uni ishqdan xoli tasvir-laganliklaridadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |