30- rasm
. Qovurg‘ali sovutgich
(gofra) va Konditsioner
(
Pad & Fan)
.
Bundan tashqari konditsionerlarni qo„llash
ham qiziqarli
hisoblanadi, ular sovuq vaqtda xonalarni isitadi, issiq kunlarda uni
sovutadi.
№ 5 - AMALIY MASHG„ULOT
HIMOYALANGAN YER INSHOOTLARIDA HAVO
VA TUPROQ HARORATINI ANIQLASH
Topshiriq.
Havo va tuproq haroratini
aniqlaydigan asboblarni
tuzilishi bilan tanishish, parnik va issiqxonani turli qismlaridagi ha-
roratni aniqlash.
Uslubiy ko‘rsatma.
Mashg„ulotlarni o„tkazishda talabalar ki-
chik guruhlarga bo„linadi. Har bir kichik guruh topshiriqni turli
qismlarini bajaradilar va turli inshootlarda shug„ullanadilar.
Oldiniga talabalar havo haroratini o„lchaydigan
simobli va
spirtli termometrlar bilan tanishadilar, keyin tuproq haroratini
o„lchaydigan Savinova termometrlarini ko„radilar,
keyinchalik esa
ular termografni tuzilishi bilan tanishadilar. Asboblarni tuzilishi va
ularni ishlash prinsiplarini yaxshiroq bilish uchun,
talabalar bu
asboblarni shakliy rasmlarini o„zlarining ish daftarlariga chizadilar.
Shundan so„ng talabalar parnik va issiqxonalarni turli qismi-
dagi havo va tuproq haroratlarini o„lchashga kirishadilar. Parnik va
issiqxonalarni turli qismlarida issiqlik tartiboti bir xil emas. Biologik
yoqilg„ili parniklarda tuproq harorati, havo haroratiga qaraganda har
doim yuqori, past harorat doirasi quti (korob) devorlari bo„ylab va
ularni ulangan joylaridan o„tadi. Issiqxonalarda
havo harorati har
doim tuproq haroratidan yuqori bo„ladi. Past harorat doirasi eshiklar
va devorlar yonida, yuqori harorat doirasi isitadigan uskunalar va
yuqoridagi qoplamalarga yaqin mintaqalarda joylashadi.
Ichki hajmi katta bo„lgan inshootlarda
harorat tartiboti bir
tekisroqdir.
Ishni bajarish tartibi.
Har bir kichik guruh o„quv xonasida
havo haroratini o„lchash uchun bittadan simobli va spirtli termo-
metrlarni, tuproq haroratini o„lchash uchun bitta Savinova termomet-
rini va havo haroratini uzoq vaqt davomida o„lchab turish uchun bit-
ta termografni oladilar. Bu asboblar etishmaganda zvenolarga alohi-
da-alohida asboblar beriladi va zvenolar ularni mashg„ulot davomida
almashtirib turadilar. Har bir talaba o„zining
ish daftarida yuqorida
nomi keltirilgan o„lchov asboblarini o„lchamlari va asosiy qismlarini
ko„rsatib ularni shakliy rasmlarini chizadilar.
Chizma rasmlar tugagach, har bir zveno parnik, isitiladigan va
isitilmaydigan issiqxonalardagi havo va tuproq haroratini o„lchashga
kirishadi. Parniklarda havo haroratini o„lchashda simobli yoki spirtli
termometrlarni parniklarda tuproq aralashmasi ustiga qo„yilgan
dastaklar ustiga shunday joylashtirish kerakki, bunda termometrni
simobli yoki spirtli pastki qismi bo„sh (holi) bo„lishi kerak.
Issiqxonalarda termometrlar har xil balandliklarga osiladi.
Tuproq
harorati 10 sm chuqurlikda tuproqqa kiritilgan Savinova termometr-
lari bilan o„lchanadi. Termometrlarni ko„rsatkichlari, u o„rnatilgan-
dan so„ng 15-20 minut o„tgach yoziladi.
Parniklar bo„yicha harorat o„lchovlari natijalarini quyidagi
ko„rinishdagi anketaga yozadilar:
Havo harorati:
-
parnik o„rtasida….
-
quti devorchalari yonida…..
Tuproq harorati:
-
parnik o„rtasida….
-
quti devorchalari yonida…..
Issiqxonalarda harorat o„lchamlarini natijalari 15-jadvalda to„ldiriladi.
Agarda havo va tuproq haroratini aniqlaydigan termometr va
termograflarni rasmi chizilgan bo„lsa, parnik va issiqxonalarda havo
va tuproq harorati o„lchanib bo„lingan bo„lsa
hamda anketa va
jadvallar to„ldirilgan bo„lsa, topshiriq bajarilgan hisoblanadi.