15-jadval
Isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalarni turli qismlarida
havo va tuproq harorati
Ko„rsatkichlar
Issiqxonalar
Isitiladigan
Isitilmaydigan
1. Issiqxona o„rtasidagi havo
harorati:
20 sm balandlikda
150 sm balandlikda
2. Yon devorlar yoki isitkich
asboblar yonidagi havo harorati:
20 sm sm balandlikda
150 sm balandlikda
3. 10 sm chuqurlikdagi tuproq
harorati:
issiqxona o„rtasida
yon devorlar yonida
Material va jihozlar:
1. Havo haroratini o„lchaydigan simobli
va spirtli termometrlar. 2. Tuproq haroratini o„lchaydigan termo-
metrlar. 3. Termograflar. 4. Ma‟lumotli (spravochnik) adabiyotlar.
Uyga vazifa:
Nima uchun? Chizmasi orqali ko„chatlarga tashqi muhit
omillarini ta‟sirini aniqlang
3.3. Issiqxonalarda havo va tuproq namligini sozlash
Ko„chatlarni issiqxonalarda yetishtirishda havo va tuproq
namligiga talabi.
O„simlikni o„sib rivojlanishda suv asosiy omil
xisoblanadi. Ko„chatlar uchun eng muhim modda bu suvdir. U
assimilyasiya jarayonida qatnashadi va ko„chatni shakllanishida,
qurilish materiali bo„lib xizmat qiladi hamda tuproqdan o„zlashti-
riladigan mineral tuzlarni erituvchi hisoblanadi. Undan tashqari u
yana barg haroratini boshqaruvchi bo„lib ham xizmat qiladi. Sifatli
sabzavot ko„chatlarini yetishtirish, ularni suv bilan faqat yetarli
ta‟minlangandagina erishiladi.
Issiqxonalardagi sabzavot ekinlari, ochiq yerdagiga qaraganda
katta barg apparatini shakllantiradi va juda yuqori hosil beradi. Bu
ularda katta miqdorda suvni sarflanishiga sabab bo„ladi, shu bilan
birga namlikni etishmovchiligi va uni ortib ketishiga ham ular juda
sezgirdir. Shu bois havo va tuproq namligi tartibotini harorat va
yorug„likka binoan ustalik bilan boshqarish, himoyalangan yerlarda
sabzavotlardan yuqori hosil olish uchun zaruriy sharoit hisoblanadi.
Suvga talab yoki uni o„simliklar tomonidan o„zlashtiriladigan
miqdori va o„simliklarni tuproqdagi suv tartibotiga talabchanligini,
ya‟ni tuproqdan suvni so„rib olish xususiyatini ajrata bilish zarur.
Parlanadigan barg yuzasi kuchli rivojlangan ekinlarda suvga ehtiyoj
ko„proq, ildiz tizimi yaxshi rivojlangan ekinlar suvli yaxshiroq
so„rib oladi. Tuproqdan suvni jadal o„zlashtirilishi, tuproq namli-
giga, uni strukturasiga, nam sig„imiga, tuproq eritmasini konsent-
ratsiyasiga va boshqa omillarga bog„liq. O„simliklarga me‟yorida
suv tartibotini ta‟minlashda, ularni barchasini, hamda o„simliklar
yoshini va ekinlarni xususiyatlarini inobatga olish zarur. Tuproq
namligiga eng yuqori talab, urug„lar unib chiqayotganda va hosil
organlari shakllanayotgan davrda kuzatiladi.
Ko„chat tuproqdan suvni jadal o„zlashtirilishi, tuproq namli-
giga, uni strukturasiga, nam sig„imiga, tuproq eritmasini konsent-
ratsiyasiga va boshqa omillarga bog„liq. O„simliklarga me‟yorida
suv tartibotini ta‟minlashda, ularni barchasini, hamda o„simliklar
yoshini va ekinlarni xususiyatlarini inobatga olish zarur. Tuproq
namligiga eng yuqori talab, urug„lar unib chiqayotganda va hosil
organlari shakllanayotgan davrda kuzatiladi. Turli ekinlar uchun va
o„simliklarni rivojlanish fazalarida tuproq va havo namligini maqbul
darajasi bir xil emas. Bodring uchun ko„chat davrida tuproq
aralashmasini namligi 80% NV dan (eng past namlikdan) kam bo„l-
masligi, pomidor, qalampir va baqlajon uchun ko„chat davridagi
namlik – 70-75%, barglari kattalashayotgan davrda – 70-80%, ko„-
kat ekinlar uchun – 80-90% NV tashkil qilishi kerak.
Issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlari orasida ko„-
katlar va bodring tuproq aralashmasini namligiga eng talabchandir.
Ayniqsa barcha ekinlarni ko„chati tuproq namligini yuqori bo„lishini
(90±5%) hoxlaydi. Tuproqda namlikni etishmovchiligi barg sathini
qisqarishiga, ko„chatni susayishiga olib keladi, ko„chatlik sifatlari
yo„qola boradi. Tuproq quruqlashganda rediska, pekin karamida va
salatda bevaqt gul poyalar chiqaboshlaydi. Me‟yordan ortiq nam-
langan tuproqlarda sabzavotlar suvli, tarkibida qand va tuzlar kam
bo„ladi; tuproq aeratsiyasi buziladi, tuproqda foydali mikroflora
kamayadi, ildizni nafas olishi va o„sishi qisqaradi.
Issiqxona havoning nisbiy namligi talabiga ko„ra sabzavot
ekinlari quyidagi uch guruhga bo„linadi: past, o„rtacha va yuqori
namlikni talab qiluvchi. Birinchi guruhga pomidor, qalampir, loviya
(ko„chat yetishtirishda ham va keyinchalik ularni o„stirishda ham –
60±5%). Ikkinchi guruhga – salat, pekin karami, rediska, ukrop,
ismaloq kiradi (o„suv davri boshida – 65±5% va hosil organlarini
shakllantirish davrida – 80±5%). Uchinchi guruhga – bodring, seldir,
baqlajon va tezlashtirib o„stiriladigan ekinlar kiradi (ko„chatlarni
yetishtirish davrida – 70±5% va keyingi fazalarda – 90±5%).
Issiqxonalarni turli joylarida havo va tuproq namligi bir xil
bo„lmaydi. Issiqxonani iliqroq maydonlari kamroq namlanadi va uni
aksi. Issiqxonaning tubi va janubiy devorlariga yondoshgan
maydonlar eng yuqori darajadagi tuproq namligi bilan ajralib turadi.
Eng yuqori namlik yilning eng sovuq davrlarida kuzatiladi.
Issiqxonalarda havoning nisbiy namligiga talab, haroratni
o„zgarishiga qarab o„zgaradi. Past haroratda yuqori namlikni bo„li-
shi, mikroflorani faol rivojlanishiga va o„simliklarni kasalliklarga
chalinishini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi, yuqori haroratda
havo namligini past bo„lishi o„simliklarni transpiratsiyasida (anama-
liyali) xolsizlanish holatlarni yuzaga keltiradi, o„rgimchak kanani
keng rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |