S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
№10 – AMALIY MASHG„ULOT 
KO‘CHATGA TALAB VA UNI YETISHTIRISH UCHUN 
HIMOYALANGAN YER MAYDONINI ANIQLASH 
 
Topshiriq
. Yuza birligidan chiqadigan ko„chat sonini hisoblash 
uslubini o„zlashtirish, ko„chatga va uni yetishtirish uchun himoya-
langan yer maydoniga talabni aniqlash. 
Uslubiy ko‘rsatma
. Ko„chatga talab va uni yetishtirish uchun 
zarur himoyalangan yer maydoni ochiq va himoyalangan yerlarga 
ekiladigan sabzavot ekinlari rejasi va ko„chatni oziqlanish 
maydoniga bog„liq. 
Ko„chatlarni yetishtirish uchun zarur himoyalangan yer 
maydonini hisoblashda oldin ko„chatga talab aniqlanadi. Buning 
uchun ekiladigan maydon va yuza birligidagi o„simliklarni qalinli-
gini bilish kerak. U navni xususiyatlari (o„sish kuchi, tup shakli, 
barg bandini kattaligi), ekinni yetishtirish usuli (o„simliklarga shakl 
berilib yoki berilmay), tirgovuchlarda va kichik hajmli plyonka bilan 
yopiladigan yerlarda yetishtirish o„simliklarni parvarishlash va 
hosilni yig„ishda ish jarayonlari mehnatini imkon boricha 
mexanizatsiyalashga bog„liq. 
Bir o„simlikni oziqlanish maydonini, joylashtirish shakllariga 
ko„ra turli usullarda aniqlanadi. Odatdagi qatorlab va punktirlab 
ekish usullarida oziqlanish maydoni qator oralardagi masofani 
qatordagi ko„chatlar orasidagi masofaga ko„paytirish yo„li bilan, 
qator uyalabda esa – qator oralardagi masofani, uyalar orasidagi 
masofaga ko„paytirish va chiqqan sonni uyadagi o„simliklar soniga 
bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Lentasimon ekish usulida oziqlanish 
maydoni quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: 


В
В
S
L
R
P
)
1
(




Bunda: P – bir o„simlikni oziqlanish maydoni, m
2
; R – qator-
dagi o„simliklar (kichik qatorlar) orasidagi masofa, sm; L – lentalar 
orasidagi masofa, sm; S – lentadagi yo„llar (kichik qatorlar) orasida-
gi masofa, sm; V – lentadagi yo„llar (kichik qatorlar) soni. Lenta-
simon uyalab ekish usulida o„ismliklar oziqlanadigan maydon ham 
shu formula bo„yicha aniqlanadi, ammo maxrajda lentadagi qator-
chalar soni, uyalardagi o„simliklarni soniga ko„paytmasi ko„rsatiladi. 
Mahsulot olish uchun yetishtiriladigan o„simliklarni qalinligi 1 
ga maydonni (10000 m
2
) bir o„simlikni oziqlanish maydoniga 
bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Topshiriqni bajarishda oldin 1 ga 
ochiq yerga maysalarni yetishtirish uchun parnik romlariga yoki 
issiqxona maydoniga talabni (m
2
da) aniqlaydilar. CHiqqan sonni 
ochiq yerga rejalashtirilgan ekish maydoniga ko„paytirilganda, 
maysalarni yetishtirish uchun talab qilinadigan umumiy himoya-
langan yer maydonni beradi. 
Himoyalangan yerning yuza birligidan chiqadigan ko„chatni, 
o„simliklarni pikirovka qilishda ajartib beriladigan oziqlanish may-
doniga qarab aniqlanadi. U o„simliklarni biologik xususiyatlari va 
ko„chatni yoshiga bog„liq. Pikirovka qilishda quyidagi oziqlanish 
maydoni qo„llaniladi: karam uchun 5

5, 6

6, 7

7 sm, pomidor 
uchun 6

6, 7

7 va 8

8 sm, qalampir uchun 4

5 va 5

5 sm, baqlajon 
uchun 5

5 va 6

6 sm. Tuvakli ko„chatlarni oziqlanish maydoni 
tuvakchalarning kattaligiga bog„liq. 
Agar bir rom yoki 1 m

issiqxona maydonini pikirovkadagi 
o„simliklarni oziqlanish maydoniga bo„linsa, chiqadigan ko„chatni 
hisoblash mumkin. Bunda 160

106 sm o„lchamdagi rom osti may-
doni 1,5 m
2
deb qabul qilinadi. Rom ostidagi foydalaniladigan yer 
maydonini uni o„lchamiga nisbatan kichikligi, o„raning ichki o„l-
chamlarini kichikroq ekanligi tufaylidir. Hisoblashda o„simliklarni 
nazariy sonini emas, balki haqiqiy (haqiqiy xatosiz) chiqadigan ko„-
chatni hisobga olish kerak. Haqiqiy chiqadigan ko„chatni soni 
nazariyga nisbatan 90% deb qabul qilinadi. Masalan, baqlajonni 5


sm oziqlanish maydonida pikirovka qilinsa, bir rom ostidan 
chiqadigan ko„chat 15000 sm
2
:30 sm
2
=500 donani, haqiqiy esa 


(500

90):100=450 donani tashkil qiladi. Ko„chatga talab va bir rom 
ostidan yoki 1 m
2
maydondan chiqadigan haqiqiy ko„chatni bilgan 
holda, himoyalangan yer maydoniga talabni hisoblaydilar (birinchi 
ko„rsatkichni ikkinchisiga bo„lish orqali). 
Topshiriqni bajarish tartibi
. Bu topshiriqni har bir talaba mus-
taqil bajaradi. Himoyalangan yer maydoniga talabni aniqlash 
bo„yicha ko„nikmaga ega bo„lishlik uchun har bir o„quvchi, mazkur 
o„quv qo„llanmani 6.3 bo„limida va mazkur laboratoriya – amaliy 
mashg„ulotiga talluqli uslubiy ko„rsatmadan foydalanib, har bir 
o„quvchi hisoblashlarni quyida ko„rsatib o„tilgan 45-jadvalda 
bajaradi. Topshiriqni bajarish har bir ekin 1 ustunda keltirilgan ket-
ma-ketlikda amalga oshiriladi. Dastlab barcha kerakli hisoblashlar 
parniklar bo„yicha, so„ng issiqxonalar bo„yicha bajariladi. Ochiq 
yerda ko„chat bilan ekiladigan ekinlarni maydoni (2 ustun) o„qituv-
chi tomonidan beriladi. 
Ochiq yerdagi o„simliklarni oziqlanish maydoni hisoblashda (3 
ustun) ma‟lumotli adabiyotlar (sparavochniklardan) dan foydalanib 
aniqlanadi (bundan o„simliklarni joylashtirish shakllari olinib, m

hisobidagi maydon aniqlanadi). O„simliklarni qalinligi (4 ustun) 1 ga 
(10000m
2
) maydonni, bitta o„simlikni m
2
hisobidagi oziqlanish 
maydoniga bo„lish orqali aniqlanadi. 1 ga ekiladigan ko„chatga 
talabni (5 ustun), o„simliklar qalinligidan (4-ustun) 10% chegirib 
olib o„ziga qo„shish yo„li bilan aniqlanadi.



Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish