148
ma‘lumotlariga ruxsatsiz kirishni о‗rganish
va taftish etish mumkin
emas.
Kompyuter texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar
ushbu sohada maxsus bilimlarga ega bо‗lgan mutaxassislarsiz tо‗liq va
obyektiv tekshirilishi mumkin emas. Kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish bilan sodir hollarda maxsus bilimdan foydalanishning asosiy
protsessual shakli kompyuter-texnik ekspertiza hisoblanadi.
Buning sababi shundaki, faqat mutaxassisning
tahlili apparat
vositalari, dasturiy ta‘minot va kompyuter ma‘lumotlarini о‗rganishda
katta ahamiyatga ega.
Aynan mutaxassis izlanishi qо‗lga kiritilgan apparat, dasturiy
ta‘minot va kompyuter ma‘lumotlariga dalil bо‗lish uchun qiymat
beradi. Bunday hollarda tadqiq qilishchining
asosiy vazifalari - zarur
moddiy obyektlarini - axborot tashuvchilarni qidirish, aniqlash, olib
tashlash va ularni topshirish hisoblanadi.
Kompyuter-texnik ekspertizasining quyidagi turlari mavjud:
avtomatlashtirish
vositalari
(hisoblash tizimlari,
ma‘lumotlarni uzatish va nusxalash vositalari) yordamida tayyorlangan
matnli va grafik hujjatlar (standart va elektron);
ularning
faoliyati
uchun
zarur
bо‗lgan kompyuter dasturlari va yordamchi kompyuter ma‘lumotlari;
video
va audio yozuvlar, multimedia formatida taqdim
etilgan vizual va audio axborot;
(ma‘lumotlar bazalari) avtomatlashtirilgan saqlash, qidirish,
ishlov berish va uzatishni ta‘minlaydigan
formatda taqdim etilgan
kompyuter ma‘lumotlari va hujjatlar;
turli moddiy axborot tashuvchilar (magnit, magnit-optik,
optik va boshqalar).
Shunga kо‗ra, kompyuter-texnik ekspertiza quyidagi vazifalarni
hal qilishi mumkin deb aytiladi:
1. Moddiy axborot vositalarida mavjud bо‗lgan ma‘lumotlarning
tо‗liq yoki qisman qayta takrorlanishi va nashr etilishi,
shu jumladan
matn bо‗lmagan shaklda.
2. Avvallari moddiy axborot vositalarida saqlangan va keyinchalik
turli sabablarga kо‗ra о‗chirilgan yoki о‗zgartirilgan axborotni qayta
tiklash.
3. Muayyan axborotni kiritish, о‗zgartirish, yо‗q qilish yoki
nusxalash vaqtini belgilash.
149
4. Kodlangan ma‘lumotlarning
parolini bekor qilish, parollar
tanlash va axborotni himoya qilish tizimini ochish.
5. Hujjatlarni (fayllarni, dasturlarni) ishlab chiqarish, tayyorlash,
joylashtirish vositalarini yaratish.
6. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining
dasturiy-apparat
komplekslarining
texnik
holatini,
ularning
sozligini,
muayyan
foydalanuvchi uchun moslashtirish imkoniyatini aniqlash.
Kompyuter vositalari (apparat, dasturiy, axborot) ni ta‘minlash va
uni har qanday kompyuter tizimlarini ishlab chiqish va ishlatish
jarayoniga mos keladigan shaklda foydalanish asosida kompyuter
texnik ekspertizasi turlarining tasniflanishini
tashkil etish maqsadga
muvofiq. Shuning uchun quyidagilarni ajratish mumkin: (ma‘lumotlarni)
Do'stlaringiz bilan baham: