65
Asbob-uskunalarning holati metallar bilan bir qatorda, shu-
ningdek, zichlashtiruvchi qurilmalar materiallarining holati bilan
ham belgilanadi. Elastik germetizatsiyalovchi materiallar berilgan
harorat va sinovlar davomiyligida tajovuzkor muhitning ta’siriga
bardoshlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Metallarning yemirilishidan bevosita va bilvosita ko‘riladigan
zararlar va ularni yemirilishdan himoyalash uchun qilinadigan
xarajatlar yig‘indisi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yalpi
milliy daromadning qariyb 4% ini tashkil qiladi. Bu xarajatlarning
bir qismidan qochib bo‘lmaydi, biroq
shunga qaramasdan yemiri-
lishdan keladigan yo‘qotishlarni unga qarshi kurashishning max-
sus uslublari va vositalaridan foydalanish bilan anchagina qisqar-
tirish mumkin. Sanoat asbob-uskunalarini yemirilishdan
himoyalashga nisbatan qo‘yiladigan talablar materiallarni yemiri-
lish va eskirishdan himoyalash standartlari yagona tizimi (rus.
ESZKS) tomonidan o‘rnatiladi. Yemirilishning har xil turlari va
materiallarning yemirilishga bardoshliligining asosiy miqdoriy
ko‘rsatkichlari va yemirilishga nisbatan sinov uslublari GOST
larning butun boshli guruhi bilan standartlashtirilgan (taxminan
40 ta atrofida).
«Diateks» ilmiy-texnik markazi mas’uliyati cheklangan jami-
yatining ma’lumotlariga ko‘ra, yemirilishli
shikastlanishlar oqibati-
da neft-kimyo sanoatidagi asbob-uskunalarning ishdan chiqishi-
ning 28% dan ortiq bo‘lmagan qismi umumiy yemirilish
(de vor larning yupqalashuvi) hissasiga to‘g‘ri keladi. Yemirilishning
boshqa turlari ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, bunda shikast-
lanishlar mahalliy xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni metall yuzasining
cheklangan uchastkasida jamlangan bo‘ladi. Ishdan chiqishlarning
asosiy qismi yemiriluvchi darz ketish (-24%),
kristallararo yemiri-
lish (-15%), bo‘shliqlardagi yemirilish (-14%), korroziyali-mexa-
nik yoyilish (-7%) va yemirilishning boshqa turlari (-13%) bilan
shartlanadi. Metallning vodorod ta’siri ostida shikastlanishini (vo-
dorodli darz ketish) alohida e’tirof etish lozim, u yemirilishga te-
gishli bo‘lmaydi, biroq yemirilish bilan chaqiriladi.
Devor qalinligining kamayishida mustahkamlikning yo‘qolishi,
metallda darz ketishlarning bo‘lishi, payvandlash choklari zona-
sida yemiruvchi chuqurchalar, bo‘shliqlarning bo‘lishi, nuqson-
66
larning (yoriqlar, yemiruvchi chuqurchalar va boshqalar) me’yoriy
hujjatlar bilan belgilangan maydonlar
va chuqurlikka yoyilishi
yemirilishga tortilgan asbob-uskunalarni eng chekka holatlarga
olib keladigan belgilovchi parametrlar bo‘lib hisoblanadi.
Konstruksiya elementlarida
makronuqsonlarning vujudga ke lish
va rivojlanish jarayonlari
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– ekspluatatsion yuklamalarning qiymati;
– payvandlashdan keyingi qoldiq zo‘riqishlarning qiymati;
– materialning kimyoviy tarkibi va tuzilishi.
Kimyoviy tarkib va tuzilishning makronuqsonlar hosil bo‘lishiga
zo‘riqish ta’siri ostida yemiriluvchi darz ketish, stress-korroziya,
sulfidli darz ketish kabi xavfli hodisalar uchun qo‘shadigan hissa-
si ayniqsa salmoqlidir.
Yirik zarrali va bir kelib chiqishli bo‘lmagan
tuzilishning
bo‘lishi ham zarralararo yemirilish va yoriqlar hosil bo‘lishining
paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bunday effekt pay-
vandli birikmalarning chok atrofi zonalarida – termik ta’sir
ko‘rsatish zonalarida (rus. ZTV) ko‘plab uchraydi. Texnik tashxis
qo‘yish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, konstruksiyalarning yirik
zarrali tuzilishiga ega bo‘lgan elementlarida (100–300 mkm va
undan ham katta o‘lchamdagi ferrit zarralari) zarralararo yemiri-
lishning hissasi 35–40% ga yetadi, bu qoldiq payvandlash
zo‘riqishlari, shuningdek, ekspluatatsion zo‘riqishlar ta’siri ostida
yoriqlarning paydo bo‘lishi va kengayishini osonlashtiradi.
Konstruksion po‘latlarni ham o‘z ichiga
olgan materiallarning
vaqt o‘tishi bilan
asta-sekin yomonlashuvi (eskirishi) mexanik xu-
susiyatlarning yomonlashuvida namoyon bo‘ladi, u avvalambor
ularning kimyoviy tarkibi va mikrotuzilishi bilan belgilanadi, ma-
terial boshlang‘ich holatining og‘irlik bo‘yicha termodinamik
nomuvozanatlanganligi va atomlarning diffuzli harakatchanlik
sharoitlarida uning tuzilishining og‘irlik bo‘yicha muvozanatlan-
gan holatga asta-sekin yaqinlashishi bilan shartlanadi.
Metallga ta’sir o‘tkazuvchi ekspluatatsion omillarni tahlil qi-
lish metallning eskirishiga olib keluvchi quyidagi jarayonlarni aj-
ratish imkonini beradi:
– mustahkamlikning pasayishi – metallning mustahkamlik
xarakteristikalari (vaqt davomida qarshilik ko‘rsatish
yoki oquv-
67
chanlikning shartli chegarasi) boshlang‘ich (me’yoriy) mus-
tahkamlik xarakteristikalaridan 5% va undan ortiq kamayish to-
moniga farq qiladi. Bu metallning uzoq vaqt davomida yuqori ha-
rorat ta’siri ostida qolishi (masalan, yong‘in paytida) bo‘lishi
mumkin;
– yuklamaning siklik ta’siri – zo‘riqishlarning to‘planish
zona larida metallarning shikastlanishining rivojlanishini tezlash-
tiruvchi mikroplastik deformatsiyalanishni chaqiradi;
– mo‘rtlashish – materialning fizik-mexanik xususiyatlari
o‘zgarishining eng xavfli oqibatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
(hajmli-markazlashgan kubsimon panjaraga ega bo‘lgan, uglerod-
li va kam legirlangan po‘latlarga nisbatan olib qaraydigan bo‘lsak).
Mo‘rtlashish mo‘rt yemirilish sohasini
musbat haroratlar
(tempera
turalar) sohasiga siljitadi, yorilishlarga bardoshlilikni
kes kin pasaytiradi va konstruksiyaning qo‘qqisdan yemirilishiga
olib keladi.
Mo‘rtlashish jarayonining rivojlanishi bilan shartlanadigan
mexanik xususiyatlarning o‘zgarishi, bir tomondan, materialning
qattiqligi va uning oquvchanlik chegarasining ortishida, ikkinchi
tomondan esa – yopishqoqlik-plastiklik ko‘rsatkichlarining va yo-
rilishlarga bardoshlilik ko‘rsatkichining pasayishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: