Iqlimi va suv resurslari



Download 19,63 Kb.
bet1/4
Sana03.07.2022
Hajmi19,63 Kb.
#738123
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqlimi va suv resurslari


Iqlimi va suv resurslari. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, kishi ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli- g’arbda mo’’tadil, qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat shimoldagi +8,9dan, janubdagi +18 darajagacha farqlanadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati faqat janubda - Surxondaryoda noldan yuqori (masalan, Sherobodda +3.6, Ustyurtda minus 8-11 daraja. Iyul oyida o’rtacha harorat Termiz yoki Sherobodda plyus 31- 320, Toshkentda +270, Samarqandda +260, tog’ va tog’oldi hududlarda bu ko’rsatkich birmuncha pastroq.Ma’lumki, o’simliklar rivojlanishi uchun sutkalik harorat +5° darajadan past bo’lmasligi kerak. Musbat haroratlar yig’indisi vegetatsiya davrini belgilab beradi. Respublikamizning eng janubida bu miqdor 4000-4900 darajaga yetadi, shimolda va tog’li hududlarda esa u 2000-30000 atrofida.
Respublikamizda quyoshli kunlar ko’p, shu bois, bu yerda quyosh energiyasi-radiatsiyasidan foydalanish imkoniyatlari ham keng. Xususan, bu borada Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ajralib turadi.Yog’in-sochin kam respublika hududida turlicha taqsimlangan: chekka shimol va shimoli-g’arbda yiliga o’rtacha 100 mm ga ham yetmaydi, ayrim tog’ na tog’oldi mintaqalarida esa bu raqam 8-9 marta ortiq. Eng ko’p yog’in Atlantika nam havo massasi yo’nalishiga tug’ri turgan tog’li hududlarda qayd etiladi (Ugom, Piskom, Qorjantov va b., Urgut tumanida joylashgan Omonqo’tonda). Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida yog’in-sochin miqdori ancha kam (masalan. Pop tumanida 100 mm atrofida), uning sharqiy qismida esa bundan 2-2,5 marta ziyod. Bu mashhur iqlimshunos olim A.I.Voeykovning namgarchilik bilan aholi joylashuvi (zichligi) o’rtasidagi qonuniy aloqadorlik to’g’risidagi fikriga yaqqol dalil bo’la oladi. Toshkentda mazkur ko’rsatkich 360-370, Samarqandda 325-330, Urganch yoki Nukusda esa atigi 80-90 mm ni tashkil qiladi.
Yog’inlar miqdorining asosiy qismi bahor va qish oylariga to’g’ri keladi, yozda va kuzda ular juda kam. Respublikamizning aksariyat hududida mavjud (real) yog’in miqdoriga ko’ra mumkin bo’lgan bug’lanish ba’zi joylarda 8-10 marta ortiq. Demak, qurg’okchilik sharoitida dehqonchilik faqat sun’iy sug’orish asosida olib boriladi.
O’zbekiston berk gidrologik havzada joylashgan. Uning aksariyat daryolari tranzit xususiyatga ega, ya’ni ular asosan respublika tashqarisida, qo’shni mamlakatlar hududida (Tojikiston va Qirg’izistonda) shakllanadi. Masalan, Amudaryoning suv yig’ish maydoni 80 kv.km ga yaqin, shundan 8 foizi O’zbekistonga to’g’ri keladi, xolos. Sirdaryo uchun bu ko’rsatkich, mos ravishda, 38 va 10 ga teng.
Respublikamizning asosiy daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sheroboddaryo va boshqalar. Ulardan asosan qishloq xo’jaligida, sug’orma dexqonchilikda foydalaniladi. Aynan shu maqsadda 40 dan ortiq katta-kichik suv omborlari, qator kanallar qurilgan. Ularga Chorbog’, Tuyabo’g’iz, Tuyamo’yin, Kattaqo’rg’on, Pachkamar, Andijon, Hisorak, Tollimarjon, Chimko’rg’on, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlari, Katta Farg’ona, Andijon, Janubiy Farg’ona, Katta Namangan, Amu-Buxoro, Qarshi, Darg’om, Eski Anhor, Shovot, Toshsaqa hamda Sirdaryo viloyatidagi kanallar misol bo’la oladi.Mamlakatimizda yer osti suvlari, ayniqsa, turli mineral tarkibga ega bo’lgan shifobaxsh suvlar ham oz emas. Ular Xo’jaikon, Omonxona, Jayronxona, Chortoq, Toshkent, Chinobod) va boshqalardan iborat. Hozirgi kunda mamlakatimizning turli shaharlarida xalq orasida an’anaviy nom olgan “Toshkent suvi” ishlab chiqariladi (Qarshi, Farg’ona va x.k.).
Shuningdek, yer osti suvlarining cho’l hududlarida chorvachilikni rivojlantirishda ham ahamiyati katta.
Yer va tuproq resurslari. O’zbekistonning umumiy yer resurslari 44,9 mln ga atrofida, uning 58-60 foizi qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli hisoblanadi. Sug’orma dexqonchilik maydonlari 4,3 mln gektarga yaqin, uning yarmidan ko’prog’i tekislik hududlariga, qolgan qismi tog’ va tog’oldi hududlarga to’g’ri keladi.
Lalmikor yoki tabiiy holda namlanib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy maydoni 750 ming ga, ularning 3/5 qismi tabiiy namgarchilik bilan to’liq ta’minlangan. Tabiiy yaylovlar 22 mln ga yoki respublika umumiy maydonining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi. Biroq, bu yerlarning barchasi ham suv bilan ta’minlanmagan.Respublikaning ko’pchilik qismida qo’ng’ir tusli sur tuproqlar (bo’z tuproqlar) tarqalgan. U.Tojiev, X.Namozov va ularning muallifdoshlari ma’lumotlariga binoan cho’l mintaqasida sur tusli qo’ng’ir, cho’l qumli va o’tloqi tuproqlar, sug’orilib dehqonchilik qilinadigan hududlar (Farg’ona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzacho’l, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxon vodiysi)da sur yoki bo’z tuproqlar ko’p uchraydi. Tog’li hududlarda esa jigarrang, qo’ngir tusli tog’-o’rmon tuproqlari tarqalgan. Qadimdan sug’orilgan vohalar, daryolarning quyi qismida (masalan, Xorazmda) allyuvial tuproqlar ham shakllangan.

Download 19,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish