XI bob. NEFT MAHSULOTLARI UCHUN
MO‘LJALLANGAN VERTIKAL SILINDR
REZERVUARLARNI TASHXISLASH
Rezervuarlarning konstruksiyasi, tuzilishi, tayyorlanishi,
yig‘ilishi, ekspluatatsiya qilinishi va sinovdan o‘tkazilishiga nis-
batan qo‘yiladigan umumiy texnik talablar PB 03-605-03 «Neft
va neft mahsulotlari uchun mo‘ljallangan vertikal silindr po‘lat
rezervuarlarning tuzilish qoidalari» bilan belgilangan.
Sig‘diruvchanligi va joylashgan o‘rniga bog‘liq ravishda re-
zervuarlar uchta sinfga (klass) bo‘linadi:
I sinf (klass) – sig‘diruvchanligi 10000 m kub va undan ortiq
bo‘lgan, shuningdek, bevosita daryolar, yirik suv havzalari va sha-
har chegaralari ichida joylashgan, sig‘diruvchanligi 5000 m kub va
undan ortiq bo‘lgan o‘ta xavfli rezervuarlar;
II sinf (klass) – sig‘diruvchanligi 5000 m kub dan 10000 m kub
gacha bo‘lgan oshirilgan xavfli rezervuarlar;
III sinf (klass) – sig‘diruvchanligi 100 m kub dan 5000 m kub
gacha bo‘lgan xavfli rezervuarlar.
Loyihalashda mas’uliyatlilik (xavf) darajasi materiallarga nis-
batan qo‘yiladigan maxsus talablar, ishchi hujjatlardagi nazorat ish-
larining hajmi, shuningdek, texnik hisoblashlarni bajarish paytidagi
belgilanish bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti bilan belgilanadi.
Rezervuarlarni tashxislash «Neft va neft mahsulotlari uchun
mo‘ljallangan payvandlangan vertikal silindr rezervuarlarni texnik
tashxislash tizimi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq amalga oshirila-
di. Nizom sig‘diruvchanligi 100 dan 50000 m kubgacha bo‘lgan
payvandlangan vertikal silindr po‘lat rezervuarlarning quyidagi
tiplariga nisbatan qo‘llaniladi: qo‘zg‘almas tomli, qo‘zg‘almas tom-
li va pontonli, suzuvchan tomli. Nizom ishonchli qoldiq resurslari
bilan ularni kelgusida xavfsiz ekspluatatsiya qilish shartlari, keyin-
gi tekshiruvdan o‘tkazish hamda tashxislashning muddatlari va
darajasi yoki ta’mirlash o‘tkazish yoki ularni ekspluatatsiyadan
chiqarish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish maqsadida texnik
holatni baholash tartibini ko‘zda tutadi. Qurilish me’yori asosida
va unga qo‘shimcha ravishda ba’zi bir tashkilotlar tomonidan
o‘zlarining mahkamaviy hujjatlari ishlab chiqilgan.
78
Vertikal po‘lat silindr rezervuarlarni texnik tashxislash tizimi
ishlarni bajarishning ikkita darajasini o‘z ichiga oladi:
– rezervuarni tashqi tomondan qisman texnik tekshiruvdan
o‘tkazish (uni ekspluatatsiya qilishni to‘xtatmagan holda har besh
yilda bir marta);
– rezervuarni ekspluatatsiya qilishni to‘xtatish, bo‘shatish va
tozalash bilan to‘liq texnik tekshiruvdan o‘tkazish.
Rezervuarlarni tozalash sermehnat jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish, ekologik va yong‘in xavfsizligi talab-
larini ta’minlash bilan mexanizatsiyalashgan tozalash texnologiya-
si SKB «Transneftegazavtomatika» tomonidan rezervuarlarni neft
mahsulotlari qoldiqlaridan tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan
yo‘riqnomada keltirilgan.
To‘liq texnik tekshiruvdan o‘tkazish umumiy holatda quyidagi
ishlarni bajarishni nazarda tutadi:
– rezervuarni texnik-ekspluatatsiya qilish bo‘yicha rezer-
vuarning konstruktiv xususiyatlarining tahlilini, ekspluatatsiya
qilish sharoitlarining tahlilini, rezervuarning ko‘proq yuklama
tushadigan, ko‘proq og‘ir va murakkab sharoitlarda ishlaydigan
elementlarini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar bilan ta-
nishish;
– tekshiruvdan o‘tkazishning individual dasturini tuzish;
– rezervuarni barcha konstruksiyalarni tashqi va ichki tomon-
dan vizual ko‘zdan kechirishni – pontonni (suzuvchi tomni) vi-
zual ko‘zdan kechirishni ham o‘z ichiga olgan holda, devorlar
belbog‘larining, tomning, rezervuar tubining, pontonning (suzuv-
chi tomning) qalinligini o‘lchashni, devorning geometrik shaklini
nazorat qilishni, rezervuar tubini nivelirlashni, ponton (suzuvchi
tom) va rezervuar devori orasidagi masofani o‘lchashni, asoslar va
ko‘priklarning holatini tekshirishni o‘z ichiga oluvchi naturali
tekshiruvdan o‘tkazish;
– ultratovushli, rentgenografik va yemirmaydigan nazorat qi-
lishning boshqa uslublari bilan nazorat qilish, ularga bo‘lgan zaru-
rat va bajariladigan ishlar hajmi vizual ko‘zdan kechirish natijalari
bo‘yicha belgilanadi;
– zarur bo‘lgan hollarda materialning mexanik xususiyatlarini
va uning tuzilishini aniqlash (yemirmaydigan nazorat qilish uslub-
79
lari bilan yoki qirqib olingan namunalarni laboratoriya tekshiru-
vidan o‘tkazish yo‘li bilan)
– elementlarning qalinligi kamaygan joylardagi yemirilish tez-
ligini, metall yoki payvandli birikmalarning mexanik xususiyatlari-
ning o‘zgarishlarini, siklik (davriy ravishda takrorlanuvchi) yukla-
malarning hajmi va xarakterini, rezervuarning manfiy haroratda
(40 gradus Selsiydan past) ishlashini hisobga olgan holda hisoblash
sxemasini tanlash va metallning qoldiq resursini baholash;
– rezervuarni kelgusida ekspluatatsiya qilish shartlarini, im-
koniyatini va prognozini xulosa berish bilan birga ishlab chiqish
(jumladan keyingi tekshiruvdan o‘tkazishning muddati va uslubi-
ni belgilash bilan).
Birinchi bosqichning maqsadi – konstruktiv xususiyatlarni,
tayyorlash va yig‘ish texnologiyasini, shuningdek, ekspluatatsiya
qilish sharoitlarini o‘rganib chiqish – konstruksiya elementlarida
ko‘proq zo‘riqishli zonalarni, ekspluatatsiya qilishda materialda
nuqsonlar hosil bo‘lishining mumkin bo‘lgan mexanizmlarini va
nuqsonlarning joylashish o‘rinlarini aniqlash, shuningdek, texnik
tashxislash dasturlarini tuzishdan (aniqlashtirishdan) iborat
bo‘ladi. Individual dastur tiplashgan dastur asosida tuziladi va har
bir rezervuar uchun yoki ekspluatatsiya qilish muddati bir xil
bo‘lgan va bir xil sharoitlarda ishlaydigan rezervuarlar guruhi
uchun ishlab chiqiladi. Uni tuzishda ekspluatatsiya qilishning
konkret sharoitlari, konstruksiyada avvaldan bo‘lgan shikast-
lanishlar va ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha ba-
jarilgan ishlar hisobga olinadi.
Rezervuarlarning ba’zi bir tiplarining konstruktiv sxemalari
10.4.1-rasmda keltirilgan. Rezervuarning konstruktiv sxemasida
konstruksiyaning yemirilish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan uchastkalari
(elementlari) ko‘rsatiladi. Bunda quyidagilarga birinchi navbatda
e’tibor qaratish lozim bo‘ladi:
– devorning vertikal yig‘ish tutashuvlaridagi, devorning 1–3
belbog‘laridagi (pastdan sanaganda) vertikal va gorizontal choklar-
ning kesishmalaridagi payvandlash birikmalariga, devor va rezer-
vuar tubining payvand choklariga, lyuklarning birikish choklariga;
– devorning devorni rezervuar tubi bilan biriktirish choklariga
yaqin joylariga;
80
– quvurlar tarmoqlarining ulanish joylariga, jumladan vibrat-
sion zo‘riqish beradigan joylarga;
– devorning mahalliy bo‘rtiqlar yoki pachaqlanishlar bo‘lgan
joylariga va rezervuarning tarkib toptiruvchilarining vertikaldan
og‘ishlariga (yo‘l qo‘yiladigan me’yorlar doirasida yoki me’yorlar
doirasidan tashqarida);
Tom
a
3
4
5
6
1
2
8
9
10
11
12
13
7
≥
1:100
<
1:100
b
Do'stlaringiz bilan baham: |