Dasturiy ta’minot - hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir.
Dastur (G) - bu funksional o’ziga xoslik, dasturiy o’ziga xoslik, algoritm chizmalari, algoritmik tillardan birining ko’rinishida yoki mashina algoritmi ko’rinishida yozilgan ob’yektlarni boshqarishning berilgan vazifalarini amalga oshirish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha ayrim loyiha qaroridir.
Ee
Eksternat - ta’lim olishning bir shakli bo’lib, o’zicha tayyorlanib,imtihon topshirish.
Elektron dekanat - axborot va telekomunikatsion texnologiyalarni ishlatgan holda odatiy o’quv dekanati funksiyalarini amalga oshiradi.
Elektron doska - bir necha foydalanuvchilarning, bitta tarmoqga ulangan boshqa kompyuterlar orqali, bir vaqtning o’zida grafik yo ki matnlar ustida amallar bajarish uchun mo’ljallangan kompyuter ilovasi. Masofaviy ta’limda, telekonferensiya o’tkazilayotganda yoki virtual auditoriyali doskani tashkil qilishda elektron doskadan foydaliniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |