120
baholash uchun ajoyib imkoniyatdir. Eng avvalo,
aynan shu yerda, ixtisoslashgan
ko‘rgazmada sug‘urta xizmatlari potensial xaridori o‘zining bo‘lajak sug‘urta
qiluvchisini topishi oson bo‘ladi. Bu ko‘rgazmalarda biznes bo‘yicha hamkorlar
bilan yangi muloqotlar o‘rnatish yoki mavjud munosabatlarni rivojlantirish
mumkin.
Tematik ko‘rgazmalar doimo OAV e’tiborini jalb qilib kelgan va shunday
bo‘lib kelmoqda, tajribadan kelib chiqadiki, "Sug‘urta" ko‘rgazmasi bundan
mustasno emas. Tabiiyki, matbuot uchun oldindan axborot
materiallari - press-
relizlar tayyorlash lozim.
Firmaning ko‘rgazmalarda ishtirok etishi «firma kuni», taqdimot va matbuot
anjumanlari o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshirilishi ideal natijaga olib keladi.
Ko‘rgazmada «o‘zining» sug‘urta kompaniyasini ko‘rib, mijoz yana bir bor o‘z
tanlovining to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qiladi, yana bir bor «ko‘nikish»ga
xizmat qiladi. Shu tariqa imidj vazifasi bajariladi - "Biz tirikmiz! Biz hammadan
yaxshimiz! Biz siz bilanmiz!". Tematik ko‘rgazmalarga ayniqsa, puxtalik bilan va
yaxshisi oldindan, kamida uch oy, eng yaxshisi olti oy oldin tayyorlanish zarur.
Biroq bu ko‘rgazmaga qo‘yishdan voz kesish uchun baho bo‘la olmaydi – axir
sizning potensial mijozingiz ko‘rgazmada sug‘urta kompaniyasini uchratib,
ularning orasida o‘z kompaniyasini topishi va uning oldiga kelishi lozim! Buning
ustiga shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yirik ixtisoslashgan ko‘rgazmada ishtirok
etish kuchli imidj funksiyasini bajaradi, mos keluvchi
raqobatchilar bilan
taqqoslaganda siz uchun qulayroq pozitsiyani ta’minlaydi.
Ta’kidlash
joizki,
potensial
sug‘urta
qildiruvchilar
ishtirokidagi
ko‘rgazmalardan sezilarli darajada tijorat samarasi olish mumkin. Qaysi
ko‘rgazmalarni va qay tariqa to‘g‘ri tanlash mumkin? Tarmoq sug‘urta
kompaniyalari uchun bu tarmoq ko‘rgazmalari, xorijga chiqadigan shaxslarni
sug‘urta qiladiganlar uchun – turistik firmalar ko‘rgazmalari hisoblanadi.
Shunday qilib, ko‘rgazmada ishtirok etish haqida qaror qabul qilindi.
Ko‘rgazma ochilishidan kamida ikki hafta oldin ommaviy axborot vositalarida
reklama kampaniyasi o‘tkazilishi lozim. Bu yoki muayyan yangi sug‘urta
121
mahsulotining reklamasi, yoki ko‘rgazmada ishtirok etish haqida reklama bo‘lishi
mumkin, lekin nima bo‘lganda ham sug‘urta kompaniyasi ko‘rgazmadagi ma’lum
bir stendda taqdim etilgani haqida axborot matbuotda albatta paydo bo‘lishi lozim.
Bosma reklama tayyorlash va tarqatmasdan ko‘rgazmada ishtirok etish samarasiz
bo‘ladi. Bu yerda asosiy muammo – tiraj hisoblanadi. Bosma mahsulot ko‘rgazma
o‘tkaziladigan hamma kunlarga yetishi va bu mahsulot tashrif buruvchilar
toifalariga qarab har xil turlarda taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
«Sug‘urta» kabi jiddiy ko‘rgazma oldidan tarqatma materiallar
mutaxassislarning baholariga ko‘ra quyidagi miqdorda tayyorlanishi lozim:
1. Sug‘urta kompaniyasining tovar belgisi, manzili
va taqdim etiladigan
xizmatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan, stend raqami albatta belgilab qo‘yilgan, pavilyonga
kirish eshigi oldida tarqatish uchun, dk, tasodifiy tashrif buyuruvchilar, bolalar va
h.k. uchun mo‘ljallangan arzon reklama varaqalari - kamida 5000 nusxa.
2. Siz mehmon sifatida ko‘rish istagida bo‘lgan potensial hamkorlar va
mijozlar uchun, bu yerda ham albatta stend raqami ko‘rsatilgan holda ko‘rgazmada
ishtirok etish uchun taklifnomalar tayyorlash zarur (nomi yozilgan, muzokaralar
yoki uchrashuvlar vaqti ko‘rsatilgan holda) – kamida 100 nusxa. Bunday
taklifnomalar ko‘rgazmaning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan albatta ma’qullangan
bo‘lishi lozim.
3. Vakillar poligrafiyasidan kompaniya haqida va u ko‘rsatadigan sug‘urta
xizmatlari haqida batafsil axborotdan iborat bo‘lgan, yorqin bo‘yoqlarda bezatilgan
prospektlar, bukletlar tayyorlash maqsadga muvofiq – kamida 1000 nusxa.
4. Ko‘rgazma bu – bayram, bayram esa sovg‘asiz bo‘lmaydi. Kompaniyangiz
nomi yoki logotipi va koordinatalari tushirilgan, uyalmasdan tarqatish mumkin
bo‘lgan reklama suvenirlari - nakleykalar, arzon taqvimlar – kamida 1000 nusxa.
Nisbatan qimmatroq reklama suvenirlari,
shuningdek, ommaviy suvenirlar –
ruchkalar,
yondirgichlar, breloklar – kamida 100 nusxa. Va albatta, jiddiy tashrif
buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan sovg‘alar – kanselyariya anjomlari,
kalkulyatorlar, charmdan yasalgan mahsulotlar va h.k. – kamida 50 nusxa.
122
5. Kompaniyaning tashrif qog‘ozlari – kamida 500 nusxa va tashrif
qog‘ozlari kamida 100 nusxa.
Ko‘rgazmalar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‘rgazmalar
boshqa reklama tarqatish vositalari bilan taqqoslaganda eng arzon vosita
hisoblanadi. Haqiqatdan ham maqsadli muloqot doirasi bilan bitta reklama
muloqoti
qiymati katta emas, ko‘rgazmaning o‘ziga xos "eksterritorialligi" esa
bunday muloqotlar o‘rnatishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Bu yerda siz ham,
sizning potensial sug‘urta qilidruvchilaringiz ham, sizning raqobatchilaringiz ham
go‘yoki neytral (betaraf) hujjatda bo‘ladi. Bu reklama kampaniyasi o‘tkazishda
zarur bo‘lgan ishonchga erishishning eng muhim omillaridan biridir. Tabiiyki,
ushbu ishonch muhiti eng avvalo, PR usullari bilan yaratilishi lozim. Ko‘rgazma –
yangi sug‘urta mahsulotlariga talabni tahlil qilish, raqobatchilarni va bozor holatini
o‘rganish uchun ideal joydir. Va nihoyat, imidj shakllantirish va sotuvni
rag‘batlantirish bo‘yicha barcha faoliyat turlari ichida ko‘rgazmalarda ishtirok
etish sug‘urta kompaniyasining reklama bo‘limi xodimlari uchun eng yoqimlimi
bo‘lsa kerak. Ular ish vaqtida va o‘zining bevosita xizmat majburiyatlarini
bajargan holda har qanday ko‘rgazma shunday hisoblangan bayramona muhitga
sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: