109
mamlakatimizda bunday amaliyotni joriy qilish faqat sinov tariqasida o‘ringa ega
bo‘lishi mumkin. SHu sababli ommaviy axborot vositasi samaradorligini mufassal
tadqiq etishni yetarlicha tajribaga, zarur axborotga va professional darajada
tayyorlangan xodimlar shtatiga ega bo‘lgan reklama
agentligiga topshirish
ishonchliroq bo‘ladi.
Oliy bo‘g‘in rahbarlarining axborotni afzal ko‘rishi tadqiqotlari shuni
ko‘rsatadiki, kompaniyalar rahbarlari eng samarali reklama tashuvchilar, deb
bosma nashrlar – gazeta va jurnallarni hisoblaydi. Shu bilan bir paytda matbuotda
reklama kampaniyasining muvaffaqiyatga erishishi yoki muvaffaqiyatsizligi nashr
etilayotgan reklamaning badiiy afzalliklari va professionalligiga, sifatga bog‘liq
bo‘ladi.
“Ushbu reklama xabari sizga qay tarzda yetib bordi?” degan savolga javob
berishda reklama ularga biznes uchun tovar yoki xizmat
xarid qilishda yordam
bergan rahbarlar sonining foizdagi nisbati quyidagi ko‘rinishga ega:
Gazeta orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57,2
Jurnallar orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 22,8
Radio orqali. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 15,9
Televidenye orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 11,8
Ko‘rgazmalar orqali. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . 11,7
Pochta reklamasi . . . …………. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10,3
Faks bo‘yicha reklama. . . . . . . ….. . . . . . . . . . . . . . . . . . 9,0
Reklama agenti. . . . . . . . . . . . . . . ………… . . . . . . . . . . 5,5
Ko‘cha reklamasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. . . . . 2,8
Internet reklamasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………... . 2,1
Metrodagi reklama . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …….. . . 1,4
Transportdagi reklama. . . . . . . . . . . . . . . . ………….... . 1,4
Boshqa tarzda . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. . . . 4,8
110
Gazetadagi reklama
33
. Gazetalarda reklama e’lonlari o‘quvchilarda e’lon
mazmunini fikrlab berish uchun radio yoki televizor orqali reklama bilan
taqqoslaganda ko‘proq vaqt bo‘ladi. Biroq iste’molchilar ko‘pincha gazeta orqali
reklamani pisand qilmaydi. Bu ma’noda radio yoki televidenie orqali reklama,
shuningdek, pochta orqali reklama samarali bo‘ladi. Gazeta reklamasida asosiy
mazmunga zarar yetkazmagan holda sizning firmangiz
manziliga qanday yetib
borish mumkinligini, shuningdek, sotuv shartlarini ko‘rsatadigan xarita yoki rejani
joylashtirish mumkin. Gazetalar mijozlarga muayyan axborot – sug‘urta polislari
tavsifnomalari, narxi, chegirmalar, imtiyozlar berish imkonini beradi. Biroq,
qoidaga ko‘ra gazeta bosmasi sifati ancha past, bu esa kichik grafikli elementlar va
fotosuratlardan
foydalanishni
qiyinlashtiradi.
Gazetada
reklama
e’loni
joylashtirish, boshqa ommaviy axbrot vositalari bilan taqqoslaganda osonroq va
arzonroq bo‘ladi. Bir marta original-maket yasab,
undan bir necha marta
foydalanish mumkin. Biroq, boshqalardan jiddiy farq qiladigan, e’tiborni jalb
qiladigan
gazeta
e’loni
tayyorlash
ancha
qiyin.
Bundan
tashqari
zamondoshlarimizda gazeta o‘qish uchun avvalgidan ko‘ra vaqt ancha kam.
Bugungi kunda o‘quvchi maqolalarni tezda ko‘z yugurtirib chiqadi, reklamaga esa
nazar tashlaydi, xolos, shu sababli reklama sezilmay qolib ketishi ehtimoli katta.
Gazetalar yetarli darajada tezkordir. Sizning e’loningiz berilgan paytdan boshlab 3-
5 kun o‘tgach paydo bo‘lishi, so‘nggi o‘zgarishlar esa gazeta bosmaxonaga
topshirilishidan oldin kiritilishi mumkin. Biroq shunday vaziyat ham yuzaga
kelishi
mumkinki, bunda reklama shoshilinch tahririyat materiali bilan
almashtiriladi. Shu sababli qo‘shimcha xarajatlarsiz reklama e’loni chiqadigan aniq
sanani qayd qilish imkoni doim ham mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: