Dehqonobod, Dugdo'z, Dukchi, Dukchilar, Dukchilik, Jevachi (sovutchi), Yomchi
(yamshik), Zargar, Zargarlar, Zargaron, Ipakchi, Ishchi-xizmatchi, Ishchilar,
Kamongaron
(o'q-yoy
ustalari)
Konchllar,
Kirakashxona,
Karvonboshi,
Karvonguzar, Kamaychi, Kosagar (kosa ustasi), Kosagaron, Ketmonchi, Kigizchilik,
Kulolon, Kuloltepa, Kundakor (kunda ustasi), Ko'nchi, Ko'nchiboy, Mokusozon,
(moki ustasi), Mergan, Merganlar, Mergancha, Miltiqchi, Mirob, Miroblar,
Mixchagar
(mix
yasovchi
usta),
Mixchagoron,
Mizado'zon
(etikdo'zlar),
Murdashoylar, Nag'orachi, Naqqosh, Pichoqchi, Piyozkoron, Piyozchilik, Po'latchi,
Po'stindo'z, Sabzikor, Sovungar, Saqachi (kanalning bosh inshooti ustasi - Xorazm),
Salloq (mol so'yib terisini shilib oladigan qassob), Sartaroshlar, Sohibkor, Surmachi,
Sutchilar, Tabib, Tandirchi, Tanobchi, Taqachi, Temirchi, Tirgaron (o'q-yoy
ustalari), Tovoqchi, Tovuqchi, Ustaovul, Ustalar, Ustaliq (ustalar ma'nosida), Boyliq
(boylar), Xo'jaliq (xo'jalar) degani, Harrotlar (taroqchilar), Charmgar (ko'nchi),
Charmgaron, Chegarachi, Chig'irchi, Chiqirchi, Chitgaron (chitga gul bosuvchilar),
Chitkarlar, Cho'yinchi («degrez» — cho'yanchi), Sholikorlar, Shifokor, Egarchi,
Elchi, Yuzikchi, Yumushkor, O'qchi, O'roqchi, O'rmonchi, Qamishchi, Qassoblar,
Qassobon, G'aznachi (xazinachi), G'allakor, G'allachi, Bozorboshi, Sarbozor,
Bozorjoy, Bedazor, Galaosiyo, Qo'shtegirmon, G'allakor, Lalmikor, Paxtakor,
Karvonsaroy, Madrasa, Machit, Shakarqamish, Sholipoya kabi ko'pdan-ko'p
oykonimlar o'tmishning iqtisodiy, sotsial-iqtisodiy geografiyasi namunasi sanaladi.
2. Barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi (yunoncha «hidro» –
suv, «nom» – nom). Okean, dengiz, ko'l, soy, jilg'a, quduqning har biri suv
obyektidir. Suvsiz hayot yo'q. Yer sharida dastlabki hayot ham suvda, okeanda paydo
bo'lgan degan fikr bor.
Toponimikaning bo'limi – gidronimika suv obyektlarining nomlarini, ularning
kelib chiqishini, atalish qonuniyatlarini o'rganadi.
Yer shari yuzasining qariyb 71 foizini 4 ta – T inch, Atlantika, Hind va Shimoliy
muz okeanlari egallagan. Okeanlarning ayrim qismlari dengiz deyiladi. Quruqlikdagi
suv to'lib qolgan chuqurlilar ko'llar deb ataladi. Ba'zan o'ta katta ko'llar dengizlar
ham deb yuritiladi (Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Shimoliy Amerikadagi Buyuk
ko'llar, Rossiyadagi Baykal ko'li).
Oqar suvlar katta-kichikligiga qarab bir necha turga bo'linadi. Yer osti va yer
usti suvlaridan hosil bo'ladigan katta oqar suvlar daryolar deyiladi. Dunyodagi eng
katta daryolar sifatida Janubiy Amerikada Amazonka, Shimoliy Amerikada Missisipi,
Xitoyda Yansizi, Rossiyada Ob, Yenisey, Volga, O'rta Osiyoda Amudaryo, Sirdaryo
qayd etilgan.
Kichikroq daryolar soylar, kichik soylar esa jilg'alar deyiladi. Daryo yoki soyga
qo'shiladigan suvlar irmoqlar, daryo yoki soydan ajralib chiqadigan ariq yoki suvlar
esa tarmoqlar deb yuritiladi.
Qo'lda qaziladigan katta suv yo'li kanal yoki anhordeb, kichik sun'iy suv yo'li
Do'stlaringiz bilan baham: |