2. Ijtimoiy-iqtisodiy oykonimlar.
1. Tabiiy yoki tabiiy-geografik oykonimlar deganda, suv obyektlari nomlariga,
joyning geomorfologik shakllariga, o'simlik-hayvon nomlariga va boshqa tabiiy-
geograflk sharoitga qarab atalgan aholi punktlari tushuniladi.
a) gidrooykonimiar, ya'ni suv obyektlariga qarab atalgan aholi punktlari nomlari
tarkibida anhor, nahr, arna, ariq bodoq, buloq, gurillovuq («sharshara»), daryo, joy,
joy bor, jo yak, kanal, koriz – keriz, ko'l, mashat – bashat, ob, ro'd, ro'dbor, sardoba,
sel, soy, suv, tagob, chashma, sharshar (sharshara, sharloq, sharillovuq), o 'zak, qoq,
quduq kabi atamalar uchraydi. Bunday oykonimlarni Respublikaning hamma joyida
uchratish mumkin, chunki aholi punktlari suv bor joyda barpo etiladi. Qishloq va
shaharlarning ariq-soylar bilan atalashi ham shundan. Ariq, buloq, ko’l, soy, suv,
quduq kabi atamalar aholi punktlari nomlari tarkibida 50 martadan 100 martagacha
takrorlanadi.
Suv obyektlaridan nom olgan gidrooykonimlar: anhor – nahr – Anhor,
Ulug'nor, arna – Arna, Arnasoy, ariq – Ariqboshi, Beshariq, Jarariq; buloq –
Jarbuloq, Oybuloq, Oqbuloq; daryo – Daryobo'yi, Daryoliq, Sirdaryo; yop –
Bo'zyop, Kattayop, Qumyop;kana – Kanalboyi, Kanalobod, Kanalpasti, koriz –
Saksonkoriz, Koriz, Keriz; ko'l – Ayronko'l, Oydinko'l, Oqko'l; mashat – (asli-boshot)
«suvi qumga singib ketadigan kichik buloq» – Mashat, Uchmashat; ob – Labiob,
Duoba, Obiravon, ro'd, ro'dbor «daryo», «kanaI» Ro'dak, Labiro't, Ro'dasoy;
sardoba – Sardoba (bir necha qishloq nomi); saqa «kanalning bosh inshoati» –
Toshsaqa, Saqachi; soy – Bo'stonsoy, Ilonsoy; suv – Bo 'zsuv, Bo 'laksuv, Qorasuv;
chashma — Sarchashma, Chashma; sharshar (sharilloq, sharillovuq) «sharshara» –
Sharshar, Sharilloq; o'zak «suvi ba'zan qurib qoladigan kichik ariq» – Ko'ko'zak,
Sariqo'zak;quduq – Botirquduq, Oltinquduq, Otquduq va hokazo.
b) Orooykonimlar, ya'ni rel'ef shakllari nomlarini bildiradigan oykonimlar
tarkibida adir, bel, dara, dahana, do'ng, jar – yor, kamar, ko'tal, tall, tepa, teva, tosh,
tog' – tov, chosh, oy, qapchig'ay, qo'ton, qiya, qir, qum kabi atamalar (indikatorlar)
qayd qilinadi. Jar terimini 60 martadan ko'proq, tosh atamasi esa qariyb 100 marta
takrorlanadi. Bu borada tepa atamasi «rekord» qo'ygan; buning asosiy sababi
shundaki, urug' – aymoq ma'nosida to'p – to'pa – to'ba atamasi jonli tilda tepa bo'lib
ketgan (masalan, Do'rmonto'pa – Naymanto'pa, Do'rmontepa – Naymantepa shaklini
olgan).
Rel'ef shakllaridan nom olgan orooykonimlar: adir – Bo 'lakadir, Adirmoq; bel
– Beltov, Beltepa, Belariq; dara – Omondara, Palandara; dahana – Oqdahana,
Qoradahana; do'ng – Do'ng, Do'ngariq, Do'ngovul; jar (yor) – Ko'kjar, Omborjar,
Jomonjar, Ko'yganyor, Oqyor, kamar – Zarkamar, Kamar, Kamarqishloq,
Qorakamar; ko'tal – O'zbekko'tal, Tojikko'tal; tal – Tallak, Tallashqon; tepa –
Bo'ritepa, Oqtepa, Zartepa; tosh – Dovtosh, Qoratosh; tog' (tov) – Bobotog',
Yetimtog', Qiziltov, Saritov; Choshtepa «sun'iy tepalik» – Oqqapchig'ay,
Qapchug'ay; qo'ton («shamol kam tegadigan chuqurroq soylik») – Jarqo'ton,
Do'stlaringiz bilan baham: |