bug'ra – buvra, Hon, chovli (ov qushi), shag'ol (chiyabo'ri), echki, qarsaq (cho'l
tulkisi), qulon (yovvoyi ot) kabi urug'lar ma'lum. Burqut degan urug' ham asli
«burgut» ma'nosini bildirsa kerak. Masalan, qozoyoqli degan o'zbek urug'i bor; uning
tamg'asi shaklan g'ozning panjasiga o'xshaydi. G'oz qadimgi turkiy tilda, hozirgi
qozoq, qirg'iz va tojik tillarida ham qaz deyiladi. Etnonim inobatga olinsa, burqut
urug'ining nomi burgutdan olinganini payqash qiyin emas.
Uzoq o'tmishda kishi hayoti tabiat bilan chambarchas bog'liq bo'lganini esga
olsak, tabiiy geografik nomlar ilgarilari hozirgiga nisbatan katta o'rin tutganini
tasavvur qilish mumkin. Hayvonlarning nomlaridan kelib chiqqan aholi punktlari –
zoooykonimlarni esga olaylik: Ayg'ir, Ayg'irtepa, Baliqli, Baliqliko'l, Bahrin,
Bedana, Biya, Burgali, Burgalik, Burgutqala, Bo'risoy, Bo'ritepa, Do'lta, Do'ltali,
Ilonli, Karpko'l, Laylaklar, Laylakon, Laylakoya, Laylakxona, Oqboyra, Oqechki,
Malaxteza, Chag'ali (chag'alay), Chigirtkali, Chovli, Chovlisoy, Shag'ol, Shag'olak,
Qarsaqli, Qarchig'ay, Qarg'a, Qarg'alar, Qarg'atepa, Qulonxona, Qulonqoq, va
boshqalar. Ko'rinib turibdiki, hayvon nomlari bilan yuritiladigan qishloq va shaharlar
ko'p emas. Bundan tashqari bu tipdagi oykonimlarning chindan ham biron hayvon
turi nomi bilan atalganini tola ishonch bilan aniqlash qiyin. Buning sababi shundaki,
har qanday hayvon nomi boshqa, ko'chma ma'noda qo'llangan bo'lishi mumkin.
Masalan, ayg'irtepa deganda «katta tepalik» tushunilishi mumkin, yoki baliq
so'zining qadimiy ma'noda «shahar» bo'lgani, bahrin, burqut (burgut), shag'ol
(shaqol), qarg'a, qulon, oq qo'yli, qora qo yii, kabi urag' nomlari ham bo'lgan. Alqor,
Karkidon kabi oykonimlarning arxar (alqor), kark (karkidon) singari hayvon
nomlaridan kelib chiqqanini paleozoologik tadqiqotlar isbotlashi mumkin.
2. Kishilarning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy oykonimlar.
Toponimika tarixiy-iqtisodiy geografiyaga xo'jalik faollyatining qadimiy turlari
geografiyasini, qadimda keng rasm bo'lgan kasb-hunar nomlarini, ko'hna savdo
yo'llari va o'tmishda qazib chiqarilgan yer osti boyliklari geografiyasini aniqlashda
katta yordam berishi mumkin. Kishilarning xo'jalik faoliyatini, mehnat taqsimotini
ko'rsatadigan qadimgi kasb-hunar nomlari bilan bog'liq oykonimlardan misollar
keltiramiz: Aravakashlar, Aravachilar, Asalchi, Astarbof, Attoron, Ayoqchi, (idish-
tovoq ustasi) Ayoqchiovul, Bog'bon, Bojbon, Baydoqchi, («bayroqchi») Baqirchi,
Baliqchi,
Baliqchilar,
Baliqchimahalla,
Bordonchi,
Baxmalbof,
Baxshilar,
Baxshiyon, Baxshitepa, Bilamixchi («atala — bo'lamiq sotuvchilar»), Binokor,
Bichoqchi, («pichoq ustasi – bir qancha turkiy tillardagi kabi Buxoro atroflarida ham
pichoqni bichoq deyishadi. Aslida ham shunday, ya'ni bichoq so'zi bichmoq fe'lidan
kelib chiqqan), Bo'zachi, Bo'zchi, Bo'yrabof, Bo'yrabofcha, Bo'yrachi, Bo'yoqchi,
Vaximkor (vaqfkor, vaqf yerlarda ishlaydigan dehqon), Gilambof, Go'spandjallob
(qo'y olib sotuvchi savdogar), Dabboqi (kunchi) Darg'a, Darg'aovul, Darg'alilar
(darg'a - kema kapitani) Darbozlar, Dorigar (dori-darmonlar tayyorlovchi
mutaxassis), Dodxo (dodxo), Dasturxonchi Devorzan (paxsachi), Degrez, Dehqon,
Do'stlaringiz bilan baham: |