Lokal tarmoq
- bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
komp’yuterlarni oʻzaro bogʻlagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar –
mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida
kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya
kanallari orqali oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar
- oʻziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal
va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yoʻldosh)
aloqalari tarmogʻi orqali bogʻlagan yirik tarmoq.
125
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sigʻimi.
Ma’lum vaqt oraligʻida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning
uzatilish tezligini belgilaydi.
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va
uning oʻlchov birliklari mavjud boʻlganidek, axborotning ham uzatish tezligi
hamda oʻlchov birliklari mavjuddir, bular:
−
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
−
Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab
yaxlitlangan bitlar soni;
−
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab
yaxlitlangan bitlar soni;
−
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab
yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oraligʻida uzatiladigan
axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu oʻz navbatida axborot kanallarining oʻtkazish
qobilyatini anglatadi.
Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning
hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida echiladigan masalalar.
Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va
maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida echiladigan masalalar
quyidagilardan iborat:
−
axborotni tashkil qilish va izlab topish;
−
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni
almashishga imkoniyatini yaratish;
−
fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qoʻshimcha ma’lumotlarni
tarmoqdan qidirish;
−
talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;
−
elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;
−
masofaviy ta’lim olish;
126
−
hisobotlar tayyorlash va uzatish;
−
elektron hujjat almashishni tashkil qilish;
−
talabalar ota-onalari farzandlarining oʻzlashtirishi va davomatini kuzatib
borish.
Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining
ta’lim tarmogʻi yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmogʻi barcha ta’lim
muassasalarining axborot resurslarini oʻzida jamlagan. Hozirgi kunda barcha
oʻqituvchilar, oʻquvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga
ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmogʻi axborotlarni joylashtirish, toifalash,
guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.
Internet provayderlari va ularning vazifalari
Internet provayder – Internet tarmogʻi xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.
Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud:
1. Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder
2. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet provayderlar quyidagi xizmatlarini taqdim etadi:
–
WWW Internet resurslarini tashkil etish
–
E-mail Elektron pochta xizmati
–
Web hosting Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish
–
Internet conference Internet orqali video muloqot
–
Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
–
FTP fayllarni almashish protokoli
–
IPTV
Internet tarmogʻi orqali raqamli televideniya
–
IP telefoniya Internet tarmogʻi orqali telefon soʻzlashuvlar
Oʻzbekistonda bir qancha Internet provayderlar faoliyat koʻrsatmoqda, bular:
–
Sarkor Telecom
–
Uznet
–
East Telecom
–
TPS
–
ARS Inform
127
–
Cron Telecom
–
Roll.uz
–
Uzscinet va x.k.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron
pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari
koʻrsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga
beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan
tanlab olinadi.
Hosting – bu web-sayt internetda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, ya’ni internet
orqali ma’lumot tarqatishi uchun kerak boʻladigan virtual maydonchadir. Hosting
tanlashda boshlovchilar biroz qiynalishi mumkin, chunki ba’zibir atamalar va
amallar
ularga
notanish
boʻladi.
Shared hosting (Birgalikdagi hosting) – bu hosting turi ancha arzon boʻlib,
bir hosting maydonida yoki web-serverda bir-nechta web-sayt birgalikda
joylashtiriladi.
Alohida hosting – bu hosting turida siz oʻz saytingiz uchun bitta yoki bir
nechta serverni sotib olasiz. Bu serverda faqat sizning saytingiz faoliyat yuritadi va
imkoniyatlaringiz ham keng boʻladi. Bu hosting turi ancha qimmat hisoblanadi.
Tekin hosting – Tekin hosting oʻz nomidan ham ma’lum, sizdan hech
qanday pul olmaydi va sifati ham shunga yarasha. Odatda tekin hostinglar ta’lim
muassasalari saytlari yoki uchinchi darajali domenda sayt yaratish imkonini
beradigan internet xizmatlar uchun faoliyat yuritadi. Bu xizmat turida sizning
saytni sozlash imkoniyatlaringiz juda cheklangan boʻladi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega boʻlmagan kompyuterlar
mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega boʻlishi va
mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
128
Internetga murojaat qilganimizda asosan interent provayderlaridan yoki ISP
(internet servis provayder - internet xizmati bilan ta’minlovchi) lardan
foydalanamiz. ISP oʻzining maxsus magistral tarmogʻiga ega. Bunga juda koʻp
klientlar ulanishi mumkin. Provayder tarmogʻi asosan bir necha tarmoq bilan yoki
er shari boʻyicha bir – biriga ulangan boʻlib, planetamizning xoxlagan eri bilan
aloqa qilish imkoniyatiga ega.
Provayder tarmogʻi ierarxiyasi. Rivojlangan mamlakatlarda minglab
provayderlar ierarxiyasi mavjud. Ular quyidagicha boʻladi:
1. xalqaro; 2. milliy; 3. regional.
•
Regional provayder (zona hisobida, ya’ni Fargʻona, Andijon, Namangan);
•
Milliy provayder (Oʻzbekiston Respublikasi);
•
Xalqaro provayder (dunyo boʻylab).
Provayder bilan bir nechta kanallar orqali
•
ajaratilgan kanal orqali
•
simsiz yoki sputnikli aloqa orqali
•
kabelli televideniya orqali bogʻlanish mumkin (5-rasm).
Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari:
•
Ijtimoiy tarmoq tushunchasi;
•
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari;
•
Odnoklassniki (odnoklassniki.ru) ijtimoiy tarmogʻi maqsad va vazifasi;
•
Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;
•
Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;
•
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan
foydalanish madaniyati
Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va
ular orasida muloqatni oʻrnatuvchi, koʻp foydalanuvchili interaktiv veb saytlar
asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga koʻra
ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli boʻladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni oʻrnatib beruvchi dasturiy - apparatli
kompleks;
129
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi
muloqat internet tarmogʻi orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi
internetda oʻzaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan
iborat. Oʻzaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga
oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq
xususiyatlarining biri – doʻstlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma
yordamida tavsiflash mumkin.
Tarmoq strukturasi
•
Lokal tarmoq strukturasi:
–
«Shinasimon» topologiya;
–
«Yulduzsimon» topologiya;
–
«Xalqasimon» topologiya;
•
Global tarmoq strukturasi
–
«Daraxtsimon» topologiya;
Tarmoqlarda axborot uzatish
•
Past tezlik – axborotlar uzatish tezligi Kbit/s hisobida amalga oshiriladi;
•
Oʻrta tezlik – axborotlar uzatish tezligi Mbit/s hisobida amalga oshiriladi;
•
Yuqori tezlik – axborotlar uzatish tezligi Gbit/s hisobida amalga oshiriladi;
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari soni boʻyicha reytingi
▪
Facebook - 500 000 000, MySpace - 255 000 000
▪
Twitter - 200 000 000, Windows Live Spaces - 120 000 000
▪
Habbo Hotel - 120 000 000, V Kontakte - 110 000 000
▪
Friendster - 90 000 000, Hi5 - 80 000 000, Tagged.com - 70 000 000
130
Do'stlaringiz bilan baham: |