7
I BOB. TIZIMLARNING UMUMIY TA’RIFI
***************************************************************
1.1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari
Tayanch soʻzlar.
Axborot, tizim, element, kompyuter, funktsiya, ob’ekt,
vosita, boshqaruv ob`ekti, boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparati, sun`iy intellekt,
ekspert tizimlari.
Axborot tizimlari fanining maqsadi axborot tizimlarining oʻziga xos
xususiyatlari va, axborot texnalogiyalarini inson faoliyatining turli sohalarida
qoʻllanilish asoslarini oʻrgatishdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor, axborot
tizimlarini ta’lim jarayonidagi oʻrni, axborot, axborot tushunchasi, axborotlar bilan
ishlash va telekommunikatsiya soxasida qoʻllanilishiga qaratilgandir.
Fan boʻyicha talabalarning bilimiga, oʻquviga va koʻnikmasiga talablar:
Ushbu fanni oʻrganish natijasida talabalar axborot tizimlari, ularning
imkoniyatlari va ularni insoniyatning barcha faoliyatlariga, shu jumladan oʻquv
jarayonida va ilmiy sohadagi faoliyatiga ta’siri toʻgʻrisida ma’lumotga ega
boʻlishlari kerak. Shuningdek, talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
–
turli soxalarda axborot tizimlari va ularni qoʻllanilishi bilan bogʻliq boʻlgan
asosiy tushunchalarni oʻzlashtirish;
–
ma’lumotlar tipi, ularni turli xisoblash mashinalari va tizimlari xotiralarida
tasvirlash bilan bogʻliq boʻlgan asosiy tushunchalarni oʻzlashtirish;
–
ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini oʻrganish va oʻzlashtirish,
xamda turli ma’lumotlar strukturalari bilan ishlash algoritmlarini
oʻzlashtirish;
–
telekommunikatsiya tizimlarida roʻy beradigan asosiy axborot jarayonlari
bilan tanishish;
–
axborotlarning xayotiylik tsikli (kaskad va spiral modeli);
–
intellnektual axborot tizimlari tushunchasi;
8
–
tezkor xotirada roʻyxatlarni joylashuvi va ular ustida amallar. Kesh xotira.
–
Axborot tizimlarida bilimlarni taqdim etish modellari (Billing tizimi) ;
–
Korporativ axborot tizimlari. Korporativ kompyuter tarmoqlari;
–
Kompyuter tarmoqlari va topologiyalari;
–
Provayderlar va ularning asosiy vazifalari;
–
www- ni tashkil etuvchi resurslar;
–
web –sahifa yaratish va uni tashkil etuvchi elementlar;
–
web –sahifa yaratishda qoʻllaniladigan dasturlar va texnologiyalar;
–
Internetda ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi;
–
Internetdan ma’lumotlarni olish va qayta ishlash;
–
Elektron pochta va shaxsiy elektron manzilni yaratish;
–
masofaviy ta’lim texnologiyasi va uning dasturiy va texnik vositalari bilan
tanishish;
–
multimedia tizimlari va ularni vazifalari
–
axborot xavfsizligi, axborotga ta
Fanning vazifasi, talabalarni axborot tizimlarini texnik va dasturiy vositalari
bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy talqiqot ishlari, xamda
oʻquv jarayonlariga tadbiq etish usullari va ularning oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrgatishdan iboratdir. Texnik vositalarning jadal rivojlanishi yangicha
tushunchalar, gʻoyalar fan va texnikaning yangi koʻrinishlarini keltirib chiqardi.
Axborot tizimlari fani ana shunday yangi yoʻnalishlardandir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo boʻlgan paytdan boshlab mavjud boʻlgan,
chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat oʻz boshqaruvi uchun
tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab
chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish bilan
bogʻliq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muxim
axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi.
Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, oʻz
navbatida,
u
axborot
tizimlarini
takomillashtirish
va
rivojlantirishni
9
ragʻbatlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib
olaylik.
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi, boshqaruv ob’ekti
(masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub’ekti, boshqaruv
apparati yigʻindisini oʻzida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda
maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga
talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi
xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob`ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab
chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya`ni boshqaruv tizimining oʻzi aynan mana shu
ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish,
tеxnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining
samaradorligini oshirishdir. Oʻrganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham
umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega boʻlgan tizimning koʻplab tushuncha va
ta'riflari mavjud.
Umumiy holatda
tizim
, dеganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari
oʻrtasidagi aloqalar majmuiga ega boʻlgan, ya'ni bir-biriga chambarchas
bogʻlangan qismlardan iborat butun bir ob'еktlar majmuasi tushuniladi. Bunday
ta'rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib kеltirish mumkin: dеtallar va
tutashtiruvchi qurilmalardan yigʻilgan mashina; xujayralarning butun majmuini
tashkil etuvchi tirik organizm, turli rеsurslar, bir-biri bilan bogʻlangan koʻplab
ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kеlgan
korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob'еktlar (qismlar) yagona tizim sifatida
ishlaydi, ya'ni har bir ob'еkt, kеnja tizimlar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad
uchun harakat qiladi. Bundan tashqari tizim deganda istalgan ob’ekt tushuniladi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'еktlar», «aloqalar»,
«xususiyatlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |