S. P. Allayorov


- bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi  komp’yuterlarni oʻzaro bogʻlagan tarmoq



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/80
Sana03.02.2023
Hajmi1,68 Mb.
#907514
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

Lokal tarmoq 
- bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi 
komp’yuterlarni oʻzaro bogʻlagan tarmoq.
 
Mintaqaviy tarmoqlar – 
mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida 
kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya 
kanallari orqali oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar.
 
Global tarmoqlar
- oʻziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal 
va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yoʻldosh) 
aloqalari tarmogʻi orqali bogʻlagan yirik tarmoq. 


125 
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sigʻimi. 
Ma’lum vaqt oraligʻida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning 
uzatilish tezligini belgilaydi. 
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va 
uning oʻlchov birliklari mavjud boʻlganidek, axborotning ham uzatish tezligi 
hamda oʻlchov birliklari mavjuddir, bular: 

Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; 

Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab 
yaxlitlangan bitlar soni; 

Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab 
yaxlitlangan bitlar soni; 

Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab 
yaxlitlangan bitlar soni. 
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oraligʻida uzatiladigan 
axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu oʻz navbatida axborot kanallarining oʻtkazish 
qobilyatini anglatadi. 
Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning 
hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida echiladigan masalalar. 
Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va 
maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida echiladigan masalalar 
quyidagilardan iborat: 

axborotni tashkil qilish va izlab topish; 

zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni 
almashishga imkoniyatini yaratish; 

fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qoʻshimcha ma’lumotlarni 
tarmoqdan qidirish; 

talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish; 

elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish; 

masofaviy ta’lim olish; 


126 

hisobotlar tayyorlash va uzatish; 

elektron hujjat almashishni tashkil qilish; 

talabalar ota-onalari farzandlarining oʻzlashtirishi va davomatini kuzatib 
borish. 
Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining 
ta’lim tarmogʻi yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmogʻi barcha ta’lim 
muassasalarining axborot resurslarini oʻzida jamlagan. Hozirgi kunda barcha 
oʻqituvchilar, oʻquvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga 
ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmogʻi axborotlarni joylashtirish, toifalash, 
guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.
Internet provayderlari va ularning vazifalari 
Internet provayder – Internet tarmogʻi xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. 
Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud:
1. Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder
2. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. 
Internet provayderlar quyidagi xizmatlarini taqdim etadi: 
– 
WWW Internet resurslarini tashkil etish 
– 
E-mail Elektron pochta xizmati 
– 
Web hosting Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish 
– 
Internet conference Internet orqali video muloqot 
– 
Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish 
– 
FTP fayllarni almashish protokoli 
– 
IPTV

Internet tarmogʻi orqali raqamli televideniya 
– 
IP telefoniya Internet tarmogʻi orqali telefon soʻzlashuvlar 
Oʻzbekistonda bir qancha Internet provayderlar faoliyat koʻrsatmoqda, bular:
– 
Sarkor Telecom 
– 
Uznet 
– 
East Telecom 
– 
TPS 
– 
ARS Inform 


127 
– 
Cron Telecom 
– 
Roll.uz 
– 
Uzscinet va x.k. 
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron 
pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari 
koʻrsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga 
beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan 
tanlab olinadi. 
Hosting – bu web-sayt internetda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, ya’ni internet 
orqali ma’lumot tarqatishi uchun kerak boʻladigan virtual maydonchadir. Hosting 
tanlashda boshlovchilar biroz qiynalishi mumkin, chunki ba’zibir atamalar va 
amallar 
ularga 
notanish 
boʻladi.
Shared hosting (Birgalikdagi hosting) – bu hosting turi ancha arzon boʻlib, 
bir hosting maydonida yoki web-serverda bir-nechta web-sayt birgalikda 
joylashtiriladi. 
Alohida hosting – bu hosting turida siz oʻz saytingiz uchun bitta yoki bir 
nechta serverni sotib olasiz. Bu serverda faqat sizning saytingiz faoliyat yuritadi va 
imkoniyatlaringiz ham keng boʻladi. Bu hosting turi ancha qimmat hisoblanadi.
Tekin hosting – Tekin hosting oʻz nomidan ham ma’lum, sizdan hech 
qanday pul olmaydi va sifati ham shunga yarasha. Odatda tekin hostinglar ta’lim 
muassasalari saytlari yoki uchinchi darajali domenda sayt yaratish imkonini 
beradigan internet xizmatlar uchun faoliyat yuritadi. Bu xizmat turida sizning 
saytni sozlash imkoniyatlaringiz juda cheklangan boʻladi. 
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega boʻlmagan kompyuterlar 
mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega boʻlishi va 
mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin: 
192.168.0.1 - 192.168.255.255 
172.16.0.1 - 172.16.255.255 
10.0.0.1 - 10.255.255.255 


128 
Internetga murojaat qilganimizda asosan interent provayderlaridan yoki ISP 
(internet servis provayder - internet xizmati bilan ta’minlovchi) lardan 
foydalanamiz. ISP oʻzining maxsus magistral tarmogʻiga ega. Bunga juda koʻp 
klientlar ulanishi mumkin. Provayder tarmogʻi asosan bir necha tarmoq bilan yoki 
er shari boʻyicha bir – biriga ulangan boʻlib, planetamizning xoxlagan eri bilan 
aloqa qilish imkoniyatiga ega.
Provayder tarmogʻi ierarxiyasi. Rivojlangan mamlakatlarda minglab 
provayderlar ierarxiyasi mavjud. Ular quyidagicha boʻladi: 
1. xalqaro; 2. milliy; 3. regional. 

Regional provayder (zona hisobida, ya’ni Fargʻona, Andijon, Namangan); 

Milliy provayder (Oʻzbekiston Respublikasi); 

Xalqaro provayder (dunyo boʻylab). 
Provayder bilan bir nechta kanallar orqali

ajaratilgan kanal orqali

simsiz yoki sputnikli aloqa orqali

kabelli televideniya orqali bogʻlanish mumkin (5-rasm).
Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari: 

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi; 

Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari; 

Odnoklassniki (odnoklassniki.ru) ijtimoiy tarmogʻi maqsad va vazifasi; 

Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari; 

Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari; 

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan 
foydalanish madaniyati 
Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va 
ular orasida muloqatni oʻrnatuvchi, koʻp foydalanuvchili interaktiv veb saytlar 
asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga koʻra
ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli boʻladi: 
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni oʻrnatib beruvchi dasturiy - apparatli 
kompleks; 


129 
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi 
muloqat internet tarmogʻi orqali bajarilishi. 
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi 
internetda oʻzaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan 
iborat. Oʻzaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq 
xususiyatlarining biri – doʻstlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma 
yordamida tavsiflash mumkin.
Tarmoq strukturasi 

Lokal tarmoq strukturasi: 

«Shinasimon» topologiya; 

«Yulduzsimon» topologiya; 

«Xalqasimon» topologiya; 

Global tarmoq strukturasi 

«Daraxtsimon» topologiya; 
Tarmoqlarda axborot uzatish 

Past tezlik – axborotlar uzatish tezligi Kbit/s hisobida amalga oshiriladi; 

Oʻrta tezlik – axborotlar uzatish tezligi Mbit/s hisobida amalga oshiriladi; 

Yuqori tezlik – axborotlar uzatish tezligi Gbit/s hisobida amalga oshiriladi; 
Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari soni boʻyicha reytingi 

Facebook - 500 000 000, MySpace - 255 000 000 

Twitter - 200 000 000, Windows Live Spaces - 120 000 000 

Habbo Hotel - 120 000 000, V Kontakte - 110 000 000 

Friendster - 90 000 000, Hi5 - 80 000 000, Tagged.com - 70 000 000 


130 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish