S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


Tabiiy suvning anomal xossalari



Download 5,74 Mb.
bet90/122
Sana30.12.2021
Hajmi5,74 Mb.
#89625
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122
Bog'liq
71atrofmuhitkimyosipdf

4.4. Tabiiy suvning anomal xossalari
Tabiiy suv bir qator o‘ziga xos bo‘lgan, ya’ni uni boshqa suyuq moddalardan farqlantirib turuvchi anomal xususiyatlarga ega. Suvning anomal xossalariga quyidagilar kiradi:
Suvning zichligi +4°C da maksimal ko‘rsatgichga ega. Masalan 0°C da distillangan suvning zichligi 0,999841 kg/m3 ga teng, 25°C da —0,9977047 kg/m3, 4°C da esa 0,999973 kg/m3 ni tashkil qiladi. Shuning uchun ham qish faslida suv havzalaming ustki qavatlari +4°C gacha

9 — A trof-m uhit kim yosi 129



sovib og‘irlashadi va pastga tushadi, tepaga esa yengil hamda issiqroq qavatlari ko‘tariladi. Suv havzaning hammasi +4°C gacha sovuganda suvning faqat ustki qavatlari muzlaydi va ular yengil bolgani uchun suv yuzasida qolaveradi. Muz suvdan yengil bo‘lgan!igi sababli, suv havzasining yuzasida suzib yuradi. Muz va uning ustidagi qor qatlami suv havzaning muzlab qolishdan saqlab turadi, chunki muz bilan qoming issiqlik o‘tkazish ko‘rsatkichi juda past. Masalan, qor qatla-mining issiqlik o'tkazish ko‘rsatkichi zichligi 0,1 g/sm 3 bolganda sherst matosining issiqlik o‘tkazishiga teng bo‘lib, 0 ,2 g/sm 3 zichligida esa qog‘ozning issiqlik o‘tkazish ko‘rsatkichi bilan bir xil bo'ladi. Suvning bu xususiyatlari qish faslida suv havzalarida hayot saqlanib turishiga imkon yaratadi.
Suvning issiqlik sig‘imi ko‘rsatkichi boshqa barcha qattiq va suyuq moddalarga nisbatan, vodorod bilan suyuq ammiakdan tashqari, eng yuqoridir. Masalan, 273K da Cp=75,3 j/'(mol-K) ni tashkil qiladi. Suvning issiqlik sig‘imi katta bo‘lganligi uchun Dunyo okeani temperaturaning siljishlarini kamaytirib turadi va ekvatordan qutbgacha temperaturamng farqi atigi 30° С ni tashkil qiladi.
Suvning suyulish issiqligi ko'rsatkichi 273K da H=6,012 kJ/mol ga teng bo‘lib, bu boshqa qattiq va suyuq moddalarga nisbatan, vodorod bilan suyuq ammiakdan tashqari eng yuqoridir. Suvning shu xususiyati sababli Yerda fasldan faslga o ‘tish jarayoni asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Bahor bilan kuz fasllarini suvning bir fazadan ikkinchi fazaga o ‘tish davri deb tassavur qilsa bo‘ladi. Suv 0°C gacha tez isib, tez sovish xususiyatiga ega bo‘lsada, lekin suv, qor va muzni boshqa agregat liolatiga o‘tkazish uchun juda katta miqdorda energiya sarflanishi talab qilinadi. Shuning uchun bunday fasldan faslga o‘tish davri ma’lum vaqtga cho‘ziladi va asta-sekin o‘tadi. Shuni aytib o ‘tish kerak-ki, masalan, 1 m3 suvning muzlashida 10 kg ko‘mimi yoqishdan hosil bo‘lgan issiqlikka teng bo'lgan issiqlik ajralib chiqadi.
Suvning bug‘lanish issiqligi 373K da H=40,683 kJ/mol ga teng, ya’ni juda yuqori boigani uchun Yerga kelib tushayotgan quyosh energiyasining ko‘p qismi suvni bug‘lantirishga sarflanadi va yer yuzasi qizib ketmaydi. Atmosferada suv bug‘lari konden-satsiyalanib, energiya ajralib chiqadi va u atmosfera komponent-larining kinetik energiyasiga aylanib, qattiq shamollarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Download 5,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish