Titrlash yо‘li bilan aniqlanadigan konsentratsiya turlari va ularni xisoblash formulalari
Ekvivalent nuqtagacha sarflangan ishchi va aniqlanayotgan eritmalarning xajmlari va ishchi eritmaning normal konsentratsiyasiga asoslanib, ekvivalentlik qonuniga binoan o’rganilayotgan moddaning eritmadagi normal konsentratsiyasi aniqlanadi. Ekvivalentlik qonuniga binoan teng normallik eritmalar teng xajmlar bilan reaksiyaga kirishadi, ya’ni normalliklar nisbati xajmlar nisbatiga teskari proporsionaldir:
Shu yerdan mol/l
Xajmlar о‘lchash yо‘li bilan eritmalarning titri ham aniqlanishi mumkin. Buning uchun avvaliga eritmaning normalligi xisoblanib, keyin esa uning asosida titri xisoblanadi:
Titr eritmaning 1 millilitrida erigan moddaning grammdagi miqdorini bildiradi. Agar eritmaning titrlash uchun olingan xajmidagi erigan moddaning gramm miqdorini aniqlash kerak bo’lsa, uni tо‘g‘ridan tо‘g‘ri quyidagi formula orqali xisoblab topish mumkin bо‘ladi:
yoki q = TV; g
Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar miqdori va berilgan va olingan elektronlar o’rtasida bog’liqlik mavjud bo’lib, u oksidlovchi va qaytaruvchi moddaning ekvivalenti bilan ifodalanadi. Oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalenti deb bitta elektronga to’g’ri keladigan miqdoriga aytiladi. Buning uchun oksidlovchi va qaytaruvchining molecular massasi olingan va berilgan elektronlar soniga bo’linadi:
Oksidimetriya usullarining tibbiy biologik ahamiyati
Oksidimetriya usuli fermentativ va boshqa biokimyoviy jarayonlarining mexanizmlarini o’rganishda, tabiatni ifloslantiruvchi zaxarli moddalar (ko’rgoshin, mishyak va ularning organik birikmalari) miqdorini aniqlashda, dori-darmonlar tarkibidagi yoki odam a’zolarida bo’lgan moddalar miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Masalan, permanganatometriya usuli tabobat amaliyotida siydik tarkibidagi kislota miqdorini aniqlashda, qondagi qand miqdorini va qon zardobidagi kalsiy ionini miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Kalsiy ionini aniqlash uchun tekshirilayotgan qonga konsentratsiyasi aniq bo‘lgan oksalat kislota eritmasidan ortiqcha qo‘shiladi. Oksalat kislotaning bir qismi kalsiy ioni bilan ta’sirlashib, ortib qolgan qismi esa konsentratsiyasi aniq bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi. Permangantometriya usuli klinik lobaratoriyalarda, ichimlik va ko‘lmak suvlarning tarkibini aniqlashda ham ishlatiladi.
3-tajriba. Permanganatometriya usulida Mor tuzi tarkibidagi Fe2+ miqdorini aniqlash.
Mor tuzi tarkibidagi Fe2+ miqdorini aniqlash Fe2+ ionining Fe3+ ionigacha oksidlanishiga asoslangan:
2KMnO4 + l0(NH4)2SO4 . FeS04+ 8H2S04 =
= K2S04 +2MnSO4+10(NH4)2SO4+ 5Fe2(S04)3+ 8H2O
Tajribani bajarish uchun titrlash kolbasiga pipetka yordamida 10 ml Mor tuzi (NH4)2SO4·FeS04.6H2O eritmasidan solib, unga barobar hajmda 2 molyarlik H2S04 eritmasidan qo'shiladi. Buretka konsentratsiyasi ma'lum bo'lgan KMnO4 (0,0196 mol/l) eritmasi bilan to'ldiriladi. Titrlash xona haroratida och pushti rang hosil bo'lguncha davom ettiriladi. Tajriba 3 marta takrorlanadi va KMn04 ning o'rtacha arifmetik qiymati topiladi. Mor tuzi tarkibidagi Fe2+ ni aniqlashda темир Mor tuzi tarkibida FeSO4 holida bo'ladi deb olish kerak va shu asosda FeSO4 ning molyar ekvivalent konsentratsiyasi va titri aniqlanadi.
Tekshiriluvchi eritmani tayorlashda 0,3456 g Mor tuzi 50 ml suvda eritib tayyorlangan desak, shu 50 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi Fe2+ ning massasi quyidagicha topiladi:
Mor tuzining 0,3456 grammini 100 % deb qabul qilsak, topilgan Fe2+ ning ulushini quyidagi proporsiyadan topamiz:
0,3456 g - 100%
mFe2+ g - X%
Eksperimental natijalar jadvalga yoziladi:
-
Tajriba №
|
VMor tuzi
ml
|
VH2SO4
ml
|
V KMnO4
ml
|
NFeSO4
mol/l
|
T Fe2+
g/ml
|
P Fe2+ (%)
|
1
|
10
|
10
|
|
|
|
|
2
|
10
|
10
|
|
|
|
|
3
|
10
|
10
|
|
|
|
|
O`rtacha
|
10
|
10
|
|
|
|
|
4-tajriba. Permanganatometriya usulida H202 miqdorini aniqlash.
Vodorod peroksid tibbiyot amaliyotida dezinfeksiyalovchi va oksidlovchi modda sifatida ishlatiladi. Vodorod peroksidning 3% li eritmasi dorixonalarda sotiladi. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash uchun sotiladigan vodorod peroksidning eritmasidan 1 ml olib, I Of) ml gacha suyultiriladi. Tayyorlangan eritmadan titrlash kolbasiga pipetka yordamida 10 ml olib, unga probirka yordamida 2 ml (1:4 bo'lgan) sulfat kislota eritmasidan qo'shiladi. Buretkaga KMnO4 eritmasidan quyiladi va vodorod peroksid eritmasi KMn04 eritmasi bilan pushti rang hosil bo'lguncha titrlanadi. Vodorod peroksid bilan KMn04 o`rtasidagi reaksiya kislotali sharoitda quiyidagicha boradi:
2KMnO4+ 5H2O2+3H2SO4=2MnSO4+ 5O2 ↑+K2SO4+ 8H20
Titrlash 3 marta takrorlanadi, hisobiashda VKMnO4 ning o'rtacha arifmetiik qiymatidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |