S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik
5.Тиббий киме дарслик
2-tajriba. Atsidimetriya usuli bilan suvli eritmadagi ammiak miqdorini atsidimetriya usulida aniqlash. Ammiakning suvli eritmasi kuchsiz ishqoriy muhitga ega: NH3+H2O = NH4OH Shunga asoslanib, ammiak miqdori kuchli kislota bilan titrlash yo'li bilan aniqlanadi: NH4OH + HCl = NH4Cl+ H2O NH4OH + H++Cl- = NH4+ + Cl- + H2O NH4OH + H+= NH4+ + H2O Reaksiya natijasida hosil bo'lgan tuz gidrolizga uchraydi, gidroliz natijasida muhit kislotali (pH<7) bo'ladi, indikator sifatida o'z rangini pH = 3,1-4,4 oraliq qiymatida o'zgartiradigan metiloranjni olish mumkin. Tajribani bajarish uchun buretkani xlorid kislotaning ishchi eritmasi bilan to'ldirib, "nol" nuqtagacha keltiriladi. Keyin tekshirilayotgan ammiak eritmasidan titrlash kolbasiga pipetka yordamida 10 ml olinadi. Eritmaning ustiga 2-3 tomchi metiloranj indikatoridan qo'shiladi. Hosil bo'lgan sariq rangli eritma xlorid kislotaning ishchi eritmasi bilan zarg`aldoq (qizg'ish sariq) rangga o’tguncha titrlanadi. Titrlashni 3 marta takrorlab HCl ishchi eritmasinig titrlash uchun ketgan hajmini o'rtacha arifmetik qiymati bo'yicha ammiakning grammdagi miqdori m, molyar ekvivalent konsentratsiyasi CN va titri T hisoblanadi. Olingan natijalar jadvalga yoziladi.
Nazorat savollari: Titrimetrik tahlil nimani o’rganadi? Titrlash deb nimaga aytiladi? Ekvivalent nuqta deb nimaga aytiladi? Ishchi eritmaga ta’rif bering. Indikatorlar va indikatorlarning o’tish oralig’i deb nimaga aytiladi? Kislota-asosli indikatorlarga ta’rif bering va ularni nomlang. Alkalimetriya va atsidimetriyaga ta’rif bering. Neytrallash usuli bilan qanday moddalar konsentratsiyasini aniqlash mumkin? Titrlash yo’li bilan aniqlanadigan konsentratsiyalarni nomlang. Ekvivalentlar qonunini ta’rifini bering. Mashg‘ulot № 6 Oksidimetriya usuli. Permanganatometriya Oksidimetriya usuli – bu hajmiy titrimetrik tahlilning bir usuli bo‘lib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslanadi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb element atomlarining oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalarga aytiladi. Elementning oksidlanish darajasi – bu uning, molekuladagi barcha bog‘lar ionli degan tahmindagi, shartli zaryadi. Agar molekulada markaziy atom eng yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa, modda (HNO3, H2SO4, KMnO4, HClO4, K2Cr2O7 va b.) faqat oksidlovchi, agar eng quyi oksidlanish darajasida bo‘lsa, modda (H2S, NH3, Me, MeH, Hal- va b.) faqat qaytaruvchi, oraliq oksidlanish darajasida bo‘lsa – modda (H2O2, HNO2, H2SO3, KClO3 va b.) ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi bo‘ladi. Oksidlanish jarayonida atom elektron beradi, qaytarilish jarayonida esa atom elektronni oladi. Elementning oksidlanish darajasini aniqlashda oksidlanish darajasi o‘zgarmas bo‘lgan elementlarning oksidlanish darajasiga va molekuladagi oksidlanish darajalarining yig‘indisi nolga teng bo‘lishi kerakliga asoslaniladi. Agar bir element oksidlansa, ikkinchisi albatta qaytarilishi zarur. Qabul qilingan elektronlar soni berilgan elektronlar soniga teng bo‘lib, elektron balansi bo‘lishi shart. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining natijasi muxitni ng kislota-asosligiga bog‘liqdir. Masalan, KMnO4 kislotali muhitda Mn+2 (rangsiz) gacha qaytariladi, neytral muhitda MnO2 (qo‘ng‘ir) gacha, ishqoriy muhitda Mn+6 (yashil) gacha o‘zgaradi. Ishchi eritmaning turiga ko‘ra oksidimetriya permanganatometriya, xlorometriya, yodometriya turlariga bo‘linadi. Permanganatometriyada ekvivalent nuqtadan keyin 1 tomchi ortiqcha ishchi eritma quyilishi aniqlanayotgan eritmani binafsha rangga bo‘yaydi. Bu jarayonda KMnO4 o‘zi indikator vazifasini bajaradi. Tahlil qilinayotgan eritmaning tabiatiga ko‘ra to‘g‘ri va teskari titrlash turlari ajratiladi. To‘g‘ri titrlashda oksidlovchining ishchi eritmasi ekvivalent nuqtagacha sekin-asta aniqlanayotgan eritma ustiga quyiladi. Masalan, KMnO4 eritmasi yordamida Mor tuzi tarkibidagi temir miqdorini aniqlash mumkin. Beqaror va uchuvchan moddalar konsentratsiyasini aniqlashda teskari titrlash ishlatiladi. Buning uchun ikkita ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi ishchi eritmasi ishlatiladi. Download 8,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |