S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni



Download 5,33 Mb.
bet31/90
Sana17.07.2022
Hajmi5,33 Mb.
#810821
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Bog'liq
4d3666e3d7b078debe65350c7f983ca9 Учебно-методический комплекс по курсу «Электричество и магнетизм»

4.6. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
Termodinamikaning birinchi qonuni tabiatda yuz beradigan jarayonlarning yo’nalishi haqida ko’rsatma bermaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni haqiqiy hosil bo’layotgan jarayonlarning yo’nalishi haqida ko’rsatma berishga imkoniyat yaratadi. Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarini birgalikda qo’llab termodinamik muvozanat holatda jismlarning makroskopik parametrlari o’rtasida juda ko’p miqdoriy munosabatlarni o’rnatish mumkin.
Termodinamikaning ikkinchi qonunining asoschisi fransuz fizigi va injeneri Saadi Karno hisoblanadi. U issiqlikning ishga aylanish sharoitini tadqiq qilgan. Ikkinchi qonunning matematik ifodasini va aniq ta’rifini Karno sikli deb ataluvchi jarayondan olish mumkin.
Aylanma jarayon yoki sikl deb shunday jarayonga aytiladiki, tizim bir qancha o’zgaishlardan so’ng yana o’zining dastlabki holatiga qaytadi. Grafik jihatdan u yopiq egri chiziq bilan tasvirlanadi. Aylanma jarayonda bajarilgan ish 1-2 va 2-1 sohalarda bajarilgan ishlarning yig’indisiga teng bo’ladi, sikl vaqtida bajarilgan ish esa yopiq egri chiziq bilan chegaralangan shtrixlangan yuza bilan ifodalanadi.
Agar tizim holatini ifodalovchi nuqta soat strelkasi yo’nalishida harakatlanib sikl hosil qilsa, u holda tizimning ishi musbat. Agar sikl soat strelkasi yo’nalishiga teskari ravishda hosil qilinsa ish manfiy bo’ladi. Agar sikl natijasida biror A ish bajarilsa, davriy ravishda siklni takrorlaydigan tizimga mashina deb ataladi. Ideal issiqlik mashinasining bajargan ishini nazariy jihatdan qaraymiz. Issiqlik mashinasi uchta elementdan iborat – isitkich, ishchi jism va sovutkich. Bunday tizim davriy ravishda ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan iborat qaytar sikl hosil qiladi.
Gaz 1 holatdan 2 holatga izotermik ravishda kengayayotgan bo’lsin. Bu vaqtda gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi va gaz tomonidan isitkichdan olingan Q issiqlik miqdori A12 ga teng bo’ladi. Jarayon izotermik bo’lgani sababli A12 ish
(255)
formuladan aniqlanadi.
2-3 sohada gaz adiabatik kengayadi. Bu holda ish A23 quyidagicha bo’ladi:


(256)
3-4 sohada u izotermik ravishda siqiladi, bu holda bajarilgan ish A34 esa quyidagicha aniqlanadi:
(257)
4-1 sohada gaz adiabatik siqiladi va dastlabki 1-holatiga qaytadi. Bu vaqtda ish A41 ga teng.
(258)
Butun sikl davomida bajarilgan ish yuqorida ko’rsatilgan ishlarning yig’indisidan iborat:
(259)
(260)
yoki (261) bu yerda A-butun sikl davomida bajarilgan yig’indi ish va u son jihatdan sikl grafigi bilan chegaralangan 1-2-3-4 yuzaga teng.
Sikl soat strelkasi yo’nalishida olib borilgani uchun bu ish musbat qiymatga ega bo’ladi. Shunday qilib, sikl davomida gaz isitkichdan Q1 issiqlik miqdorini olib va uning bir qismi Q2 issiqlik miqdorini sovutkichga uzatib tashqi ish bajaradi:
A = Ql-Q2 (262)
Q2 issiqlik miqdorini sovutkichga uzatish ish bajarishning zaruriy sharti hisoblanadi. Isitkichdan olingan issiqlik miqdorining hammasini ishga aylantiradigan mexanizm bo’lishi mumkin emas, bu issiqlik miqdorining bir qismi albatta sovutkichga uzatilishi shart. Bu termodinamika ikkinchi bosh qonunining ta’rifidan iborat, (262) tenglama esa uning matematik ifodasidir.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish