S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/443
Sana26.01.2022
Hajmi7,8 Mb.
#410875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443
Bog'liq
2 5379724499933463631

Nazorat savollari:
1.  Milliy xavfsizlik tushunchasi nima?
2.  Milliy  xavfsizlikni  shartli  ravishda  tashkil  etuvchilarini 
sanab o‘ting.
3-.  Ma’naviy xavfsizlikning oqibatlarini tushuntirib bering.
4.  Xalqaro xavfsizligini jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘mi?
5.  Axborot xavfsizligining mohiyati nima?
1.2. Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va
darajalari
Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  muntazam  va  kompleks 
xarakterga  ega  ko‘p  qirrali  faoliyatni  amalga  oshirishni  ko‘zda 
tutadi.  Uni  amalga  oshirishda  axborot  xavfsizligidan  manfaatdor 
taraflar oldiga  qo‘yiladigan vazifalarga  alohida e’tibor berish zarur. 
Ushbu 
turli-tuman
  vazifalami  bir necha quyidagi  asosiy guruhlarga 
ajratish mumkin:
1) 
axborotdan  foydalnishni  ta ’minlash,
  ya’ni  maqbul  vaqt 
mobaynida  axborot  xizmatini  olish  hamda  axborotni  olishda 
ruxsatsiz taqiqlashni bartaraf etish;
2) 
axborot yaxlitliligini  ta ’minlash,
  ya’ni  axborotning  ruxsat­
siz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini bartaraf etish;
3) 
axborot  konfidensialligini  ta ’minlash,
  ya’ni  axborotdan 
ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.
Odatda,  bir-biridan  axborot  xavfsizligining  huquqiy,  texnik, 
moliyaviy,  tashkiliy va boshqa resursli  ta’minoti  bilan  farqlanuvchi 
axborot  xavfsizligi  subyektlarining  quyidagi  to‘rtta  kategoriyasi 
ajratiladi:
-  butun bir davlat;
-  davlat tashkilotlari;
-  tijorat tuzilmalari;
-  alohida fuqarolar.
Yuqorida  keltirilgan  axborot  xavfsizligini  ta’minlashdagi 
asosiy  vazifalar  qamrab  olgan  quyidagi  keng  spektrli  masalalami 
ko‘rib chiqish joiz hisoblanadi:
-  konfxdensiallik;
9


-  yaxlitlik;
-  identifikatsiya;
-  autentifikatsiya;
-  vakolat berish;
-  foydalanishni nazoratlash;
-  mulklik huquqi;
-  sertifikatsiya;
-  imzo;
-  voz kechmaslik;
-  sanasini yozish;
-  olganligiga tilxat berish;
-  bekor qilish;
-  anonimlik.
Axborotning  konfidensialligi  -
  himoyaning  eng  kerakli 
vazifalaridan bin. Har bir insonda yoki tashkilotda shunday hujjatlar 
borki,  ulaming  jamoa  mulkiga  aylanmasligi  ta’minlanishi  shart. 
Bunday  hujjatlami  saqlashda  qog‘oz,  fotoplyonka  ishlatilsa,  konfi- 
densiallik  ma’muriy  usullar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Ammo 
axborot  kompyuterda  ishlanib,  ochiq  aloqa  kanali  orqali  uzatilsa, 
ma’muriy  usullar  ojizlik  qiladi  va  yordamga  axborot  xavfsizligini 
ta’minlash  usullari  keladi.  Konfidensiallikni  ta’minlash  masalasiga 
binoan  ma’lumotlar  shunday  ko‘rinishda  uzatiladiki,  hatto  niyati 
buzuq  eltuvchidan  yoki  uzatish  muhitidan  foydalana  olganida  ham 
himoyalangan ma’lumotlami ololmaydi.
Axborotning yaxlitligi.
  Ma’lumotlar,  ishlanishi va  aloqa kanali 
bo‘yicha  uzatilishi  jarayonida,  tasodifan  yoki  atayin  buzilishi 
mumkin.  Axborot  eltuvchida  saqlanadigan  joyidayoq  buzilishi 
mumkin.  Yaxlitlikni ta’minlashga (yaxlitlikni nazoratlashga) binoan 
ma’lumotlar  saqlanishi  va  uzatilishi  jarayonida  modifikatsiya- 
lanmaganligini  tasdiqlash  yoki  ma’lumotlar  buzilganligini  aniqlash 
talab  etiladi.  Boshqacha  aytganda,  ma’lumotlaming  har  qanday 
o‘zgarishi sezilmasdan qolmasligi zarur.
Identifikatsiya
  foydalanuvchini  qandaydir  noyob  identifikator 
bilan  aynanligini  tasdiqlash  uchun  kerak.  Undan  so‘ng  identi- 
fikatorga  yuklangan  barcha  harakatlarga  ushbu  identifikator 
biriktirilgan foydalanuvchi javobgar hisoblanadi.
10



Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish