Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari — mustaqil yoki boshqa tizimlar tarkibida ishlovchi va axborot xavf- sizligini ta’minlash uchun uni kriptografik o‘zgartirilishini ta’min- lovchi ma’lumotlarni ishlash tizimining dasturiy va texnik ele- mentlari majmui. Quyida ushbu dasturiy vositalarga taalluqli xorijiy va mamlakatimiz kompaniyalarining mahsulotlari keltirilgan.
M-506A-XP - MS Windows 2000/XP/2003'7 operatsion tizim boshqaruvida ishlovchi lokal hisoblash tarmoqlarida axborotni hi- moyalashga mo‘ljallangan dasturiy-apparat kompleks. M-506A-XP ikkita asosiy masalani hal etadi: axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalaydi va Rossiya standarti GOST28147-89ga muvofiq, amal- ga oshirilgan ma’lumotlarni kriptografik himoyalashm bajaradi.
Kriptoprovayder KriptoPrоCSP 3.6 - axborotni kriptografik himoyalashning sertifikatsiyalangan vositasi bo‘lib, ikkita asosiy masalani hal etadi: standart va hamma joyda ishlatiluvchi Microsoft firmasining ishonchli Rossiya kriptografiyasili ilovalardan foydalanish imkoniyati (korporativ foydalanuvchilar uchun) va Microsoft firmasi mahsulotlaridan foydalangan holda yangi, ishonchli himoya- langan ilovalami yaratish imkoniyati (tizimli integratorlar uchun).
Axborotni himoyalash tizimining Secret Disk oilasi shaxsiy kompyuterdan muayyan foydalanuvchilar uchun himoyalangan axborot eltuvchilarini virtual mantiqiy disklarini tashkil etish yo‘li bilan axborotni himoyalashga imkon beradi. Foydalanuvchilar uchun ma’lumotlami shifrlash “shaffof’ rejimida amalga oshiriladi, ya’ni axborot yozilishida avtomatik tarzda shifrlanadi, o‘qishda deshifrov- ka qilinadi.
Blok xost - ERI - sertifikatsiyalangan kriptoProCSPdan foydalangan holda MS Windows platformasidagi shifrlash va elektron raqamli imzoni yaratish tizimi. MS Windows operatsion tizimiga o‘rnatilgan boshqa kriptoprovayderlar bilan ham ishlash madad- lanadi.
KriptoARM - kriptografik vositalar bilan ishlashning qulayligi- ni ta’minlovchi universal dasturiy ta’minot. KriptoARM axborotni ishonchli himoyalashga va Internet tarmog‘i bo'yicha uzatiladigan va turli xil eltuvchilardagi (disketlardagi, flesh kartalardagi, token- lardagi) elektron malumotlarning muallifligini kafolatlashga mo‘l- jallangan.
HIMFAYL - fayllami himoyalangan saqlash tizimi shaxsiy kompyuterda yoki axborotni tashqi disk eltuvchilarida saqlanuvchi papkalar va fayllarning maxfiyligini (konfidensialligini), yaxlitligini ta’minlash va ulami ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash uchun mo‘Ijallangan.
E-X4T - himoyalangan elektron pochta tizimi foydalanuv- chilari orasida elektron xabarlami himoyalangan almashishini tash- kil etishga moMjallangan. Ushbu tizim axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan va axborotni kriptografik himoyalash sohasi- dagi davlat standard asosidagi elektron raqamli imzo (milliy krip- toprovayder) vositalaridan foydalanadi. E-XAT tizimi uyda ishlash uchun uchta tilni madadlaydi: o'zbek (lotin va kirillitsa), rus (kiril- litsa) va ingliz (lotin).