Himoyalashning ma’muriy choralari
Operatsion tizimni himoyalashning dasturiy-apparat vositalari himoyaning ma’muriy choralari bilan toTdirilishi shart. Ma’mur to- monidan doimiy malakali madadsiz hatto ishonchli dasturiy-apparat himoya ham buzilishi mumkin.
Himoyaning asosiy ma’muriy choralari quyidagilar:
Operatsion tizimning, ayniqsa uning himoyalash qismtizimining to‘g‘ri ishlashini doimiy nazoratlash. Agar operatsion tizim eng muhim hodisalaming maxsus jurnalda avtomatik tarzda qayd etilishini madadlasa, bunday nazoratni tashkil etish qulay hisoblanadi.
Xavfsizlikning acdekmt siyosatini tashkil etish va madad- lash. Operatsion tizimda qabul qilingan xavfsizlik siyosatining adekvat bo’lmasligi, niyati buzuq shaxsning tizim resurslaridan rux- satsiz foydalanishiga va operatsion tizimning ishonchli ishlashini pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Operatsion tizim xavfsizligi siyosati niyati buzuqning operatsion tizim xavfsizligini yengishga urinishiga hamda ОТ konfiguratsiyasining o‘zgarishiga, tatbiqiy dasturlarining oTnatilishiga va yo‘qotilishiga operativ tarzda reak- siya bildirib, operatsion tizimga doimo tuzatish kiritishi lozim.
227
Foydalanuvchilarni operatsion tizim bilan ishlaganda xavf- sizlik choralanga rioya qilishlari lozimligini uqrirish va ushbu choralarga rioya qilinishini nazoratlash.
Operatsion tizim dasturlari va ma’lumotlarining rezerv nusxalarini muntazam tarzda yaratish va yangilash.
Operatsion tizimning konfignratsion ma’lumotlaridagi va xavfsizlik siyosatidagi о ‘zgatishlami doimo nazoratlash. Ushbu o‘z- garishlar xususidagi axborotni operatsion tizim xavfsizligini yeng- gan niyati buzuq shaxsga o‘zining ruxsatsiz harakatlarini niqoblash- ga qiyinchilik tug‘dirish uchun noelektron axborot eltuvchilarida saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, muayyan operatsion tizimda axborotni himoyalashning yana boshqa ma’muriy choralari talab etilishi mumkin.
Nazorat savollari:
Himoyalangan operatsion tizim tushunchasi.
Himoyalangan operatsion tizimni yaratishdagi yondashish- lami tushuntirib bering.
Himoyalashning ma’muriy choralari nimalarni o‘z ichiga oladi?
Operatsion tizimni himoyalash qismtiziniining arxitekturasi
Operatsion tizimni himoyalash qismtizimining asosiy funk- siyalari Operatsion tizimni himoyalash qismtizimi quyidagi asosiy funksiyalami bajaradi:
rdentifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya. Himoyalangan operatsion tizimda har qanday foydalanuvchi (foydalanuvchi sub- yekt) tizim bilan ishlashdan oldin identifikatsiyani, autentifikatsiya- ni va avtorizatsiyani o‘tishi lozim. Foydalanuvchi subyektning iden- tifikatsiyasiga binoan subyekt operatsion tizimga o‘zi xususidagi identif'ikatsiyalovchi axborotni (ismi, hisob raqami va h.) bildiradi va shu tariqa o‘zini identifikatsiyalaydi. Foydalanuvchi subyektning autentifikatsiyasiga binoan, subyekt operatsion tizimga identifikat- siyalovchi axborotdan tashqari uning haqiqatdan ham foydalanuvchi
228
subyekt ekanligini tasdiqlovchi autentifikatsiyalovchi axborotni taqdim etadi. Foydalanuvchi subyektning avtorizatsiyasi muvaffaqi- yatli identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash muolajalaridan so‘ng amalga oshirilada. Subyektni avtorizatsiyalashda operatsion tizim subyektning tizimda ishlashini boshlanishiga zarur harakatlami bajaradi. Subyektni avtorizatsiyalash muolajasi operatsion tizimni himoyalash qismtizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli emas. Avtori- zatsiya jarayonida identifikatsiyalangan va autentifikatsiyalangan foydalanuvchi subyektning tizimda ishlashini tashkil etish bilan bog‘liq texnik masalalar yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |