darajalari
Axborot xavfsizligini ta’minlash muntazam va kompleks xarakterga ega ko‘p qirrali faoliyatni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Uni amalga oshirishda axborot xavfsizligidan manfaatdor taraflar oldiga qo’yiladigan vazifalarga alohida e’tibor berish zarur. Ushbu turli-tuman vazifalarni bir necha quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
axborotdan foydalnishni ta’minlash, ya’ni maqbul vaqt mobaynida axborot xizmatini olish hamda axborotni olishda ruxsatsiz taqiqlashni bartaraf etish;
axborot yaxlitliligini ta'minlash, ya’ni axborotning ruxsatsiz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini bartaraf etish;
axborot konfidensialligini ta ’minlash, ya’ni axborotdan ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.
Odatda, bir-biridan axborot xavfsizligining huquqiy, texnik, moliyaviy, tashkiliy va boshqa resursli ta’minoti bilan farqlanuvchi axborot xavfsizligi subyektlarining quyidagi to’rtta kategoriyasi ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy vazifalar qamrab olgan quyidagi keng spektrli masalalarni ko‘rib chiqish joiz hisoblanadi:
konfidensiallik;
yaxlitlik;
identifikatsiya;
autentifikatsiya;
vakolat berish;
foydalanishni nazoratlash;
mulklik huquqi;
sertifikatsiya;
imzo;
voz kechmaslik;
sanasini yozish;
olganligiga tilxat berish,
bekor qilish;
anonimlik.
Axborotning konfidensialligi - himoyaning eng kerakli vazifalaridan biri. Har bir insonda yoki tashkilotda shunday hujjatlar borki, ulaming jamoa mulkiga aylanmasligi ta’minlanishi shart. Bun day hujjatlarni saqlashda qog‘oz, fotoplyonka ishlatilsa. konfi- densiallik ma’muriy usullar yordamida amalga oshiriladi. Ammo axborot kompyuterda ishlanib, ochiq aloqa kanali orqali uzatilsa, ma’muriy usullar ojizlik qiladi va yordamga axborot xavfsizligini ta’minlash usullari keladi. Konfidensiallikni ta’minlash masalasiga binoan ma’lumotlar shunday ko‘rinishda uzatiladiki, hatto niyati buzuq eltuvchidan yoki uzatish muhitidan foydalana olganida ham himoyalangan ma’lumotlami ololmaydi.
Axborotning yaxlitligi. Ma’lumotlar, ishlanishi va aloqa kanali bo‘yicha uzatilishi jarayonida, tasodifan yoki atayin buzilishi mumkin. Axborot eltuvchida saqlanadigan joyidayoq buzilishi mumkin. Yaxlitlikni ta’minlashga (yaxlitlikni nazoratlashga) binoan ma’lumotlar saqlanishi va uzatilishi jarayonida modifikatsiya- lanmaganligini tasdiqlash yoki ma’luniotlar buzilganligini aniqlash talab etiladi. Boshqacha aytganda, ma’lumotlarning har qanday o‘zgarishi sezilmasdan qolmasligi zarur.
Identifikatsiya foydalanuvchini qandaydir noyob identifikator bilan aynanligini tasdiqlash uchun kerak. Undan so‘ng identi- fikatorga yuklangan barcha harakatlarga ushbu identifikator biriktirilgan foydalanuvchi javobgar hisoblanadi.
Atiteniifikatsiya identifikatsiyaga zaruriy qo‘shimcha hisob- lanadi va identifikatorni taqdim etgan foydalanuvchining haqiqiy- ligini (autentligini) tasdiqlashga mo'ljallangan. Anonim bo‘lmagan foydalanuvchi autentifikatsivadan muvaffaqiyatli o‘tgandagina ish- lash ltnkoniyatiga ega bo4ishi shart.
Vakolat betishga binoan birorta ham foydalanuvchi auten- tifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tmagunicha tizimdan foydalan- masligi va birorta ham foydalanuvchi, agar u maxsus ruxsatnoma bilan vakolatga ega bo'lmasa, msurslardan foydalanmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |