BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGITUSHUNCHASI VA IN INC VAZIFALARl
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi
Hozirda 29-avgust 1997-yili qabul qilingan “0‘zbekiston Res- publikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘- risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib, milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
0‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda 0‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hoki- miyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tasbkil etuvchilarini koTsatish mumkin:
iqtisodiy xavfsizlik;
ichki siyosiy xavfsizlik;
ijtimoiy xavfsizlik;
ma’naviy xavfsizlik;
xalqaro xavfsizlik;
axborot xavfsizligi;
harbiy xavfsizlik;
chegaraviy xavfsizlik;
ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy xavfsizlik - shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy xavfsizlikka binoan xalq o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini tashqaridan aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Ichki siyosiy xavfsizlik - hokimiyat institutlarining barqarorligi va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’mmlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institatlarning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan siyosiy muno- sabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning omma- viy tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik bo'lmaydi. Fuqarolarning siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy nvojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijiimoiy xavfsizlik - shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Ijtimoiy xavfsizlikning obyekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomo- nidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini ta'minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy rivojlanish strategiyasi, ularning uzoqligiga, kambag‘allik dara- jasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va sog’liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning umumiy darajasiga va nihoyat, demografik muammolariga ta’siri ma’lum.
Ma ’naviy xavfsizlik — bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararim hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ommaviy madamyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak boisa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlaming necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar subyektlariga
7
urush xavfi yoki suveren hayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan boshqa tajovuz xavfi boMmagan holat. BMT Nizomiga binoan, hozirda xalqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan. Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash huquqiga ega.
Axborot xavfsizligi - mamlakat madaniy mulkining. xo‘jalik subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati.
Harbiy xavfsizlik - harbiy sivosat 0‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Harbiy doktrina - O‘zbekiston Respublikasining harbiy xavfsiz- ligining harbiy-siyosiy, harbiy-strategik va harbiy-iqtisodiy asosla- rini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. Harbiy doktrinaning hu- quqiy asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar hamda harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. 0‘zbekiston Respublikasining harbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
CJiegaraviy xavfsizlik - 0‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va chegara oldi hududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘- langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi va chegara oldi hududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan.
Ekologik xavfsizlik. Sivilizatsiyaning atrof - muhitga faol ta’si- ri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydala- nilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.
Milliy xavfsizlik tushunchasi nima?
Milliy xavfsizlikni shartli ravishda tashkil etuvchilarini sanab o‘ting.
Ma’naviy xavfsizlikning oqibatlarini tushuntirib bering.
Xalqaro xavfsizligini jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni?
Axborot xavfsizligining mohiyati nima?
1.2. Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va
Do'stlaringiz bilan baham: |