1-§. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat
chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan
emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt
“keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni ham qayta ishlashga to‘g‘ri
keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi.
Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa,
ikkilamchi tosh jinslarning hajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi
materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda
ko‘miladi.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan
ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini
bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga
nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin.
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham
taaluqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki
uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza
qilishda ham samaralidir.
107
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo
materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt
alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh
shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha
kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum
(yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi
to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
YUrtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar
xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar
asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni
tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi
10-20MPa ga teng engil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin
kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak
to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish
mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir
boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi
tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli hisoblanadi.
108
2-§.
Do'stlaringiz bilan baham: |