100
bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi
(
ya’ni
g‘ovakli materialning mustahkamligi zichligiga proporsional) :
R=Ap
n
bu erda:
A
=1 (mazkur materialning parametri);
yacheykali tuzilishga ega materialning daraja ko‘rsatkichi
n
=2
ga.
Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar
(ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) engil konstruksion
betonlar olishda
ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, ya’ni tom
yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshootlari ishlab chiqariladi.
Vulqon shlaklari. Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida
uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining jo‘shib havoga otilib
chiqib, qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon shlaki asosidagi qum va chaqiq
tosh yirik toshlarni qisman maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi.
Vulqon shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan
qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki chaqiq toshining
uylma zichligi 400-850 kg/m
3
, qumniki 650-1300kg/m
3
.
Vulqon shlaki
to‘ldiruvchi sifatida turli vazifani bajaruvchi engil betonlarda ishlatiladi.
Tuflar va lava tuflari. Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib,
vulqon kullarining turli darajadagi zichlanishi va qizib birikishi natijasida yuzaga
keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon
changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va
yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh kesish
mashinalarida qayta ishlangan,
konlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi
chiqindiga aylanadi) ni maydalash va navlarga ajratishda engil betonlar
uchun
yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m
3
g‘ovak chaqiq tosh va uyilma
zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga
ega. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali strukturaga
ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat
parabola formulasi bilan baholanadi:
101
R=Ap
n
bu erda:
A
=1;
lava tuflari uchun
n
=3, tuf uchun
n
=4 va undan yuqori
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari, tuflarga nisbatan mustahkam,
lekin pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha
turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi etarli bo‘lmaydi,
bu uning
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi.
Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak
to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: