Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipi bo‘yicha jag‘li, konusli,
valkali, bolg‘ali turlarga bo‘linadi.
Jag‘li maydalagichlar Erkin tebranadigan jag‘li maydalagichlarda material ikkita jag‘ orasiga tushib
eziladi, ulardan bittasi siljimaydigan, ikkinchisi siljiydigan-tebranadigan.
Tebranadigan jag‘ harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘qga sharnir osib
qo‘yilgan va damaki-damaki siljimaydigan jag‘ga yaqinlashadi va uzoqlashadi.
Maydalanadigan material (shag‘al) ikki jag‘ orasiga yuqoridan tushadi.
Maydalangan maxsulot siljiydigan jag‘ orqaga qaytganda maydalagichdan pastga
tushadi.
Maydalangan maxsulotda parchalar maksimal yirikligi jag‘lar orasidagi
chiqish joyidagi tirqish eni bilan ifodalanadi.