S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/156
Sana27.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#412869
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   156
Bog'liq
beton toldiruvchilari texnologiyasi (1)

n
А
R



,


205 
bu yerda: 
A
=1;
n
=2 ga teng bo‘ladi. 
Nisbatan mustaxkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi 
pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yengil konstruktsion betonlar 
olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruktsiyalar, 
yahni tom yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshoatlari ishlab chiqariladi. 
Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida Armanistonda, 
Gruziya, Kamchatkada uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining 
havoda qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon shlaki asosidagi qum va shag‘al
yirik toshlarni maydalash va saralash (fraktsiyalash) natijasida olinadi. Vulqon 
shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora 
ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki shag‘alining uyilma 
zichligi 400-850 kg/m
3
, vulqon shlaki qumi esa 650-1300kg/m
3
. Vulqon shlaki 
to‘ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi. 
Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining turli 
darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda 
qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi. 
Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh 
kesish mashinalarida qayta ishlangan, karg’erlarda chiqqan sanoat chiqindilari 
(ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p xajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va 
navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 
kg/m
3
g‘ovak shag‘al va uyilma zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum 
olinadi. Tuflar donador strukturaga ega bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga 
ega bo‘lib, bahzan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining 
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi: 
n
А
R



,
bu yerda: 
n
-daraja ko‘rsatkichi; 
n
- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi; 
n
- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi; 
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari tuflarga nisbatan mustahkam va 
pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining 


206 
suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi yetarli bo‘lmaydi, bu uning 
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar 
betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi olish 
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 
2.
CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat 
g‘ovak oxaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi.
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m
3
dan kam bo‘lgan va uyilma 
zichligi 1000 kg/m
3
gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 
40-50%) 
olinadi, 
bu 
material 
QMQ 
bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchiga 
klassifikatsiyasiga mos keladi.
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh 
bo‘laklarining tsementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular 
oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. 
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m
3
ni tashkil 
etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak 
ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m
3
ni tashkil etib, bunda mustahkamlik 
chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. 
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi, 
ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 
5-15MPa ni tashkil etadi. 
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari 
mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh va 
chig‘anoqlardan tsement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va 
mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh 
va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya 
va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar olishda, 
karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli 
to‘ldiruvchilar olinadi. 
CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, 
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta 


207 
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda 
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador 
va mayda g‘ovaklikka ega. 
Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xaltsedon 
ko‘rinishda uchraydi. Ular tsement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi. SHu sababli
bu to‘ldiruvchilarning tsementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda yemirilishni
keltirib chiqaradi. 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi 
bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini 
kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish 
jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq yengil g‘ovak 
to‘ldiruvchilarning spetsifik xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish usullaridan 
foydalaniladi. 
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, 
ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari 
asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga bo‘linadi, 
yahni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha:
oddiy-30% dan ko‘p emas;
yaxshilangan – 20% gacha; 
kub shaklidagi – 15% gacha;
qirrali – 10%gacha. 
G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ 
jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish