Sanoat chiqindilaridan qurilishda foydalanish yo‘llari: 1.
Domna shlaki tsement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi shlakli tola va quyma
buyumlar olishda ishlatiladi.
2.
Asosan shlakning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Eski
chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash natijasida beton
uchun yaroqli shag‘al ishlab chiqariladi. CHiqindi omborlaridagi shlaklarning
tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas. Ularning sovish
darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va g‘ovakligi xam
turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski chiqindi omborlarini ochish va
olingan shag‘alni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza
qilishda xam samarali hisoblanadi.