S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/156
Sana27.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#412869
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156
Bog'liq
beton toldiruvchilari texnologiyasi (1)

8.Keys-stadi texnologiyasi 
“Case” so’zi, lotincha “casus”- “voqea, hodisa” so’zidan kelib chiqqandir. 
Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki 
hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys – stadi 
(aniq bir holat yoki vaziyat), muayyan jarayonida sodir bo’ladigan haqiqiy 
voqeg’likni so’zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo’ladi. Bundan 
tashqari, bu ifoda ta`lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni tadqiq etish uchun 
ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo’llaniladi. Keys-stadi hodisa yoki 
vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o’laroq, u o’quv materialini o’zlashtirish uchun 
ko’maklashuvchi axborotni o’z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni 
aniqlash va uning yechim yo’llarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan 
o’quv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu 
maqsadlar keng ko’lamli bo’lib, axborotlar, ma’lumotlar yoki tafsilotlar bilan 
ta’minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyish 
etishda qo’llanilishi mumkin. “Keys-stadi” atamasini o’qitish va tadqiq etish 
yo’nalishlarida qo’llashda turlicha yondashish zarurligini alohida qayd etish lozim.
“Keys-stadi” yordamida o’qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar 
topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Sifatli keys-stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish 
uchun ko’p vaqt talab etadi. SHu bilan birga to’g’ri tuzilgan va o’quv faniga 
kiritilgan keys-stadi, fanni o’zlashtirishda ko’zlangan natijalarga erishishga 
imkoniyat beradi. 
Ishchan keys-stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilinish 
tavsiya etiladi:

Keysni o’rganish maqsad va vazifalarini ishlab chiqish

Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash

Materiallarni birlamchi qayta ishlash va tahlil etishdan iborat. 

Keys turini aniqlash

Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash

Keys matni va unga qo’yiladigan savollarini texnik tuzish.


190 

Keys a’robatsiyasi (sinab ko’rish).
Muayyan vaziyat usuli a’robatsiyasi doirasida tahsil oluvchining keys bilan 
ishi quyidagilardan iborat: 

keys-stadini individual tahlil qilish; 

keys-stadini kichik guruhda tahlil qilish; 

keys-stadini auditoriyada pedagog bilan muhokama qilish. 
A’robatsiyada keys-stadi bilan tanishishni bir necha bosqichda o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir.
Birinchi marta butun keys-stadini juda tez o’qib chiqish kerak. Bunda o’qish 
tezligi, uni qayta aytib berish imkoniyati bilan aniqlanishi zarur. 
Keysning ikkinchi o’quvi, ancha diqqat va ehtiborli bo’lishi lozim, uning 
tezligi esa o’qilganga nisbatan anglashni amalga oshirish orqali belgilanadi. Katta 
keys-stadi uchun bu ikki soatdan to’rt soatgacha davom etishi mumkin. Keys-
stadining tahlili, aynan shu bosqichda baholanadi.
Keys-stadini uchinchi o’qishi yakuniy hisoblanadi. Buni mashg’ulotdan 
oldingi kunning kechasi bajarish yaxshidur. Keys-stadini avval boshlanishini 
o’qish, so’ng oxiridan boshlab hammasini oldinga “qaytarib” dalil va voqealarni 
kichik guruhda muhokama qilgandan keyin, qayta tekshirish va aniqlash foydadan 
xoli bo’lmaydi.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish