145
qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasini tushuntiring?
7.
Ikki zonali qaynovchi qatlam pechining ishlash sxemasini keltiring?
8.
Ikkt yoki uch qatlamli devor panellarida keramzit qo‘llashning
afzalligi nimadan iborat?
4-§. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi
Agloporit
(1-rasm) bo‘lak-bo‘lak , g‘ovakli material bo‘lib ,
gil xom
ashyoning ko‘mir bilan aralashmasidan iborat granul (donador) larni qovushishi
xom ashyo tarkibidagi ko‘mirning yonishi hisobiga sodir bo‘ladi va bir yo‘la
massasi bo‘rtadi. Agloporitni tayyorlashda nam gilli xom ashyo maydalangan
ko‘mir
bilan aralashtiriladi , donador qilinadi va aglomeratsion qurilmaga
yuboriladi. Aglomeratsiyaning davom etishi 25-45 minut. Agloporitning g‘ovakli
engil palaxsasi sovitilgandan keyin maydalanadi va bo‘lakchalarga ajratiladi.
Agloporit mayda toshining zichligi 300-1000 kg
m
3
,mustahkamligi 0,3-3
MPa. Tarkibidagi yonib ulgurmagan ko‘mir miqdori ortadi 3% dan oshmaydi, bu
esa engil betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ishlatishga qulaylik yaratadi.
7.13-rasm.Agloporit
Xomashyo materiallar
Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi.
Kuydirganda ko‘pchimaydigan
kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok
tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi –agloporit
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar
sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok,
146
supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko‘p
uchraydi, shu sababli mahalliy
xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab
sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958
yilda ishlab
chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa
yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari
yoqilg‘i
shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab
chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg‘i
aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni
yoqilg‘i bo‘yicha me’yoriga
olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i kam
bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p
bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va
ko‘mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda
ko‘mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit
tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko‘ra
Polshada ko‘mir chiqindilaridan eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish
chiqindilarining 17% va ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: