9-§. Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi
Dolomitlar va dolomitli oxaktosh O‘zbekistonda keng tarqalgan. Bu tog‘
jinslari qurilishda yirik bloklar shaklida, hamda betonlarda chaqiq tosh sifatida
ishlatiladi. Respublikamizda dolomit konlarida pardozlovchi plitalar ishlab
chiqarish massa bo‘yicha 50% sanoat chiqindilari yuzaga kelib, ularning asosiy
qismi maxsus chuqurlarga ko‘miladi.
Kuydirilgan dolomit asosida dolomit oxagi, kaustik dolomit va olovga
bardoshli material olinadi.
175
Dolomitni bog‘lovchi material sifatida qurilishda ishlatish chegaralangan.
Dolomit xomashyo material sifatida uyilma zichligi 450-500 kg/m
3
g‘ovak
to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Dolomit xomashyo asosida engil to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish, ularni
betonda qo‘llash xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.
Dehqonobod dolomiti 0,1 mm dan kichik o‘lchamli donalardan tashkil
topgan bo‘lib, mayda krisstal strukturaga ega. Makrostrukturasi birjinsli bo‘lmay,
g‘ovak tog‘ jinslari shaklida tabiatda uchraydi. Dolomit kristallari oq rangda
bo‘lib, ba’zan sariq rangda va jigar rangda bo‘ladi. Bu esa xomashyo tarkibida
metall oksidi mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Dehqonobod dolomiti konidan beshta namuna olinib, quyidagi xususiyatlari
aniqlandi:
7.6-jadval
№
Uyilma zichligi,
kg/m
3
Zichligi,
g/sm
3
Suvshimuvchanligi,
%
1
1880
2,89
8,34
2
1870
2,91
8,94
3
2030
2.88
7,97
4
1983
2.90
8,16
5
2015
2.88
8,04
Dolomit xomashyosi mineralogik tarkibi
176
7.7-jadval
№
Komponentlar
Namunalar tartib raqami
1
2
3
4
5
1
CaO
30,2
30,46
29,87
29,99
30,12
2
MgO
20,8
19,82
20,82
20,66
20,01
3
SiO
2
0,7
1,72
1,42
1,28
1,56
4
Fe
2
O
3
0,1
0,28
0,06
0,06
0,16
5
Al
2
O
3
0,85
0,52
0,40
0,33
0,54
6
SO
3
0,65
0,68
0,98
0,76
0,67
7
Na
2
O
0,22
0,24
0,31
0,8
0,28
8
K
2
O
0,1
0,15
0,18
0,12
0,16
9
P.p.p
46,30
45,58
46,33
46,60
46,28
10
Σ
99,82
99,45
99,76
99,96
99,78
Dolomit xomashyosi asosida karboporit g‘ovak to‘ldiruvchi olishda
maksimal zichlikka minimal xajmiy og‘irlikda erishish talab etiladi.
Dolomit sarfini oshishidan kuydirish jarayonida SO
2
ajralishi natijasida hajmiy
og‘irlik keskin kamayadi. Karboporit g‘ovak to‘ldiruvchisi olishda massa tarkibida
dolomit 50-60% va bentonit gili 40-50% qabul qilish istiqbolli hisoblanadi.
Pishirishni yaxshilashda xomashyo tarkibidagi dolomitni yirikligi 0,5 mm gacha,
darboza gilini 1,5 mm gacha tuyib, massa bo‘yicha miqdorlab, 17-19% namlikda
granulalar olindi.
Dolomit ishlab chiqarishda granulalar tarelka tipidagi va shnekli
granulyatorlarda qoliplanib, mufel pechida 1050, 1100, 1150 va 1200
0
S da
pishirildi.
177
Do'stlaringiz bilan baham: |