S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Keramzit ishlab chiqarish asoslari



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Keramzit ishlab chiqarish asoslari 
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: 
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish; 
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga ega 
xom granulalarni tayyorlash; 
- xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish 
natijasida tayyor mahsulot olish; 
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash; 
- g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash. 
Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli 
ekskavatorlar ishlatiladi. YUmshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, 
toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil 
saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib 
chiqiladi, g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga 
bog‘liq.
Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi mavjud: 
quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker). 
Quruq usuli
. Gilli xom ashyo tshsimon (zich quruq gilli jinslar, gilli 
slanetslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul sodda: xom ashyo maydalanadi va 
aylania pechga yo‘naltiriladi. Gilli jinslar bir tarkibli, zararli qo‘shimchalar 
bo‘lmaganda bu usulni qo‘llash samarali. Bunda, ko‘pchish koeffitsienti yuqoriligi 
bilan xususiyatlanadi. Xom ashyo uvoqlari namligi 9% dan oshmasligi kerak. 


122 
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu 
plastik usulidir.
YUmshoq gilli 
xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa 
agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli massadan 
lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar 
tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov 
berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit 
shag‘alining sifatini belgilaydi. SHu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta 
ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o‘lchami 
berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va keramzit shag‘alining talab 
etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% 
bo‘lgan granulalar to‘g‘ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma 
pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda 
va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi 
granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab 
chiqarish quruq usulga nisbatan ko‘proq sarmoya va energiya sarfini talab etadi. 
Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va 
qo‘shimchalar kiritilishi uning ko‘pchish koeffitsientini oshishiga olib keladi.
Kukun-plastik usuli
plastik usulidan farqi shundaki, daslab quruq gilli xom 
ashyoni tuyib kukun olinadi, so‘ng bu kukundan suv qo‘shib plastik gilli massa 
tayyorlanib, yuqorida qayd etilgan usulda, undan granulalar shakllanadi. Quyidagi 
bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: agar 
xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa, u holda uni kukun holatida 
aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u 
holda to‘yish vaqtida kiritilgan qo‘shimcha bir tekis taqsimlanadi; agar 
xomashyoda xavfli qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, 
unda tuyilgan holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni 
bunday puxta qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan 
yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi. 


123 
Ho‘l (shliker) usulining
plastik usulidan farqi shundaki, gillar maxsus katta 
sig‘imdagi – gilaralashtirgichlarda suv qo‘shib aralashtiriladi. Olinadigan shliker 
namligi 50%. SHliker nasos yordamida shlambasseynga uzatiladi va u erdan 
aylanma pechga uzatiladi. Bu usulda aylanma pechning kiraverishida osilgan 
zanjirlardan parda tashkil etiladi. Zanjirlar issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma 
vazifasini bajaradi, ular pechdan chiqayotgan gazlar yordamida qizdiriladi va 
shlikerni quritib granulalarga ajratadi. Granulalar yumalab quriydi, qiziydi va 
kupchiydi.usulning kamchiligi – yoqilg‘ini yuqori sarfi (katta namlikdagi shlikerni 
quritishga sarflanadi). Afzalligi, bu usulda xom ashyo bir jinsligi ta’minlanadi, 
qushimchalar kiritish oson (qo‘shimchalar bir tekisda taqsimlanadi), xom 
ashyodan toshli qo‘shimchalarni ajratish sodda. Bu usul, qazib olinadigan gilli xom 
ashyo yuqori nam bo‘lsa tavsiya etiladi.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish