S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

 
2-§.
Vulqon chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar. 
Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan 
jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g‘ovak 
bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, ya’ni magmaning 
ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning er ostidan chiqishida 
bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar 
pufakchalar holatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida 
qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak 
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi. 
Tabiatda pemza qum, chaqiq tosh yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatida 
uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta 
ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy 
tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va 
tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi. 
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan 
yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga etadi. 
Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m
3
ni, chaqiq toshniki esa 400-
900kg/m
3
ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
ni tashkil qiladi. 
Pemzaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi. 
Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining zichligiga 


100 
bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi 
(
ya’ni 
g‘ovakli materialning mustahkamligi zichligiga proporsional) :
R=Ap

bu erda: 
A
=1 (mazkur materialning parametri); 

yacheykali tuzilishga ega materialning daraja ko‘rsatkichi
 n
=2 
ga. 
Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar 
(ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) engil konstruksion betonlar olishda 
ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, ya’ni tom 
yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshootlari ishlab chiqariladi. 
Vulqon shlaklari. Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida 
uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining jo‘shib havoga otilib 
chiqib, qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon shlaki asosidagi qum va chaqiq 
tosh yirik toshlarni qisman maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi. 
Vulqon shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan 
qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki chaqiq toshining 
uylma zichligi 400-850 kg/m
3
, qumniki 650-1300kg/m
3
. Vulqon shlaki 
to‘ldiruvchi sifatida turli vazifani bajaruvchi engil betonlarda ishlatiladi. 
Tuflar va lava tuflari. Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, 
vulqon kullarining turli darajadagi zichlanishi va qizib birikishi natijasida yuzaga 
keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon 
changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va 
yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh kesish mashinalarida qayta ishlangan
konlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi 
chiqindiga aylanadi) ni maydalash va navlarga ajratishda engil betonlar uchun 
yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m
3
g‘ovak chaqiq tosh va uyilma 
zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga 
ega. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali strukturaga 
ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat 
parabola formulasi bilan baholanadi: 


101 
R=Ap

bu erda: 
A
=1;
lava tuflari uchun 
n
=3, tuf uchun 
n
=4 va undan yuqori 
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari, tuflarga nisbatan mustahkam, 
lekin pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha 
turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi etarli bo‘lmaydi, bu uning 
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. 
Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak 
to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish