Ekzaltirlashgan tip - bu toifadagilar o`ta kirishimli bo`lib, tez-tez baxslashadilar, lekin bahs ochiq mojarolarga etib bormaydi. Nizoli holatlarda ular bir paytning o`zida ham faol, ham sustkashdirlar. Shu bilan birgalikda do`stlari va yaqinlariga bog`langan va ularga juda g`amxo`r. Ularda achinish hissi yuqori, yaxshi didli, hissiyotlari yorqin va samimiy bo`ladi. Salbiy tomonlari - vahimachi, bir onlik kayfiyatlarga yon bosuvchi.
Ekstraversiv tip - o`ta kirishimli bo`lib, bunday odamlarning do`stlari va tanishlari juda ko`p bo`ladi. Bunday odamlar ezmalik darajasigacha ko`p gapiradilar, har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Bu toifadagilar do`stlar davrasida, ishda, oilada, ko`pincha yetakchilikda boshqalarga yon bosib, boshqalarga bo`ysunishni va chetda turishni afzal ko`radilar. Ular o`zgalarni diqqat bilan eshitishga tayyorlik, so`rashgan narsani bajarish kabi ijobiy xislatlarga egadirlar. Salbiy tomonlari: ta’sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga o`ch, ig`vo va g`iybatlarni tarqatishda ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |