D.Vekslerning “Ko’rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash” metodikasi.
Ko’rish xotirasi xususiyatlarini D.Veksler (1945) taklif etilgan metodika yordamida o’rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o’rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik shakllar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi. Xar bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko’rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog’ozga ko’rgan narsasini qayta esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy taxlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |