Jo`shqin (hayajonli) tip - bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan aloqa qilishni afzal ko`radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashib, xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. Ijobiy xislatlari: samimiylik, rahm- shafqatlilik, o`zgalarning yutug`idan quvonadigan hamda bo`ysunuvchan. Salbiy tomonlari - yig`loqi, o`ta hissiyotli, izzattalab.
Namoyishkorona tip - tez muomalaga kirishuvchanlik, yetakchilikka intiluvchanlik, ko`ngilchanlik, boshqalarga tez ko`nikuvchanlik xususiyatilari mazkur tipga xosdir. Ularda xokimiyatni egallash hissi ustuvor bo`lib, maqtovni juda yoqtiradilar. Bunday kishilar o`ziga ishonchliligi va o`ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g`ashiga tegib, mojarolarni o`zlari keltirib chiqaradilar va bu holatda faol tarzda o`zlarini himoya qiladilar. Ularning ijobiy tomonlari - sabr- qanoatlilik, artistlik qila oladigan, boshqalarni o`ziga qarata oladigan, to`g`riso`zligidir. Salbiy tomonlari esa - xudbinlik, shaxsiyatparastlik, maqtanchoqlik, dangasalikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |