Xarakter aktsentuatsiyasi turlari olimlar tomonidan turli xil ko`rinishda ajratib ko`rsatiladi. Ularning ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz:
Gipertim tip - bu toifadagilar o`ta kirishimli, so`zamol bo`ladilar, imo- ishoralar, mimika va pantomimika orqali o`z his-tuyg`ularini namoyon qiladilar. Ular to`satdan suhbatning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar. Bu toifadagi odamda o`z xizmat va oilaviy majburiyatlariga etarli tarzda jiddiy e’tibor bermasliklari oqibatida atrofidagi odamlar bilan qisqa kelishmovchiliklar yo`zaga keladi. Ularning ijobiy tomonlari ishchanlik, optimistlik, faoliyatlilik, tashabbuskorlik kabi sifatlari orqali namoyon bo`ladi. Ularning salbiy xislatlari - engiltabiat, jizzaki, o`z majburiyatlariga befarq munosabatda bo`lish kabi sifatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |