1.
An’anaviy va yangi guruhlar.
Uzoq vaqt mavjud boigan va guruh ijtimoiy-
iqtisodiy tizimiga bir butun b o iib birlashgan guruhlar an’anaviy guruhlar deb
hisoblanadi. Albatta, ayrim ijtimoiy-kasbiy va ijtimoiy-mehnat odam kategoriyalari
uzoq, muddat ichida noxotirjam hisoblanadi.
Yangi guruhlar - yaqinda tashkil topgan, aniq mezonga ega boimagan guruhlar
hisoblanadi: ular kelajakka oid yoki yo‘q, ijtimoiy-iqtisodiy tizimda o‘zining o'm ini
egaUashi mumkin yoki yo‘q; yangi guruh mezonining nomaiumligi bilan ta’riflanadi.
Yangi guruh m ezonining nom a’lumligi faoliyat sharoitining, huquqlar va
imkoniyatlarining noaniqligidir. An’anaviy guruhlaming vakillari esa o‘zining
mavjudlik sharoitlarini yaxshiroq va yaqqol ko'rsatib beradilar.
An’anaviy guruhlarda uyushmalarni, ittifoqlarni yaxshi, samaraliroq tashkil
etish mumkin va bir paytda yangi guruhlar ham shunga intiladi. An’anaviy va yangi
guruhlar o ‘rtasida ijtimoiy-demografik farqlar ham mavjud boiishi mumkin.
Masalan, an’anaviy mutaxassisliklardagi va kasblardagi kadrlar eskirsa, yangilarida
yoshlaming quyilib kelishi kuzatilmoqda.
Ba’zan yangi inutaxassislik va ishlar «avtomatik» ravishda juda obroii, o‘ziga
jalb qiladigan b oiib qolishi mumkin, ya’ni yangilik faktining mavjudligi ijtimoiy-
psixologik va iqtisodiy da’vatlar bo'yicha moslashishni rag'batlantiradi. Yangi guruhlar
an’anaviy guruhlarga qaraganda ko‘proq ijtimoiy e’tiborli va muhokamalar obyekti
boiib qoladi.
Ba’zi hollarda «an’anaviy» va «yangi» kategoriyalar nuqtai nazaridan ijtimoiy-
iqtisodiy guruhlarning baholanishi nisbiy b o ia d i. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim
guruhlaming tarkibi bo‘yicha o ‘zgarmaydi, ammo guruhlarning o'zlari o ‘z
xususiyatlari bilan o'zgarib turadilar. Masalan, o‘ziga xos ishlab chiqarishning
ishchilari guruh deb saqlanib qolsa, am m o m avjud ishlab c h iq a rish
rnexanizatsiyalashgandan va avtomatlashtirilgandan keyin, ular yuqori malakali
personalga aylanadi, buning natijasida yangi fazilatlar va ishchi kuchining insoniy-
odamiylik sifatlari paydo boiadi. Muikchilik munosabatlarining o'zgarishi bilan
dehqon yo'qolmaydi, u yoki fermer, yoki xususiy qishloq firmasidagi yollangan
ishchi boiib qoladi.
2.
Hukmron guruhlar.
Hukmronlik tushunchasida guruhlararo yetakchilikning
o'ziga xos jarayonlari va ijtimoiy-iqtisodiy tizimida ro‘y beradigan bir guruhning
boshqa guruh ustidan hukmron boiishi tushuniladi. Hukmronlik uzoq muddatli va
vaqtinchalik, ko‘p shaklli boiishi mumkin.
Bir qancha aniq hollar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: