Jamoadagi ijtimoiy iqlimning o‘zgarishi iqtisodiy va tashkiliy innovatsiyalaming
imkon yoki imkonsizligining indikatori bo'ladi. 0 ‘z navbatida iqtisodiy-tashkiliy
innovatsiyalar tashkilot ijtimoiy holatini monitoringiga asos boiadi.
Jamoaning o ‘zgarishi, psixologiyasining o'zgarishi ko‘p hollarda yaqqol
namoyon boMishi mumkin. Boshqaruvchining va tashkilotchining asosiy vazifasi
bunday hodisaning iqtisodiy-tashkiliy, psixologik omilini to‘g‘ri aniqlash, jamoadagi
yaxshi tomonlami quwatlash, yomon tomonlarning oldini olish, ya’ni
qandaydir
«tendensiyalarda qatnashish».
Baholanish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha doiralarida va darajalarida
insonning sifatlarini baholash tabiiy va keng tarqalgandir.
Birinchi navbatda birlamchi va ikkilamchi funksional sifatlar baholanadi.
Funksional sifatlar deganda, xodimning yoki jamoaning berilgan kun tartibida
«ishlash», ma'lum darajadagi mahsulotni ishlab chiqarishga, mehnat intizomiga
amal qilishi tushuniladi.
Ijtimoiy baho obyekti bo‘lib, nafaqat qobiliyat, balki ehtiyoj ham xizmat qilishi
mumkin. Tashkilotchi va boshqaruvchi
har xil holatlarda ehtiyoj, ya'ni qat'iylik,
me'yor, ongliliklarga rioya qiladi. Bular odamlarning haqlik da'vosini va darajasini,
istiqboldagi talablarining doirasida o'zaro bitimga kelishish qobiliyatini belgilaydi.
Yuqoridagi talablar mehnat munosabatlarini tartibga solishda juda muhim.
Boshqaruv va ishni tashkil etish jarayoniga yordam beradigan yoki
qiyinlashtiradigan odamlarning sifatlari baholanishi lozim. Bu yerda boshqaruvning
ijtimoiy sharoitlar, qaramlik, tirishqoqlik,
holatni tushunish, ta'sir o'tkazishlarga
va boshqa har xil usullarning kerakligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Odamlarning ijtimoiy reprezentativligini baholash ham muhim ahamiyatga ega,
Xodimlaming bittasi o‘z hamkasblarining hukmronlik mentalitetini bildirib, har
doim umumiy fikmi aytib, o‘z mehnat guruhining o‘rtacha qobiliyati darajasida
ishlaydi. Xodimlardan boshqasi esa undan ham ajoyib, o‘ziga xos, mustaqil qarorlarga
egiluvchan bo‘ladi.
Shuni aytish lozimki, birinchi xodim ikkinchisiga nisbatan
ko'proq o ‘z m ehnat jamoasi vakilidir. Bu xususiyatni ularning harakatlarini
izohlaganda hisobga olish kerak.
Mehnat jamoasida ijtimoiy baholanish har xil funksiyalar bajaradi:
® xulq-atvomi do‘stona yo‘naltirmoq va tuzatmoq;
• ogohlantirish yoki o‘ziga xos ma’naviy jazo, ya'ni sanksiya berish.
Bu ijtimoiy baholanishda ma'muriyat va xodimlar orasidagi o‘zaro munosabat
yaxshilanadi, ish tartibga solinadi va unga bo'lgan ishonch muhiti o ‘matiladi.
Odam sifatlarining baholanishi «tushunadigan» xarakterga ega bo‘lishi lozim,
chunki nafaqat alohida bitta odamni tushunish,
baholash, balki butun jamoani
ham baholash mumkin.
Amaliy ijtimoiy tahlil yetarli darajada sodda va hammaga ma'lum, lekin ulardan
maqsadga muvofiq, foydalanishda umumiy sotsiologik madaniyat belgilanadi.
Amaliy sotsiologik tahlil har xil qoilanjsh jihatlariga ega. Bir xil holatlarda ir
katta korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqarish uchun, boshqa hollarda
18
esa mutaxassisning munosabatlarini, martabasini, ¡shining shaxsiy ijtimoiy-psixologik
dasturini belgilash uchun qo‘llanadi.
Tahlilda yetarli ijtimoiy ma'lumotlar
ishlatilmasa, eng yaxshi usullar ham
samarasiz boiadi. Har bir korxonani tashkil qilishda va boshqaravida sotsiologik
tadqiqotlarni o'tkazish korxona amaliyotining ajralmas elementi boiislii shart.
Do'stlaringiz bilan baham: