S. E. Xolmurotoy, N. T. Shoyusupova


-jadval Mehnatga layoqatli yoshdagilar migratsiyasi (2003)2



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/165
Sana29.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#516137
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165
Bog'liq
Iqtisodiy sotsiologiya S. E. Xolmuratov 2005 (2)

5.1-jadval Mehnatga layoqatli yoshdagilar migratsiyasi (2003)2
Ko’rsatkichlar
Jami
Nikoh-
dagilar
Umuman
nikohda
bo’lmaganlar
Bevalar
Ajrash-
ganlar
Kirib kelganlar
Respublika
123885
72189
48030
1706
1960
Shahar
72348
39080
30430
1377
1461
Qishloq
51537
33109
17600
329
499
Chiqib ketganlar
Respublika
202079
122406
70461
4820
4392
Shahar
121037
71546
41810
4061
3620
Qishloq
81042
50860
28651
759
772
M igratsion o ’sish
Respublika
-78194
-50217
-22431
-3114
-2432
Shahar
-48689
-32466
-11380
-2684
-2159
Qishloq
-29505
-17751
-11051
-430
-273
1 O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtomoiy muhofaza qilish vazirligi 
ma’lumotlari.
2 Демографический ежегодник Узбекистана. Т.: 2004.
75


mumkin, ya’ni ushbu chiqib ketgan ishchi kuchi respublika aholisining sal kam 1 
% ni tashkil etadi.
«Shuningdek, Koreyada ishlayotgan o'zbek ishchilarining ko‘pchilik qismi 1995 
yildan beri faoliyat yuritiib kelayapti va ular asosan 3 xil toifali ishchilardir: 
professional, sanoatdagi va malakasi past (oddiy) ishchilar»1.
Ishchi kuchi eksporti asosan O’zbekiston iqtisodiyoti uchun shak shubhasiz 
ijobiy voqeylikni keltirib chiqaradi. Chunki har bir davlat qabul qilib olayotganda 
ya’ni ishchi kuchi import qiluvchilar ishchi kuchining sifatiga va bahosiga e’tibor 
beradi. Bu hislatlar esa xuddi bizning mamlakatimizga mos tushadi. Bunday vaziyatda 
biz ham ya’ni eksportchi davlat ham ayrim tomonlarga e’tibor bermog’imiz kerak 
bo'ladi. Bu e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan tomon emigrantlarimizning sog’- 
salomatligini kafolatlash va ularning moddiy manfaatdorligini himoya qilishdir.
Ko'chib borganlarning ba’zi bir toifasi yashash joyini o‘zgartirayotganliklarini 
oson boshdan kechiradilar, eng muhim masalalami ham hal qila boshlaydilar, o ‘z 
ahvollarini yanada yaxshilash imkoniga ega boiadilar, boshqa bir toifadagi ko‘chib 
borganlar uchun esa bu - ijtimoiy-iqtisodiy va hayot-mehnat doirasidagi katta 
muammo sanaladi.
Birinchidan, moddiy mablag* yetishmasligini qattiq his qila boshlaydilar, 
to‘satdan yangi-yangi sarf-xarajatlar chiqa boshlaydi. Ikkinchidan, avvalgi oylik 
maoshdagi ishni topish ham mushkul yoki avvalgi kasbni, ishni lavozimni, vazifani 
ham topish mushkul bo'lib qoladi.
Markaz bilan chekka o'lkalar orasidagi katta farqning mavjudligi sharoitida 
odamlarning yashash tarzini yaxshilash uchun intilish juda tabiiy holdir, bu esa 
to‘g!ridan-to‘g‘ri yoki qisman katta shaharlarga borib joylashishni taqozo etadi.
Bu esa birinchidan, ertami-kechmi iqtisodiy va ijtimoiy hodisa sanalgan m e’yorl 
holatda boim agan bandlik strukturasiga olib keladi, bu ayniqsa iqtisodi yetuk 
bo'lmagan, fan-texnika rivojlanayotgan davlatlarda yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi.
Ikkinchidan, bu odamlarning sog‘lig‘i va ekologiya sohasida ham tezda bilinib 
qoladi.
Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rejalaming amalga oshmayotganligi, katta raqobat 
oqibatlarini kutish odamlami jinoyatlarga to‘la yashash tarziga olib keladi yoki 
oldingi yashash joylariga qaytib ketadilar, bu esa ular hayotidagi butun bir davrni 
obyektiv va subyektiv ravishda o'chirib tashlaydi.
Ko‘chib borib ishga joylashuvchilarinng kattagina qismini o'qiydigan yoshlar 
tashkil qiladi, bu halol yoshlami o‘z kelajaklarini rejalashtirish, yangi joylarga 
borib ishlash ishtiyoqi zo‘rligidan dalolat beradi.
Migratsion holatlami yuzaga kelishida mikroetnik aspektlar mavjud, ular milliy 
bo'lmagan farqlar, balki an’anaviy, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, o‘sha yerlik 
aholini boshqalardan farqlab turuvchi aspektlardir. Bu ajratishlar, farqlashlar 
natijasida yangi ko'chib borganlar ijtimoiy kamsitilishi mumkin yoki bo'lmasa

http: / / geeklog. Tenaganita. Net / article. Foreign Workers in Korean Society. 
Saturday. March 05.2005.
76


o‘zlarini shunday his qiiadilar, ya’ni ulaming boshlang‘ich imkoniyatlari mahalliy 
aholiga nisbatan past boiishi mumkin.
Xaiqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan zamonaviy mehnat migratsiyasining 5 
ta asosiy tun ajratib ko‘rsatiladi:
1. Shartnoma asosida ishlovchilar, bunda ishlovchilarning kirib kelish muddati 
qabul qiluvchi davlat tomonidan aniq ko'rsatadi. Bu asosan mavsumiy ishlarda 
bo‘lib, bunga hosil yig’ish payti misol bo'ladi. Bunga odatda malakasiz yoki malakasi 
past bo'lgan ishchilaming mehnat migratsiyasi misol bo'la oladi.
2. Malakali kadrlar migratsiyasi, bunga amaliy tajribasi va biiimi shuningdek 
tayyorgarligi yuqori bo'lgan xodimlarning mehnat migratsiyasi misol bo‘la oladi.
3. Noqonuniy migrantlar, bular xujjatlarni rasmiylashtirmasdan chet elda 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotganlardir.
4. Qochoqlar - bular hayoti va faoliyati xavf ostida boiganligi sababli chet elga 
ketib qolgan kishilar.
5. Ko‘chmanchilar — bular doimiy yashish uchun ko'chib ketganlar. Bu 
guruhga kiruvchi migrantlar asosan sanoati rivojlangan mamlakatga ko'chib 
ketuvchilardir.
Jahon tajribasida mehnat migratsiyasining quyidagi shakllari tasniflanadi.
a)
yo'nalishi bo‘yicha:
® rivojlanayotgan va sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga 
ko‘chish;
• rivojlangan mamlakatlar darajasidagi migratsiya;
• rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiya;
• yuqori m alakali ishchi kuchining sanoati rivojlangan m am lakatdan 
rivojlanayotgan mamlakatga migratsiyasi.
b) hudud bo'yicha:
• ichki migratsiya, bu — biror bir mamlakat miqyosida bo‘lib, shahar va 
qishloq o‘rtasidagi, shaharlararo va qishloqlararo mehnat migratsiyalariga bo'linadi. 
Ana shu asosda qishloqdan shaharga, shahardan qisliloqqa, shahardan shaharga, 
qishloqdan qisliloqqa boradigan mehnat migrantlari oqimi shakllanadi;
• tashqi migratsiya - bu, davlat chegarasini kesib o'tish.
Va buning o‘zi ham o‘z nabatda ikkiga bo'linadi:
• qit’alararo migratsiya, ya’ni Osiyo va Amerika va boshqalar;
• qit’a ichidagi migratsiya, ya’ni ishchi kuchining Osiyo doirasida, Yevropa 
doirasida, Amerika doirasida, Afrika doirasida ko'chib yurishi;
c)
migrantlarning malakasi bo'yicha:
yuqori malakali ishchi kuchi migratsiyasi;
past malakali ishchi kuchi migratsiyasi;
d) mehnat safarining davomiyligiga qarab:
• qaytib kelmaydigan migratsiya - uzoq muddatga moijallangan yoki abadiy 
bo‘lib, odatda bunga tashqi migratsiyaning q it’alararo qismi ham da ichki 
migratsiyaning qishloqdan shaharga ko'chishi misol bo'ladi.;
• vaqtincha migratsiya — ishga muayyan muddatga ketishni o‘z ichiga oladi. Bunga
77


tashqi migratsiyaning m a’lum muddatga shartnoma bo‘yicha qaytarib kelish shaiti 
bo'yicha kelishgan ko‘chib ketish misol bo‘la oladi;
® mavsumiy migratsiya — bu bir yil va undan kam bo‘lgan holda biror bir 
hududdan boshqa hududga mavsumiy ish bo‘yicha borishini taqozo etadi;
« tebranuvchan migratsiya - ishchi kuchining bir aholi punktidan boshqasiga 
rnuntazam ravishda ishga borishini va yana qaytib kelishini o‘z ichiga oladi. Uning 
muntazamligi mehnat faoliyatining maromiga mos keladi. Tebranuvchan migratsiya 
urbanizatsiya (aholining shaharlarga ketishi) sharoitida rivojlangan. Asosiy yo'nalishlari
- qishloqdan shaharga, shahar yaqinidan aglomeratsiya o‘zagiga. Tebranuvchan 
migratsiya yirik va o‘rta shaharlarning ta’sir zonasida tarqalgan bo‘lib, u o‘sha erda 
ishchi kuchini shakllantirishning muhim manbaidir. Shahar yaqiniga qatnaydigan 
transportning rivojlanishi bilan bu xildagi harakat ayniqsa tez ortib bormoqda, 
ulaming ko'lami, jadalligi va oqibatlari doimiy ko'chib borishlar miqdoridan ortib, 
odatiy hoiga aylanib bonnoqda.
e) qonun jihatdan:
• qonuniy migratsiya;
* noqonuniy migratsiya.
Boshqa davlatlardan migartsiyalami o‘ziga jalb qiladigan xududlar va davlatlar 
quyidagilar:

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish