S avezbayev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

Identifikatsiya
bosqichi bo’lg’usi EТ yechishi kerak bo’lgan masalalarni 
tushunish va unga qo’yiladigan talablarni shakllantirish bilan bog’liq.
Ushbu bosqichda tizim nima qiladi va qanday resurslardan foydalanish kerak 
degan savolga javob olish kerak (masalani identifikatsiyalash, loyihalash jarayoni 
ishtirokchilarini va ularning o’rnini aniqlash, resurslar va maqsadlarni ko’rsatish). 


122 
Masalani identifikatsiyalash uning shaklsiz (verbal) bayonnomasini 
tuzishdan iborat bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi: masalaning umumiy tavsifi; 
uning ichida ajratiladigan bo’lak masalalar; kalitli tushunchalar (obyektlar), 
ularning kiruvchi va chiquvchi o’lchamlari; yechimning taxminiy ko’rinishi hamda 
yechilayotgan masalaga tegishli bilimlar. 
Kontseptualizatsiya 
bosqichida muammoli soha mazmunli taxlil qilinadi,
foydalaniladigan tushunchalar va ularning o’zaro aloqalari ko’rsatiladi, masalani 
yechish usullari aniqlanadi. U bilim sohasining o’z ichiga asosiy qoidalar va 
munosabatlarni oladigan modelini yaratish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda 
masalaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: foydalaniladigan ma’lumotlar turla-
ri; boshlang’ich va chiqariladigan ma’lumotlar, umumiy masalaning ichki masala-
lari; foydalaniladigan strategiyalar va gipotezalar; obyektlar orasidagi o’zaro 
aloqa-lar turlari; foydalaniladigan munosabatlar turlari (iyerarxiya, sabab-oqibat, 
bo’lak-butun va sh.o’.); yechish davrida foydalaniladigan jarayonlar; yechishni 
bajarish uchun zarur bilimlar tarkibi; yechish davrida foydalaniladigan 
jarayonlarga qo’yi-ladigan cheklashlar turlari; qabul qilingan yechimlarni asoslash 
uchun foydalanila-digan bilimlar tarkibi. 
Formalizatsiya 
bosqichida barcha kalitli tushunchalar va munosabatlar 
qandaydir formallashtirilgan tilda bayon etiladi, u yoki mavjud tillar orasidan 
tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Boshqacha aytganda, EТ masalasini tanlangan 
formal tilda yechish bayonini shakllantirish asosida, deklarativ va protsedura 
bilimlarini taqdim etish usullari va ko’rsatish vositalari tarkibi aniqlanadi. 
Хususan, bilimlarni taqdim etish usullari (Freymalar, sahnalar, semantik tizim va 
sh.o’.), ularni manipulyatsiyalash usullari (mantiqiy xulosa, analitik model, 
statistik model va boshq.) va ularni interpretatsiyalash ko’rsatiladi.
Professional bilimlarni formallashtirishning asosiy muammolaridan biri to’la 
yoki qisman bajarilishi mutaxassis bo’lmagan ijrochiga yuklanishi mumkin 
bo’lgan masalani aniqlashdir. 
Ekspert tizimlarida yechiladigan masalalarning formallashtirilganligi, 
EТlarning tugallangan nazariyasi va ularni loyihalashning metodologiyasi yo’qligi, 


123 
loyihalash jarayonida, ishlab chiqaruvchilarning ushbu muammoli soha 
to’g’risidagi bilimlari ko’payishiga qarab, EТlarni yaratish tamoyillari va usullarini 
takomillashtirish zaruratiga olib keladi. Akademik G.S. Pospelov aytganidek 
«ekspert tizimlarini yaratish oddiy buyurtmachi - bajaruvchi tizimi bo’yicha 
borishi mumkin emas… Buning mumkin emasligiga sabab, aniq ekspert tizimi
to’ldirilishi kerak bo’lgan bilimlar bajaruvchida emas, balki buyurtmachidadir…»
Professional bilimlarni formallashtirish - bu yuqori malakali mutaxassislar 
tajribasini umumlashtirish, loyihaviy masalalarni yechish usullarini va ularning 
cheklashlarini umum qabul qilingan texnologik bayonlash qoidalari bo’yicha 
rasmiylashtirishdir. Shunday bayonnomalarni tayyorlash imkoniyatidan kelib chi-
qib, loyihaviy masalani yaxshi va kam formallashtirilgan turlarga bo’lish mumkin.
Yaxshi 
formallashgan 
deb 
shunday 
masalalarga 
aytiladiki, 
ular 
yechilishining ketma-ketligi tartibi shunchalik to’la va tushunarli yozilganligi sa-
babli, umuman mutaxassis bo’lmagan bajaruvchi ham ushbu bayonnomadan foy-
dalanib, malakali mutaxassis ishtirokisiz, qanoatlanarli yechimni olish imkoniyati-
ga ega bo’ladi. Bunda yechim shakli va mazmuni bo’yicha faqat aytilgan bayon-
nomaga va boshlang’ich ma’lumotlarga bog’liq bo’ladi (yaxshi formallashtirilgan 
loyihaviy yechimning tipik namunasi-injenerlik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar).
Kam formallashgan
masalalarda faqat ayrim harakatlarni bajarishning 
ketma-ketligini yozib ko’rsatish mumkin. Bunday hollarda mutaxassis bo’lmagan 
bajaruvchi bayonnomadan foydalanib, zarur bo’lganda malakali mutaxassisdan 
maslahat olib turishi kerak. Mos tarzda olingan natija nafaqat bayonnoma va 
boshlang’ich ma’lumotlarga, balki masalani yechishda qatnashayotgan 
mutaxassisning tajribasi va malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Darrov qayd etishimiz kerakki, yer tuzishning ko’plab loyihaviy masalalari 
kam formallashtirilgan bo’ladi. Masalan, almashlab ekish hududini tashkil 
etishning grafikaviy qismini ishlashda printsipial ahamiyatga ega qarorlarni qabul 
qilish uchun juda yuqori malaka talab etiladi va shu bilan bir qatorda, oddiy yaxshi 
formallashtirilgan harakatlar ham bor (me’yoriy ma’lumotlarni yig’ish, loyihaviy 
yechimlarni iqtisodiy asoslash va boshq.) 


124 
Bajarish 
bosqichi maqsadi - talab etilgan masalalarni yechuvchi EТning 
bitta yoki bir necha turlarini yaratishdir. O’xshash turlarini (prototiplarni) yaratish, 
uning bo’laklarini dasturlashdan yoki ularni ma’lum asbob vositalaridan 
tanlashdan hamda bilimlar bazasini to’ldirishdan iborat. Prototip EТga kiritilgan 
bilimlarni taqdim etish g’oyalari, metodlari va usullarining yechilayotgan 
masalalarga mosligini tekshirishni ta’minlashi kerak. Prototipni yaratish taqdim 
etishning tanlangan yechish metodlari va usullari, juda bo’lmaganda, ushbu bilim 
sohasining qator masalalariga yaroqli ekanligini tasdiqlashi hamda bilimlar bazasi 
kengayishi sari shu turdagi barcha masalalarning yuqori sifatli va samarali 
yechimlarini olish tendentsiyasini namoyon etishi kerak.
Sinash
(testlash) bosqichida bilimlarni taqdim etishning tanlangan usulini va 
EТ ishini to’la baholash amalga oshiriladi.
Тajriba foydalanishi
bosqichida EТ ning foydalanuvchilar uchun yaroqliligi 
aniqlanadi.
Ekspert tizimlariga ham foydalanuvchi so’rovi bo’yicha, ham so’roviga 
bog’liq bo’lmagan hollarda ma’lumotlarni taxlil qilish, korrektsiyalash (to’g’ri-
lash), sintez qilish va qaror qabul qilishni hamda qator analitik-klassifikatsiya 
vazifalarni bajarishni amalga oshirishga qodir ma’lumotlar va bilimlar bazalariga 
ega, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mustaqil sinfi sifatida qarash kerak.
Хususan, EТlar kiruvchi ma’lumotlarni guruhlar bo’yicha taqsimlashni, 
maslahat berishni, xulosa qilishni, tashxis qo’yishni, bashoratlashga o’rgatishni, 
masalalar 
va 
obyektlarni 
identifikatsiyalashni, 
olingan 
natijalarni 
interpretatsiyalashni va sh.o’. bajara olishi kerak.
Ekspert tizimlarini an’anaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan 
birlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday komleks tizimning ekspert 
qismi zarur ma’lumotlarni, ularga ishlov berish usullarini, har xil ma’lumotlar 
bazalaridagi ma’lumotlarni sifatli qidiruvni ta’minlash uchun qo’shimcha vosita 
berishi mumkin. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish